• Termoreaktiv
  • Termoplastik va termoreaktiv polimerlar




    Download 14,49 Mb.
    bet41/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    6.2.1. Termoplastik va termoreaktiv polimerlar
    Termoplastik polimerlar guruhiga polietilen (yuqori bosimda olinadigan ПЭД, past bosimda olinadigan ПЭНД), polistrol, ftoroplastlar guruhiga polietilen (yuqori bosimda olindigan ПЭВД, past bosimda olinadigan ПЭНД), polistrol, ftoroplastlar, organik shishalar kiradi. Polikondensatsion smolalar, deb ataluvchi termoreaktiv polimerlar 150-180o C gacha qizdirilganda kimyoviy reaksiya tufayli qaytmaydigan qattiq holatga o‘tadi. Bunda polimerlarning ipsimon molekulalaridan fazoviy bikir “konstruksiyalar” paydo bo‘ladi. Termoreaktiv polimerlarga fenoloformaldegid (masalan, bakelit smolasi, fenoplast), poliefir, epoksid va kremniy-organik polimerlar kiradi.
    Qo‘shimchalar qo‘shilmagan polimerlar sodda, to‘ldirilmagan, qo‘shimchalar qo‘shilgani (ular ko‘proq) murakkab, to‘ldirlgan polimerlar deb ataladi. To‘ldirgichlar turiga ko‘ra plastmassalar press-kukunlarga, volokpolimerlarning zichligi 0,9 dan 2,2 g/sm3 gacha. To‘ldirgichlar plastmassalarni kam o‘zgartiradi, shuning uchun ularning zichligi uncha katta emas (1,1 dan 1,6g/sm3 gacha), bu ularning afzalligidir. G‘ovak plastmassalarning zichligi undan kichik0,010,2 g/sm3.
    Zichlik. Polimerlarning zichligi kam. Masalan, eng ko‘p tarqalgan organik polimerlar smola, plastmassalar hamda grafitning zichligi 900-2400 kg/m3ga teng. G‘ovakli materiallarning zichligi bundan kam: penoplast, penorezina, penooyna 20-900 kg/m3 gacha.
    Suvni yutish qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi, chunki polimerlarning mexanik, teplofizik, dielektrik xossalari yomonlashadi.
    Gaz o‘tkazuvchanligi. Bu polimerlarning yuzalari orasidagi harorat yoki bosim farqi bor sharoitida polimer membranalarining gaz o‘tkazishi qobiliyatidir. Bu xususiyat membrananing kimyoviy tarkibi va strukturasiga hamda gazning holati va haroratiga bog‘liq. Bu xususiyat kauchuksimon polimerlarga xos. Organik oynada kristallik va strukturalangan polimerlarda bu xususiyat juda past.
    Polimerlar qizdirish davrida o‘zlarini har xil tutadilar. Chizig‘iy va shoxobchali makromolekulali polimerlar qizdirish natijasida yumshaydi, sovitilganda qotadi. Qayta qizdirilganda yana qaytib yumshaydilar. Bunday polimerlar termoplastlar deyiladi. Termoplastlarning mustahkamligi ancha past 1-10 MPa. Bu molekulalararo kuchlarning kichikligidir.17
    Bunday polimerlarning strukturasi amorf, qisman kristallik va kristallik bo‘lishi mumkin. Termoplastdan yasalgan mahsulotlarni qayta ishlash mumkin.
    Termoreaktiv polimerlar dastlabki strukturasi chizig‘iy bo‘lsa ham, qizdirilganda yumshab, kimyoviy reaksiyalar natijasida sovitilganda qotib, fazoviy struktura hosil qiladi. Termoreaktiv polimerlardan yasalgan mahsulotlar qizdirilganda yumshamaydi va qayta ishlab bo‘lmaydi.
    Polimerlarning fizikaviy yoki fazoviy holatlari orasidagi farqlari ularning kinetik grafiklarida ko‘rinadi. Kinetik grafik polimerning doimiy kuch ostida qizdirilgandagi deformatsiya kattaligi bilan o‘lchanadi.
    Termoreaktiv plastmassalar termoreaktiv smolalar asosida ishlab chiqariladi. Termoreaktiv smolalar: fenolformaldegid, aminoalgid, epoksid, poliamid, organik kremniy tо‘yinmagan poliefir. Termoreaktiv plastmassalar yuqori puxtalikka ega, yuqori haroratda ham ishlayveradi. Smola bu yerda bog‘lovchi. Yuqori yelimlash qobiliyati, olovbardosh, kimyoviy turg‘un bо‘lishi, texnologik kirishuvchan ham bо‘lishi zarur.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termoplastik va termoreaktiv polimerlar

    Download 14,49 Mb.