• Temir rudalari
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet32/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    S1E1 chiziq temperatura pasayishi bilan austenitda uglerodning erishi kamayishini ko‘rsatadi. Temperatura pasayganda temir-grafit sistemasida austenitdan ikkilamchi deb ataladigan grafit ajralib chiqadi.
    To‘la sovitilgan struktura ferrit va grafitdan tashkil topadi.

      1. Temir rudalari

    Yer usti qobig‘ida temirning ulushi 5,1% ga teng bo‘lib, alyuminiydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Sanоat ahamiyatiga ega bo‘lgan temir rudalarida temirning miqdоri 30 % dan yuqori bo‘lishi kerak.
    Sanoat uchun temir olishning eng muhim manbasi bu temir rudasi boʻlib, konchilari tilida temir rudasi gematit deyiladi. Gematit temirning kislorod bilan birikmasi, yaʼni temir oksidi boʻlib, uning molekulasida ikkita temir atomiga uchta kislorod atomi birikkan (Fe2O3) holda boʻladi. Gematitga boy tuproq va rudalar, odatda, qizil rangda boʻladi. Olimlarning fikricha, Mars sayyorasining qizil rangi ham uning sirtidagi tuproqning gematitga toʻyinganligi sababidan boʻlishi mumkin ekan. Gematit rudasining turlaridan biri boʻlgan qizil oxra moddasini rassomlar qizil pigment sifatida ishlatishadi. Shuningdek, ushbu moddaning kukun koʻrinishi shisha ishlab chiqarishda sayqallash xomashyosi sifatida qoʻllaniladi. Ayniqsa, yuqori shaffoflikka ega optik linzalar va tiniq koʻzgular ishlab chiqarishda qizil oxra kukuni sayqallash bosqichining asosiy oʻrnini egallaydi.
    Temir rudasining yana bir turi magnetit deb nomlanadi. Magnetit molekulasida uch atom temir va toʻrt atom kislorod mavjud (Fe3O4) boʻladi. Bundan tashqari, temir rudalarida, albatta, doimo katta miqdorda turli silikatlar va boshqa aralashmalar yoʻldosh boʻladi.

    Temir rudalari eng ko‘p tarqalgan mamlakatlar (2000 yil)




    Download 14,49 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.