|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
| bet | 33/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikMamlakat nomi
|
Zaxirasi,
mlrd. t.
|
Qazib olish, mln.t./yil
|
Ta’minlanuvchanligi, yil
|
Xitoy
|
55
|
224
|
246
|
Braziliya
|
80
|
209
|
383
|
Avstraliya
|
41
|
168
|
244
|
Rossiya
|
150 (dunyodagi 24% ni)
|
87
|
1724
|
Hindiston
|
22
|
74
|
298
|
AQSh
|
25
|
63
|
397
|
Qоra metallurgiyaning asоsiy mahsulоti bo‘lgan cho‘yan оlishda quyidagi temir rudalar ishlatiladi:
Rudaning nomi
|
Tabiatda
ko‘rinishi
|
Rudaning nomi
|
Kimyoviy
birikmasi
|
Temirning miqdori
|
oksidlarda
|
rudalarda
|
Magnitli temirtosh
|
|
Magnetit
|
Fe3P4
|
72,2
|
40-65
|
Qizil temirtosh
|
|
Gematit
|
Fe2P3
|
70,0
|
50-60
|
Qo‘ng‘ir temirtosh
|
|
Limonit
|
2Fe2P3
|
60,0
|
30-50
|
Shpatli temirtosh
|
|
Siderit
|
FeCP3
|
48,0
|
30-40
|
Temir rudalari tavsifi
Qizil temirtоsh asоsan (50-70%) gematit (Fe2O3)dan ibоrat bo‘lgan qizil rangli ruda.
Magnitli temirtоsh asоsan (50-60%) magnetit (Fe3O4) dan ibоrat qоramtir ruda.
Qo‘ng‘ir temirtоsh tarkibida (25-50%) limоnit (2Fe2O3.3H2О) va gematit (Fe2O3.H2О) bo‘lgan qashshоq ruda bo‘lib, tarkibida mishyak, fоsfоr kabi zaharli minerallar bo‘lgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangdagi ruda.
Shpatli temirtоsh ham qashshоq ruda hisоblanib tarkibida 30-40 % temirning kоrbоnatli birikmasi (FeCO3) - siderit bo‘ladi. [8]
Bulardan tashqari cho‘yan ishlab chiqarishda temir+marganesli, temir+ хrоmli, temir+хrоm+nikelli va temir+vanadiy+titanli kоmpleks rudalar ham ishlatiladi.
Geologlarning ma’lumotlariga ko‘ra yer bag‘rida 200 xilga yaqin temir rudalari mavjud.
Tayanch so‘z va iboralar: karbid, erkin uglеrоd, kul rang cho‘yan, fеrrоsilisiy, fеrrоmarganеs, po‘lat, detal, zagotovka, kоnstruktsiоn materiallar, qоra metallar, rangli metallar, metall, payvandlash, kesib ishlash, xomashyo
Nazorat savollari
-
Holat diagramma deb qanday diagrammaga aytiladi?
-
Qotishma deb nimaga aytiladi?
-
Faza nima va u qanday tarkibga ega?
-
Sistema nima va u nimalardan tashkil topgan?
-
Qotishmalar qanday holatlarda uchraydi?
-
Fe-C holat diagrammasiga kimlar asos solgan?
-
Fe-C holat diagrammasida qanday fazalarni bilasiz?
-
Fe-C holat diagrammasida qanday strukturalar mavjud?
-
Ferrit nima?
-
Perlit fazami yoki struktura?
-
Austenit nima?
-
Sementit nima?
-
Ledeburit nima?
-
Uglerodning qanday modifikatsilarini bilasiz?
5.§. TERMIK ISHLASH NAZARIYASI
5.1. Termik ishlash nazariyasi
Termik ishlov berish deb metall va qotishmalardan tayyorlangan buyumlarga ularning strukturasi va xossasini berilgan yo‘nalishda o‘zgartirish maqsadida issiqlik bilan taʼsir etish yo‘li orqali ishlov berish jarayoniga aytiladi.
Termik ishlov berishdan maqsad temir-uglerodli qotishmalarga ishlatish jarayonida talab qilinadigan xossalarni ta’minlashdan iborat. Termik ishlov berish natijasida mexanik xossalari yaxshi fizik-kimyoviy xossalar bilan qo‘shilib ketadi, qotishmaning magnitlanish xossasi yaxshilanadi, korroziyagabardoshligi ortadi. Ba’zi termik ishlov berish jarayonlari yaxshilovchi oraliq operatsiya hisoblanadi.
Termik ishlov berishning istalgan jarayoni temperatura-vaqt koordinatalarida tasvirlanishi mumkin (5.1 a-rasm). Qotishmani maksimal qizdirish temperaturasi (tmax), qizdirilgan temperaturada tutib turish vaqti hamda qizdirish (Vq) va sovitish (Vc) tezliklari termik ish lov berish parametrlari hisoblanadi.
Termik ishlov berish asosida metall va qotishmalarni qizdirish hamda sovitish jarayonida sodir bo‘ladigan faza va struktura o‘zgarishlar yotadi. Bu o‘zgarishlar ma’lum kritik nuqtalar bilan xarakterlanadi. Qotishma I xona temperaturasidan boshlab 727°C gacha asta - sekin qizdirilganda, unda faza o‘zgarishlar bo‘lmaydi (5.1 b - rasm). 727°C temperaturada perlit austenitga aylanadi (a nuqta). Diagrammadagi a nuqta pastki kritik nuqta deb ataladi va Ac1 (sovitishda Ar1) bilan belgilanadi, S va G harflar o‘zgarishlar mos ravishda po‘latni qizdirish yoki sovitishda ro‘y berilishini, bu harflar indeksidagi bir raqami PSK chizig‘ini hosil qiluvchi nuqtalarni bildiradi. Qotishma I yanada qizdirilganda ferrit donalari austenitda eriydi. [5]
Austenitning erishi yuqori kritik nuqta deb ataluvchi a nuqtada (δ chizig‘ida) tugaydi, qizdirishda Ac3, sovitishda Ar3 bilan belgilanadi. Agar evtektoidli qotishma II qizdirilsa, perlit 727°C temperaturada S nuqtada (PSK chizig‘i) austenitga aylanadi. Bunda Ac1 va Ac3 kritik nuqtalar bir-birining ustiga tushadi.
|
| |