• Qum otar mashinasi yordamida presslash sxemasi
  • Ostidan presslash sxemasi.
  • Shibbalash zichligining (5 g/sm 3 ) zagotovka balandligiga va shibbalash sxemasiga bog‘liqligi: 8.6-rasm.
  • Mashinada qolip tayyorlash




    Download 14,49 Mb.
    bet61/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Mashinada qolip tayyorlash. Qo‘lda tayyorlangan ish unumi past, shibbalanishi har xil, yuqori darajadagi malakali ishchi talab qilinadi, aniqlik kichik, mahsulot tannarxi baland. Shuning uchun korxonalarda faqat mashinalarda yasaladi. [10]
    Mashina yordamida opokalar mexanizmlarga qo‘yib o‘rnatiladi. Modelni unatish, quyma aralashmasini to‘kish-sepish, aralashmani shibbalash, ymani qolipdan olish-hammasi mashina vositasida bajariladi.

    8.4-rasm. Qum otar mashinasi yordamida presslash sxemasi:
    1 - tanasi; 2 – cho‘mich; 3 - lentali konveyer; 4 – po‘lat kojux; 5 - rotor; 6-elektr yurgizgich vali.

    Quyma qolip aralashmasini shibbalovchi mashinalar ishlash prinsiplariga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: 1- presslovchi, 2 - silkitib presslovchi, 3 - qum otar mashinalar.



    8.5-rasm. Ustidan presslash sxemasi.


    Ustidan presslash Bunda shibbalash bir tekis emas: ustida ko‘proq, modelga esa eng kami. Bu qolipni buzilishga olib kelishi mumkin.
    Ostidan presslash sxemasi.
    Bu usulda shibbalash model yuzasida ko‘proq bo‘ladi va qolip sifatini oshiradi. Bunday mashinalar ancha murakkab va ishlatishda shoperli emas. Umuman, presslash mashinalarida olinadagan shibbalanish bir xil emasligi qolipning balandligi ortirish bilan ko‘payadi. Shuning uchun N-200-250 mm gacha qo‘llaniladi. [10]
    Silkituvchi mashinalar. Yuqori va murakkab qoliplar tayyorlashda ishlatiladi. Model o‘rnatilgan plita, opoka va ular ustiga qolip aralashmasi porshen ustiga o‘rnatiladi. Porshen esa silindrdagi havo bosimi natijasida ko‘tariladi, bosim pasaygach pastga siltanib tushadi. Bu jarayon ko‘p marta qaytariladi. Bunda shibbalash-zichlik model yuzasida eng ko‘p bo‘ladi.
    Shibbalash zichligining (5 g/sm3) zagotovka balandligiga va shibbalash sxemasiga bog‘liqligi:

    8.6-rasm. a - ustki presslash; b - ostki presslash; v - silkitib presslash; g - silkitib ustidan presslash; d - qum otar mashinasida presslash.
    Qoliplarni silkitib presslovchi mashinalarda olish. Yuqorida ko‘rdikki, shibbalash zichligi har xil bo‘lar ekan. Shibbalash zichligini butun balandlik bo‘yicha bir xil bo‘lishi uchun silkitib, ustidan presslash usuli qo‘llaniladi.
    Qum otar mashinalar. O‘rta va yirik quyma qoliplar olishda qo‘llaniladi. Mehnat unumi yuqori.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




    Download 14,49 Mb.