|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 59/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikSterjen yashigi. Quymalarda turli shaklli teshiklar, o‘yiqdan olish uchun yuqori sifatli gilli qum materiallaridan ularning shakliga va o‘lchamiga mos sterjenlar tayyorlashda foydalanuvchi texnologik moslamalarga sterjen yashigi deyiladi. Ular ham model materiallaridan tayyorlanadi. Ularning shakli va o‘lchamlari esa, quymada olinuvchi teshik shakli va o‘lchamidan, qolipda metalning kirishuvi va mexanik ishlanadigan yuzalar qo‘yim qiymati hisobiga kichikroq bo‘ladi. Odatda, kam seriyali, oddiy shaklli, kichik o‘lchamli sterjenlarni tayyorlashda foydalaniladigan sterjen yashiklari modellar singari yaxlit, murakkab shaklli, katta o‘lchamli sterjen yashiklari ikki pallali va ayrim–ayrim bo‘laklardan tayyorlanadi.
8.4. Qoliplarni qo‘l va mashinalar yordamida tayyorlash
Quymalar uchun bir martalik qum-gilli qoliplar qo‘lda tayyorlanadi. Qo‘lda qolip tayyorlash avvalo quyma zagotovkaning loyihasi, materiali, o‘lchamlari va geometrik aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun uning nominal o‘lchamlarini, metallning qolipda hajmiy kirishuv qiymatini va mexanik ishlovlarga qoldiriladigan qo‘yimlar kattaligini hisobga olgan holda chizmasi chiziladi. Keyin quyma zagotovka chizmasi asosida model sterjen yashigi (sterjen qolipi), suyuq metallni qolipga shlakdan bir muncha tozalab, bir tekisda qolipga uzatuvchi quyish sistemasi tanlanib, uning ham model elementlari shakli va o‘lchamlarini aniqlab, chizmasi chiziladi. Modellar, sterjen yashiklar moyochdan tayyorlanadi.
Qoliplarni tayyorlashda quyma va qolip materialidan tashqari model, sterjen, opokalar, model taglik taxtasi, shibba, elak va boshqalardan foydalaniladi.
8.2-rasm. Qoliplash asboblari: a-belkurak; b-g‘alvir; d-shibbalar; e-pnevmatik shibba; f-ilgak; qoshiq va andavalar g-burchak chiqargich; tekislagich, six va chо‘tka.
Qoliplashda ishlatiladigan asboblar shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi:
1. Opoka, sterjen yashiklariga qolip materiali solingach tekis shibbalaydigan belkurak, shibba va boshqa asboblar.
2. Modelni qolipdan, sterjenni sterjen yashigidan ajratib olishda, qoliplar va sterjen sirt yuzalarini tuzatishda foydalaniladigan qoshiq, andava, tekislagich, ilgak va boshqa asboblar. [7]
Ingichka, puxtaligi pastroq sterjenlarning metall quyishda sinmasligi uchun qolipga ba’zan turli xil metall tirgaklar о‘rnatiladi (8.2-rasm).
|
| |