• Nuqtaviy (nol o‘lchamli) Chiziqli (bir o‘lchamli) Sirtqi (ikki o‘lchamli)
  • -rasm. Real kristall panjaraning nuqsonli tuzilishi sxemasi




    Download 14,49 Mb.
    bet25/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    3.9-rasm. Real kristall panjaraning nuqsonli tuzilishi sxemasi
    Metallning atomlari siljigan sohasi bilan atomlari siljimagan sohasi orasidagi chegara dislokatsiya deb ataladi. Real kristallarda chiziqli dislokatsiyaning ikki turi mavjud. Kristall yuzasidagi hamma vakansiyalar to‘planib nuqsonlar yig‘indisi halqasini hosil qiladi. Mana shu halqa yuzasiga tik tekisliklardagi atomlarning tartibli joylashi geometriyasi biroz buziladi – chetki dislokatsiya hosil bo‘ladi. Vakansiya to‘plangan joydagi normal yo‘nalish bo‘yicha siljish natijasida hosil bo‘lgan dislokatsiya vintsimon dislokatsiya deb ataladi. [10]
    Nuqsonlarning geometrik belgilarga ko‘ra tasniflanishida nomukammalliklarning kristall tuzilishdagi nuqtaviy, chiziqli va sirtqi nuqsonlar mikroskopik, hajmiy nuqsonlar esa makroskopik turga kiritiladi.
    Nuqtaviy nuqsonlar metall kristall panjaralari o‘zida va qo‘shimchalar atomlari ta’sirida yuzaga keladi.
    Nuqtaviy nuqsonlarga vakansiya (Shotki nuqsonlari), tugunlar orasidagi atomlar (Frenkel nuqsonlari), asosiy metall kristall panjarasida boshqa qo‘shimcha elementlarning atomlari mavjudligi va yuqorida keltirilganlarning birgalikda barchasi mavjud bo‘lishi kiradi.
    Metallar donalarining atom kristall strukturalari nuqtaviy nuqsonlari nomukammalliklarning tasniflanishida geometrik belgilariga ko‘ra nol o‘lchamli ko‘rinishda bo‘ladi (3.3-jadval).
    3.3-jadval
    Geometrik belgilarga ko‘ra nuqsonlarning tasniflanishi

    Nuqtaviy (nol o‘lchamli)

    Chiziqli (bir o‘lchamli)

    Sirtqi (ikki o‘lchamli)

    Hajmiy (uch o‘lchamli )

    Mikroskopik

    Makroskopik

    Uchta yo‘nalish bo‘yicha ham o‘lchamlari atom diametridan bir necha marta kichik:
    - vakansiya;
    - tugunlar oralig‘idagi atomlar;
    - qo‘shimchalarning atomlari;
    - ularning birgalikda uchrashi.

    Atom o‘lchamlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha, uchinchi o‘lcham kristall uzunligidan kichik:
    - dislokatsiya;
    - vakansiya zanjiri;
    - vakansiya va tugunlar orasidagi atomlarning zanjiri.

    Bitta o‘lcham bo‘yicha kichik:
    - donalar chegarasi;
    - subdonachalar chegarasi;
    - taxlanishdagi nuqsonlar;
    - strukturalar chegaralari.

    Barcha o‘lchamlarini atomlar diametri bilan o‘lchab bo‘lmaydi:
    - donalarning uch tomonlama tutashuvi;
    - g‘ovakliklar;
    - darzlar;
    - tilinishlar

    Vakansiya atomning panjara tugunidagi normal holatidan uzoqlashuvi natijasida sodir bo‘ladi. Tugunlar orasidagi atom asosiy metall atomi bo‘lib, u kristall panjara tugunlarida joylashgan metall boshqa atomlari ta’sirida panjaradan siqib chiqarilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Vakansiya va o‘rin almashinuvchi atomlar asosiy metall atomlari o‘rinlarini egallab, panjara uzelining istalgan joyida joylashishi mumkin. Tugunlar orasidagi qo‘shimchalarning atomlari tugunlar orasida singuvchi ko‘rinishda yoki asosan kristall panjara bo‘shliqlarida joylashishi mumkin (3.10-rasm).


    Download 14,49 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Real kristall panjaraning nuqsonli tuzilishi sxemasi

    Download 14,49 Mb.