|
-rasm. Nuqtaviy nuqsonli kristallar modellari
|
bet | 26/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik3.10-rasm. Nuqtaviy nuqsonli kristallar modellari: 1 – vakansiya; 2 – uzellar oralig‘idagi atom; 3 – singigan qo‘shimcha element atomi; 4 – o‘rin almashgan qo‘shimcha element atomi
Dislokatsiya kristall panjaradagi boshqa turdagi nuqsonlardan o‘zining tabiatiga ko‘ra keskin farq qiluvchi maxsus turdagi nomukammallik hisoblanadi. Kristallga dislokatsiyani kiritishning eng oddiy uslubi siljish hisoblanadi.
Dislokatsiya kristalning energiyasini oshirishda va ichki kuchlanishlar maydonining markazi hisoblanadi. Ichki kuchlanishlar qiymati dislokatsiyadan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Dislokatsiya energiyasi (E) panjaraning siqilish darajasini tavsiflovchi Byurgers vektori (b) va atomlararo bog‘lanish kuchi mustahkamligini ifodalovchi siljish moduli (G) larga bog‘liq. Siljish moduli qanchalik katta bo‘lsa, atomlarning ko‘chishga qarshiligi shunchalik darajada kuchli bo‘ladi, ya’ni bunda siqilgan panjaraning energiyasi (E) katta bo‘ladi.
Panjaraning siqilish energiyasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Е = α·G·b2
bu yerda: α – 0,5-1,0 oralig‘idagi koeffitsiyent;
G – siljish moduli;
b – Byurgers vektori.
Shuni ta’kidlash lozimki dislokatsiya atrofida hosil qilingan kuchlanishlar maydoni qo‘shni dislokatsiyalarga ta’sir qiluvchi kuchlar manbai sifatida o‘z xossasini namoyon qiladi.
Dislokatsiyaning asosiy xususiyatlaridan biri uning kuchlanish ta’sirida kristall ichida yengil ko‘chishi hisoblanadi.
Real kristallarda dislokatsiya va nuqtaviy nuqsonlar birgalikda uchraganligi uchun ular har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Dislokatsiya kuchlanish elastik maydoni va kristall tarkibidagi qo‘shimcha element atomlari har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Tayanch so‘z va iboralar: elektrоn, kristall panjara, iоn, elektrоn bulutlar, bоg‘lanish energiyasi, koordinatsion son, panjara bazisi, amorf jism, kristallоgrafik tekisliklar, Miller indeksi, gamma-temir, vakansiya, chiziqli nuqsonlar, dislokatsiya, Shotki nuqsonlari, Frenkel nuqsonlari, subdonachalar, Byurgers vektori, panjaraning energiyasi.
Nazorat savollari:
Materiallar qanday agregat holatlarda uchraydi?
Materiallarning turg'unligi deganda nima tushunasiz?
Metallarning erkin energiyasiga ta’rif bering.
Toza metallning sovish egri chizig‘ini chizing.
Kristallanish nima?
|
| |