|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 56/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTayanch so‘z va iboralar: rezina, kauchuk, to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, vulkanizasiyalovchi agentlar, tezlashtiruvchilar, aktivatorlar, polimer, efir, atsetilen, butan, etilen, benzol, izobutilen, keramik, gil, shliker, qurilish, organik aralashmalar,kvars qum, dala shpati, rux oksidlari, sellyuloza, gemisellyuloza, lignin, yog‘och, lateks, smola, toʻyinmagan uglevodorod, benzol, xloroform, butadiene, stirol butadien.
Nazorat savollari
Rezina nima?
Rezina olish uchun asosiy material qaysi?
Yog‘och materiallarning turlari?
Plastifikatorlarning vazifasi nima?
Rezina tarkibidagi katalizatorning vazifasi?
Rezinalarning qanday turlarini bilasiz?
Yelim materiallarning vazifasi nima?
Yelimlarning qanday turlari bor?
Keramik materiallarning turlarini sanab bering.
Keramik materiallarning texnologik xossalariga nimalar kiradi?
Yog‘ochlarga qanday ishlov beriladi?
Yog‘ochlarni qanday vaqtlarda tayyorlanadi?
III BOB. METALLARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
8.§. METALLARDAN QUYMA DETALLAR OLISH TEXNOLOGIYASI
8.1. Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni, quyma materiallar xossalari va ularni aniqlash
Odamlar eramizdan ikki-uch ming yil muqaddam quymalarni olish bilan tanish bo‘lganlar, buni Misrda, Xitoyda va boshqa mamlakatlarda olib borilgan arxeologik qazilmalar ko‘rsatdi. Keyinchalik asrlar davomida bu texnologiya rivojlana bordi. Masalan, 1585-1586 yillarda A. Choxov boshchiligida bronzadan katta zam barak quyildiki, uning massasi 40 t ga yaqin bo‘lgan. Ota-bola Motorinlar esa 1735 yilda bronzadan katta, naqshli qo‘ng‘iroq quydilarki, uning massasi 200 t bo‘lgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, lekin shularning o‘ziyoq quymakorlik san’atining o‘sha yillarda rivojlanish sur’atini yorqin ifodalaydi. Ayniqsa keyingi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli yangi-yangi takomillashgan istiqbolli usullar (quymalarni metall qoliplarda, bosim ostida, markazdan qochirma kuch yordamida, suyuqlanadigan modellar yordamida tayyorlangan qoliplarda, qobiqli qoliplarda va boshqalar) yaratilishi, og‘ir ishlarni mexanizatsiyatirilishi, texnologik jarayonlarning avtomatizatsiyalashtirilishi, markazlashtirilgan yirik quymakorlik korxonalarining barpo etilishi sifatli, xilma-xil quymalarni ishlab chiqarish bilan unumdorlik keskin ortdi.
|
| |