|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 50/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikGil qazib olish. Keramik materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun gil, odatda, bevosita zavod yaqinida joylashgan karyerlardan ekskavatorlar va boshqa mashina hamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Zavodga gil kuzovi ag‘dariladigan vagonchalarda, avtosamosvallarda, tasmali transportyorlarda, telejkali traktorlarda tashiladi.
Xomashyo massasini tayyorlash. Karyerdan qazib olingan va zavodga tashib keltirilgan gil tabiiy holatdan ko‘pincha buyumlar qoliplash uchun yaroqsiz bo‘ladi va tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash. Yirik aralashmalarni maydalash, gilga qo‘shimchalar aralashtirish, shuningdek, qulay qoliplanadigan massa hosil qilish uchun uni namlash kerak. Xom ashyo aralashmasi yarim quruq, plastik yoki ho‘l (shliker) usullarida tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xomashyo materiallarining xossalariga, keramik massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga, shuningdek, ularning o‘lchamlari va vazifasiga bog‘liq. Yarim quruq usulda xomashyo materiallari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil, odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin tuyish mashinasida, dizentegratorlar yoki sharli tegirmonlarda parchalanadi va maydalanadi, aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Presslanadigan kukunning namligi 9-11%. Presslanadigan kukun kerakli namlikka ega bo‘lguncha suv yoki bug‘ bilan namlanadi. Yarim quruq presslab tayyorlangan qurilish g‘ishti, pol plitkalari, qoplama plitka va boshqalar tayyorlashda xomashyo aralashmasi tayyorlashning yarim quruq usulidan foydalaniladi. Plastik usulda xomashyo materialari tabiiy namlikda aralashtiriladi yoki namligi 18-23% bo‘lgach gil qorishmasi bo‘lgunga qadar suv qo‘shiladi. Xomashyo materiallarni maydalash va qayta ishlash uchun turli tipdagi tegirmon toshdan, aralashtirish uchun esa gilqorgichlardan foydalaniladi. Plastik usulda plastik qoliplanadigan keramik g‘ishtni, keramik toshlarni, cherepitsalar, quvur va boshqalarni ishlab chiqarish uchun xomashyo aralashmasi tayyorlanadi. Shliker usulida xomashyo materiallar oldindan maydalab kukun qilinadi, sungra esa ko‘p miqdorda suv quyib yaxshilab aralashtiriladi, bunda bir jinsli suspenziya (shliker) hosil bo‘lishi kerak. Bu usul chinni va qurilish buyumlari, qoplama plitka va boshqalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
|
| |