• Ekstruziyalash.
  • Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari




    Download 14,49 Mb.
    bet47/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    6.4. Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari
    Polimerlarni buyumlarga aylantirishning asosiy usullariga ekstruziyalash, odatdagi usulda quyish, bosim ostida quyish, odatdagicha presslash, quyma presslash, kо‘pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randalash, shuningdek, dastgohlarda qirindi yо‘nib olish yо‘li bilan ishlash usullari kiradi.
    Ekstruziyalash. Ekstruziyalash usulida ishlash yо‘li bilan sterjenlar, quvurlar, listlar va plyonkalar olinadi, buning uchun, asosan, termoplastik, kamdan-kam hollarda esa termoreaktiv polimerlar ishlatiladi. Ekstruziyalash polimerni mundshtuk teshigi orqali siqib chiqarishdan iborat, teshikning shakli buyumning kо‘ndalang kesimi shakliga bog‘liq bо‘ladi (6.6-rasm).



    6.6-rasm. Ekstruzion mashinaning sxemasi
    Kukun yoki granulalar olidagi polimer bunkerga solinadi, polimer bunkerdan shnek 6 ga tushadi. Shnek elektr dvigateldan aylanma harakatga keluvchi vint rotordir, u polimerni vintli yuzalari yordamida о‘q yо‘nalishida (xuddi qiyma mashinasidagi kabi) surib beradi; vint aylanganda vint qadamining kichrayishi yoki kanal chuqurligining kamayishi natijasida material siqiladi. Ta’minlagichning silindrik g‘ilofida surilayotgan sochiluvchan material о‘z yо‘lida qizdirish zonasi 3 dan о‘tadi, qizdirish zonasining harorati, ishlov berilayotgan polimer turiga qarab, 100 dan 400°C gacha bо‘ladi. Yumshagan polimerni shnekning uchi mundshtuk 2 li kallakka itarib beradi, mundshtukda teshik bо‘ladi, bu teshikning shakli hosil qilinadigan buyumlarning kesimi shakliga о‘xshash qilib tayyorlanadi. Buyumlarda teshik hosil qilish lozim bо‘lsa, dorn 5 (yо‘naltiruvchi) dan foydalaniladi, kesimi yaxlit buyum olish kerak bо‘lganda esa dorn ishlatilmaydi. Mundshtukning teshigidan chiqayotgan buyum 1 ni transportyor 4 olib ketadi. [11]
    Polietilen va boshqa termoplastlarning asosiy miqdori ekstruziyalash yо‘li bilan ishlanadi, bu usul termoreaktiv smolalarni va kompozitsiyalarni, shuningdek, sellyulozani qayta ishlash (buyumga aylantirish) uchun ham qо‘llaniladi.
    Plastik massalar yoki sodda qilib aytganda plastmassalar hozirgi zamon texnikasida juda muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘zlarining qator qimmatli xossalari tufayli mustaqil guruhlarga ajralib chiqqan.
    Plastmassalar ko‘p komponentli sun’iy material hisoblanadi. Plastmassalarda asosiy element bog‘lovchi sifatida sun’iy smola, efir va selluza qo‘llaniladi. Ba’zi bir plastmassalar faqat bitta bog‘lovchidan tashkil topadi (polietilen, fitoroplast, organik shisha va boshqalar). Ularda ikkinchi komponent sifatida to‘ldiruvchilar ishlatiladi. Ularga kukun ko‘rinishdagi, tolasimon va boshqa organik yoki noorganik tuzilishga ega bo‘lgan moddalar qo‘llaniladi. To‘ldiruvchilar mexanik xossasini oshiradi, yarim fabrikatlarni presslashda kirishuvchanlikni kamaytiradi va materialga kerakli xossa beradi. Plastmassalarni elastikligini oshirish va ishlov berishni yengillashtirish uchun ularga plastifikatorlar qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida stearin, dibutilftorat va boshqalar ishlatiladi.
    Bog‘lovchilik xarakteriga ko‘ra plastmassalar termoplastik (termoplastlar) va termoreaktiv bo‘ladi. Plastmassalar to‘ldiruvchi turiga qarab quyidagicha bo‘ladi: kukunli (karbolitli), tolali, qatlamli, gaz to‘ldirilgan.
    Plastmassalarning o‘ziga xosligi: kichik zichlikka egaligi, kichik issiqlik o‘tkazuvchanlik, katta issiqlikdan kengayishi, yaxshi elektrizolatsiya xossasi, yuqori kimyoviy bardoshlik va yaxshi texnologik xossaga ega ekanligidir.
    Ishlatilishiga ko‘ra plastmassalar bir necha asosiy guruhga bo‘linadi: mashina detallari uchun ishlatiladigan konstruksion plastmassalar termoreaktiv smolalardan iborat kompazitsiyadir; agressiv muhitda ishlaydigan detallar uchun qo‘llaniladigan karroziyabardosh plastmassalarga kiradigan ftoroplastlar va polixlorvinlarning kislotalar solinadigan rezervuar devorlarini qoplashda ishlatiladi; issiqlikni himoya qiladigan (asbotekstolit va shisha-tekstolit) plastmassalar; qistirma plastmassalar; elektr ezolyatsion materiallar (getinaks, ftoroplastlar); friksion materiallar (asbotekstolitlar); antifiriksion; yorug‘lik o‘tkazadigan (organik oyna); manzarali materiallar (getinakslar).
    Plastmassadan buyumlar presslash, bosim ostida quyish plastmassa listlarni shtamplash va boshqa usullar bilan olinadi. Presslash termoreaktiv plastmassalarni 130-150°C haroratgacha qizdirilgan press qoliplarga presslab buyumlar olish keng tarqalgan usullardandir. Plastmassalarga mexanik ishlov berish oson. Plastmassalarga ishlov berishning o‘ziga xos tomonlari ularning xossalari bilan belgilanadi.
    Plastmassani qayta ishlash usullari, uning xossasini aniqlaydi. Plastmassalarni qayta ishlash usullariga quyidagilar kiradi: ekstruziya, quymakorlik, quymali presslash, vakuumli va pnevmatik shakllantirish, payvandlash va boshqalar. [10]
    6.2-jadvalda ba’zi plastmassalarning ishlatilish sohasi va uni qayta ishlash usullari berilgan.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari

    Download 14,49 Mb.