9.1-rasm. Porshen olish kokili
Qolipdagi gazlar gaz chiqariladigan 10 kanal orqali chiqib ketadi. Gaz kanallari chuqurligi 0,2 – 0,5mm. Quymani qolipdan chiqarish uchun turtib chiqaruvchi maxsus temir o‘zaklar bor. Bular silindrsimon armaturadan ishlab chiqiladi. Bu armaturalar 11 teshikda qolipini devoridan o‘tadi. Qolip yopiq vaqtida turtib chiqaruvchi temirlar ko‘rinmaydi va qolipni ochilishida ular chiqib quymani chiqarib yuborishadi.
Maxsus usullar aniq quyma olishni asosiy tehnologiyalari bo‘ladi. Maxsus usullarda metallni foydali ishlatilishi 0,8-0,95% ga oshadi. Maxsus usullar quymalarni tayyor detallarga 90-95%gacha yaqinlashtiradi. Maxsus usullarda olinadigan quymalar 4-5 marta qum-gilli qolipda olishdan qimmatroqdir, chunki materiallari va mehnati ko‘proqdir. [10]
Qoliplar, ularning materialga quyiladigan talablari, tarkibi va tayyorlanishi
Bu usul eng progressiv usullardan, bunda quyma aniqligi, jarayon unumdorligini, quyma o‘lchovlari aniqligi va quyma yuzasining tozaligi bilan usul ko‘proq rangli qotishmalarda quyma olishda ishlatiladi. Ko‘proq alyuminiy, magniy, mis qotishmalaridan quyma olishda qo‘llaniladi, avtomobilsozlik, optika mexanika sohasi mashinasozlikda qo‘llaniladi. Usulning mohiyati suyuq metalldan yasalgan press formaga bosim ostida quyiladi, bosim kuchi (300-3000) 102 Pa, metallning qolipga quyish tezligi 0,5-140 m/s. Bu usulda metallni ishlatish koeffitsiyenti eng yuqori (9.3-rasm).
rasm. Gorizontal kamerali sovuq bosim ostida ishlaydigan mashina:
1,2-statsionar va yuradigan yarim qoliplar; 3-plita; 4-yuradigan plita; 5-kanallar; 6-o‘zak; 7-tortib chiqaruvchi; 8-plita; 9-silindr; 10-teshik; 11-plunjer; 12-press qoldiq; 13-tayanch; 14-quyma mahsulot.
Silindr ichiga cho‘mich bilan quyilgan metall suyuq metall porshen bilan ichki joyiga presslar quyish tizimi orqali quyiladi. Qotishma qotgandan suriladigan yarim qolip quyma bilan birga va quyish tizimi bilan orqaga qaytadi, toki tayanchga borguncha. Quyma maxsus turtkich yordamida press-formadan chiqarib yuboriladi. Qimirlamaydigan yarim qolip plita bilan bir joyda qoladi. Ishchi sikl tamom bo‘lgandan keyin presslovchi porshen dastlabki joyiga qaytadi. Press-forma usuliga yuqori unumdorlik, qoliplash tezligi, yuqori solishtirish bosim tavsiyalanadi. Quymani sifatiga qotishmani markasi, zagotovka konstruksiyasi, press- forma konstruksiyasi va yuzasi sifati va qotishma darajasi, press-formasi o‘zini quyish vaqtidagi darajasi ta’sir qiladi bu usul bilan alyuminiy- kremniy, alyuminiy-kremniy-mis, alyuminiy magniy qotishmalari quyiladi. Eng yaxshi quyish tavsifnomasi sink qotishmalarda. Press- formalar po‘latdan yasaladi. Press-formalar yuradigan va qotirilgan qismlardan, ularni ichida qo‘shimchalar, o‘zaklar, chiqaruvchilar, vtulkalar, suv bilan sovutish va havo o‘tkazish qurilmalari bor.
Bosim ostida ishlaydigan mashinalarning to‘rtta turi bor: porshen yordamida qizitilgan siqish kamerali, kompressorli statsionar va yuradigan siqish kamerali porshenli mashinalarning (9.4-rasm) suyuqlanish darajasi 450 oC bo‘lgan quymakorlik qotishmalar uchun ishlatiladi (rux Zn, qo‘rg‘oshin Pb, qalay Sn). Bu mashinalar qo‘lda ishlaydigan, yarimavtomatik va avtomatik turlarga bo‘linadi. Ularni ishlash prinsipi bir xil. Cho‘yandan (9.4 a-rasm) yasalgan 1 vannaga suyuq metall qo‘yiladi, metall sovimasligi uchun harorati bir xil ushlanadi, uning uchun vanna isitib turiladi.
|