• Quyma detallar, konstruksiyasini belgilashdagi asosiy masalalar.
  • Quyma materiallar xossasiga talablar.
  • Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni




    Download 14,49 Mb.
    bet57/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni Kuzatishlar ko‘rsatadiki, turli mashina va mexanizmlar detallarining og‘irlik jihatidan qariyb 50% dan ortiqrog‘i qora metall qotishmalardan quyma tarzda olinmoqda. Buning boisi shundaki, quymakorlikda metallarni bolg‘alash, shtamplash, kesib ishlash va boshqa usullarda tayyorlanishi qiyin bo‘lgan yoki mutloqo tayyorlab bo‘lmaydigan murakkab shaklli, turli o‘lchamdagi quymalar oson olinadi. Shuningdek qirindiga o‘tuvchi qo‘yim qiymatini kamligi, chiqindilarning qayta eritilish orqali ulardan foydalanilishi kabi afzalliklari tufayli katta iqtisodiy samara beradi.
    Quyma detallar, konstruksiyasini belgilashdagi asosiy masalalar. Konstruktorlar mashina detallarining konstruksiyasini (shakli, o‘lchamlarini, aniqlik va yuza g‘adir-budurlik sinflarini belgilashda) detallaming ish sharoitini, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik talablarni ko‘zda tutgan holda masalani texnika-iqtisodiy jihatdan oqilona hal etmog‘i lozim. Ayniqsa, bunda quymalarning shaklini soddalashtirish, devorlar qalinliklarming keskin o‘zgarmasligi, o‘tkir burchakli o‘tishlar bo‘lmasligi, geometrik aniqligi va boshqa masalalar muhim rol o‘ynaydi. Chunki masalalarga alohida e’tibor berilishi , sifatli va arzon quymalar ishlab chiqarish omillaridan biridir.
    Quyma materiallar xossasiga talablar. Texnika-iqtisodiy talablarga javob beradigan quymalar olishda keng foydalaniladigan asosiy materiallarga cho‘yanlar, po‘latlar va rangli metall qotishmalari kiradi. Ayniqsa, ularning suyuqlanish temperaturasining pastroqligi, oquvchanligi, kam kirishishi, kimyoviy tarkibining tekis bo‘lishi hamda narxining arzonligi ayrim kamchiliklari bo‘lsada quymalar olishga qo‘l keladi. Quymalardan kutilgan xossalar material xiliga, kimyoviy tarkibiga, qolipga quyilish temperaturasiga, qolip materialiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Shuni aytish lozimki, yirik, murakkab shaklli, turli xil quymalar olishda kirishuvchanligi, struktura o‘zgarishi, ayrim qismlarining turli tezlikda sovishi va boshqa sabablarga ko‘ra quymalarda ichki zo‘riqish kuchlanishlari vujudga keladi va zarur tadbirlar ko‘rilmasa bu kuchlanishlar ularning deformatsiyalanishiga, darz ketishiga olib kelishi mumkin. Quymalarni olishda foydalaniladigan materiallar ichida yuqorida qayd etilgan talablarga quyma cho‘yanlar yaxshi javob beradi. Shu boisdan, quymalar olishda ulardan keng foydalaniladi. O‘rtacha hisoblar ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilayotgan quymalaming 70% quyma cho‘yanlarga, 17% po‘latlarga, 8% boshqa xil cho‘yanlarga va qolgani rangli metall qotishmalarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, olinayotgan quymaning tannarxi material xiliga, seriyasiga, shakliga, o‘lchamlariga va texnologik jarayonlarning oqilona belgilanganligiga, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq jadvalda quyma materiali, seriyasi va shaklining tannarxiga o‘rtacha ta’siri (qabul qilingan birlikda) misol sifatida keltirilgan. [8]

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni

    Download 14,49 Mb.