|
Qoliplar, ularning materialga qo‘yiladigan talablari, tarkibi va tayyorlanishi
|
bet | 58/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik8.2. Qoliplar, ularning materialga qo‘yiladigan talablari, tarkibi va tayyorlanishi
Metall quymalarini olishda qoliplardan foydalaniladi. Qoliplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Bir martalik qoliplar, bunday qoliplar, asosan, qum va gilni suv bilan qorishtirib tayyorlanadi;
Muvaqqat qoliplar. Bunday qoliplar yuqori haroratga chidamli materiallarni (shamot, magnezit, qum, asbest va boshqalarni) gil bilan qorishtirib tayyorlanadi;
Doimiy qoilplar. Bunday qoliplar, asosan, cho‘yan va po‘latdan (bazan mis va alyuminiy qotishmalaridan) tayyorlanadi.
Shuningdek, qoliplar unga metall quyishdagi holatiga ko‘ra nam va quruq xillarga bo‘linadi:
Nam qoliplar. Bu qoliplardan foydalanish quyma olish siklini qisqartirib, narxini arzonlashtiradi. Lekin qoliplar nam bo‘lgani tufayli zich va puxtalikka ega bo‘lmaydi.
Quruq qoliplar. Quritilgan qoliplar puxta bo‘lib, quymani g‘ovaklik va boshqa nuqsonlardan holi qiladi.
Qolip va stejinlarni tayyorlashda quyidagi materiallardan foydalaniladi:
Qolip qumi. Bu qum tog‘ jinsi bo‘lib, tarkibi tabiiy kvars, gil va boshqa birikmalar zarralari aralashmasidan iborat. Qumlar daryo, ko‘l, ariq va tog‘ qumlariga bo‘linadi. Qumlar tarkibiga ko‘ra kvarsli va gilli qumlarga ajratiladi. Kvars qumi tarkibida gilli moddalar 2% gacha, gilli qumlarda esa gil miqdori 2% dan 50% gacha bo‘ladi.
Qolip gili. Gilli moddalar 50% dan ortiq bo‘lib, suvda qorilganda qum donalarini bolg‘alash xususiyatiga ega bo’lgan o‘tga chidamli jins qolip gili deb ataladi.
Gilli moddalarning asosi plastik va qovushqoq kaolinit (Al2O32SiO32H2O) bo‘lib, undan tashqari Fe2O3, CaCO3, MgCO3, K2CO3, Na2CO3 moddalar ham bo‘ladi. Gil tabiatda juda ko‘p tarqalgan arzon materialdir. [7]
8.3. Model komplekti, sterjenlarni tayyorlash
Quymalar qoliplarini tayyorlashda foydalaniladigan texnologik moslamalarga model, model tagligi, sterjen yashigi, suyuq metallni qolipga kiritish tizimi modellari, opoka va boshqalar kiradi.
Model. Model deb qolip materialida olinuvchi quymaning tashqi konturini hosil qiluvchi moslamaga aytiladi. Modelning tashqi shakli olinuvchi quyma shakliga o‘xshash bo‘lgani bilan o‘lchamlari qolipga kiritilgan suyuq metallning sovib qotishida kirishuv qiymatiga va mexanik ishlovlarga beriladigan yuzalar qo‘yimiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar yengil, oson kesib ishlanadigan, chidamli, arzon materiallardan tayyorlanib, ular qolip materialiga yopishmay, undan osonroq ajraladigan bo‘lishi kerak. Quymalarni ko‘plab ishlab chiqarmaydigan kichik sexlarda texnologik moslamalar sifatli moyochlar (qarag‘ay, archa, zarang va boshqalar)dan tayyorlanadi. Buning uchun g‘o‘la, taxta, brus tarzidagi moyochlar pechda 60−70°C temperaturada (namligi 8–10% gacha kelguncha) bir necha soat quritiladi, keyin texnologik moslamalarni tayyorlash uchastkasiga uzatiladi. Ular chizmalar asosida tayyorlanadi. Odatda, oddiy shaklli, kichik va o‘rtacha o‘lchamli quymalar modellari yaxlit, murakkab shaklli quymalar modellari ajraluvchi va shuningdek ayrim–ayrim bo‘laklardan yig‘ilgan bo‘ladi (8.1–rasm).
8.1-rasm. Model komplekti. a) model, b) sterjen yashigi, model taglik plitasi
Ko‘pincha ajraluvchi modellar ikki (ustki va pastki) palladan iborat bo‘lib, pastki pallaning ajralish yuzida ikkita konusli kichik teshigi bo‘lsa, ustki pallaning ajralish yuzasida esa ikkita konusli kichik ortig‘i bo‘ladi. Qolip pallalari shu konusli teshiklarga konusli ortiqdan kiritilgan holda yig‘iladi. Ma’lumki, moyoch arzon material va u yaxshi kesib ishlangani bilan nam tortib tob tashlashi, tez chirishi va deyarli puxtamasligi tufayli undan keng foydalanib bo‘lmaydi. Shu boisdan ko‘plab bir xildagi metall quymalarni ishlab chiqaruvchi yirik sexlarda modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar alyuminiy qotishmalar va plastmassalardan tayyorlanadi. Bu materiallar moyochga qaraganda ancha qimmat bo‘lsada, uzoq vaqt turli muhitlarda ishlashi davomida shakli va o‘lchamlarini saqlashi, qolip materialida aniq model konturi olinishi kabi afzalliklarga ega. Shuni qayd etish joizki, modellar qaysi materialdan tayyorlanmasin, qolipdan osonroq chiqarish uchun uning vertikal tekisliklariga kichik qiyalik beriladi, yuzalari nafis ishlanadi, qiyalik qiymati model materialiga, shakliga, o‘lchamiga, qolip materialiga va qolipni tayyorlash usuliga bog‘liq. Odatda, o‘rtacha shaklli va o‘lchamli moyoch modellarida bu qiyalik 12°, metallarda 0,5–1° oralig‘da bo‘ladi.
Modellar xili: a –yaxlit model; b– ikki bo‘lak model; v –ajraluvchi model.
Modellarning bir yuzadan ikkinchi yuzaga o‘tish joylari o‘tmas burchaklar bo‘ylab tekis o‘tishidan tashqari, zarur hollarda qolipda sterjenni o‘rnatish uchun tayanch yuza hosil etish uchun modelda konusli ortiq, qilinib, u qora rangga bo‘yab qo‘yiladi. Shuningdek, modellarni olinuvchi quyma materialiga ko‘ra ajratish maqsadida turli rangga bo‘yab, harflar va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, cho‘yan quyma modellarini qizil rangga, po‘lat quymalar modellarini yashil rangga va rangli metall quymalar modellarini sariq rangga bo‘yaladi.
|
| |