O‘ta sovitilgan austenitning izotermik parchalanishi




Download 14,49 Mb.
bet36/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

O‘ta sovitilgan austenitning izotermik parchalanishi

Bu jarayon austenitni ferrit va sementitga ajralishidan iborat. Ac1 kritik nuqtada austenit hamda uning parchalanish mahsulotlari va perlitning erkin energiyasi bir xil, shu austenit perlitga aylanmaydi Ac1 dan pastda perlit erkin energiyasi austenitnikidan kichik bo‘lib qoladi; shunda austenit perlitga aylana boshlaydi. Temperatura qancha past bo‘lsa, erkin energiyalar farqi shuncha katta bo‘ladi, austenit perlitga shuncha tez aylanadi. Austenit parchalanganda ferrit va sementit hosil bo‘ladi Ferritda uglerod nihoyatda kam, sementitda 6,67%. Demak, austenitning perlitga aylanishida uglerod diffuziya yo‘li bilan qayta taqsimlanadi.
Temperaturaning pasayishi diffuziyani pasaytiradi: Bu o‘ta sovish austenitni perlitga aylanishi jarayonini pasaytiradi. Xulosa qilib aytganda, temperatura pasayishi bilan, bir tomondan A→P aylanish tezligi erkin energiya farqi hisobiga tezlashadi, ikkinchi tomondan, uglerod diffuziyasi sekinlashishi hisobiga sekinlashadi. A1 da austenit perlitga aylanmaydi.

200oС da ham parchalanmaydi, chunki bunda uglerodning diffuziyalanish tezligi yetarli emas. Quyida austenitning perlitga aylanishi kinetik egri chizig‘i berilgan.
Har xil temperaturada izotermik (o‘zgarmas temperaturada) sovutishda a va v nuqtalarni birlashtirsak, austenitning perlitga izotermik aylanishini ko‘rsatuvchi diagramma hosil bo‘ladi. Austenit o‘zgarishida hosil bo‘ladigan strukturalarni ko‘rib chiqamiz. Bu sovish tezligiga bog‘liq. 650-700 oC da perlit hosil bo‘ladi. Bunda asosiy faza sementit bo‘ladi. Sementit plastinkalari hosil bo‘lishi hisobiga qo‘shni uchaskalardagi austenit uglerodga «kambag‘allashadi» (uglerodi o‘tib ketadi). Bu esa o‘z navbatida ferrit plastinkalarini paydo bo‘lishga olib keladi. Ketma-ket qaytariluvchi sementit va ferrit plastinkalari paydo bo‘ladi. Temperatura pasayishi bilan hosil bo‘layotgan yangi fazalari ko‘payadi. Bu plastinkalar sonini ko‘paytiradi. Albatta bunda plastinkalar o‘lchamlari va ular orasidagi masofa kamayadi. Buni maydalikni – disperslikni oshishi deyiladi. 600-650 oС da sorbit (ingl. G. Sorbi), 550-600oС da troostit (fran. L. Trust) 500oС pastda beynit strukturalar hosil bo‘ladi. [6]


    1. Download 14,49 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘ta sovitilgan austenitning izotermik parchalanishi

Download 14,49 Mb.