Temir va uning xossalari. Sementit va uning xossalari




Download 14,49 Mb.
bet28/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

Temir va uning xossalari. Sementit va uning xossalari

Davriy jadvaldagi 26 raqamli element — temir insoniyarga juda qadimdan maʼlum. Temirdan yasalgan buyumlar eramizdan avvalgi 4000-yillikka tegishli Misr sagʻanalaridan ham topilgan. Lekin u paytlarda temir yarim qimmatbaho metall sanalgan. Eramizdan avvalgi 1500-yilgacha boʻlgan davrlarda odamlar temirni qanday qilib koʻp miqdorlarda olishni va undan buyumlar va qurol-yarogʻ tayyorlashni bilishmagan.
Temirni sof holda ajratib olishni va undan qurol-yarogʻ hamda boshqa buyumlar tayyorlashni ilk oʻzlashtirgan xalq Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) hududida yashagan xettlar boʻlishgan. Xettlar temirdan yasalgan oʻq-yoy va boshqa qurollar, shuningdek, dubulgʻa, qalqon va sovut bilan qurollanib jang maydonida paydo boʻlishganda, ularga duch kelgan dushmanlar qandaydir “maxfiy qurol”ga duch keldik deb oʻylashgan. Bronzadan yasalgan xanjar va oyboltalar temir dubulgʻa oldida ojiz qolardi. Yaʼni temir bronzadan koʻra sezilarli darajada qattiq va pishiq boʻlib chiqqan.
Temirni olishni va unga ishlov berishni oʻzlashtirish asnosida qadimgi xalqlar birin-ketin bronzadan voz kechib temir madaniyatiga oʻta boshlashdi. Shu tariqa tarixda bronza davri tugab, temir davri boshlandi. Eramizdan avvalgi 600-yil atrofida koʻhna dunyoning deyarli barcha mamlakatlari qoʻshinlari istisnosiz ravishda temir qurol-yarogʻga oʻtishgan. Hozirda temir metallar ichida eng arzonidan biri sanaladi. Temirning ayrim markalarining bir kilogrami atigi 10 sent turadi. Temir yer qobigʻida eng koʻp tarqalgan metallardan biri boʻlib, alyuminiydan keying ikkinchi o‘rinda turadi. Temirning yer qobigʻidagi umumiy ulushi 5% atrofida deb taxmin qilinadi. Temirni shunchalik keng tarqalgani va uni turli birikmalardan va rudalardan ajratib olish osonligi sababli uning narxi shunday arzon hisoblanadi.
Yer qobigʻining quyi qatlamlarida, ichkarilab, chuqurlashib borgan sari ruda tarkibidagi temir miqdori ham ortib boraveradi. Yer sayyorasi yadrosining 8000 km diametrga ega markaziy qismi ham erigan choʻgʻ holatidagi temirdan iborat deb taxmin qilinadi. Umuman olganda, sayyoramiz vaznining 40 foizga yaqin qismini aynan temir tashkil qiladi.
Xabaringiz bor, meteoritlar har kuni millionlab sonda Yer atmosferasiga kirib keladi va sayyoramizning turli mintaqalariga qulaydi. Ularning baʼzilari oddiy tosh kattaligida boʻlsa, baʼzilari tarvuzdek boʻladi. Yer sirtiga yetib kelgan va olimlar tomonidan topib oʻrganilgan meteoritlarning tarkibida 90% qismi temir ekani statistikadan maʼlum (qolgan 10% qismi, asosan, silikatlardan iborat boʻladi).15

Download 14,49 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temir va uning xossalari. Sementit va uning xossalari

Download 14,49 Mb.