|
-rasm. Grafit strukturasi sxemasi
|
bet | 31/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik4.3-rasm. Grafit strukturasi sxemasi.
Ledeburit (L) – tarkibida 4,3% uglerod bo‘lgan austenit va sementitning mexanik aralashmasi (evtektika). Ledeburit suyuq qotishmaning 1147°C haroratda kristallanishidan hosil bo‘ladi. Uning qattiqligi НВ 600-700 ga teng, juda mo‘rt. 727°C haroratda austenit perlitga aylanganligidan, bu o‘zgarish ledeberit tarkibiga kiruvchi austenitni ham qamrab oladi. Buning natijasida 727°C haroratda ledeburit austenitning sementit bilan aralashmasi emas, balki perlitning sementit bilan aralashmasidan iborat bo‘ladi.
Diagramma toza temirdan sementitgacha (6,67% С) bo‘lgan miqdorli qotishmalarning faza tarkibi va strukturasini ko‘rsatadi. Tarkibida 0,02 dan 2,14% gacha uglerod bo‘lgan qotishmalar po‘lat deb, 2,14 dan 6,67% gacha uglerod bo‘lgan qotishmalarga cho‘yanlar deb ataladi. [9]
Odatda, uglerod uch xil modifikatsiyada mavjud. Grafit, olmos va fulleren (4.4-rasm).
4.4-rasm. Uglerod (C) strukturalari sxemasi: a) olmos; b) grafit; c) fulleren (С60).
Fe – Fe3C sistemasining holat diagrammasi
Qotishma nisbatan tez sovitilganda suyuq cho‘yanning kristallanish jarayonida sementit hosil bo‘ladi. Temir - sementit sistemasi metastabil, ya’ni beqaror sistema hisoblanadi, chunki ma’lum sharoitlarda sementit austenit va grafit (plastikasimon) ko‘rinishdagi uglerodga parchalanadi. Juda sekin sovitilganda qotishmaning kristallanish jarayonida undan grafit ko‘rinishdagi uglerod ajraladi. Temir-grafit sistemasi stabil sistema hisoblanadi Temirning uglerodli qotishmalarida grafitning kristallanish jarayoni grafitlanish deb ataladi. U qattiq holatda ham sodir bo‘lishi mumkin, chunki sementit yuqori temperaturalarda beqaror bo‘ladi:
sementitning parchalanishi va uglerod atomlarining austenitda erishi;
austenitda grafitlanish markazlarining hosil bo‘lishi;
austenitdagi uglerod atomlarining grafitlanish markazlariga tomon diffuziyalanishi;
grafit ajralishining o‘sishi.
4.5-rasmda birlashtirilgan diagramma ko‘rsatilgan: uzluksiz chiziqlar bilan temir - sementit metastabil diagrammasi, shtrix chiziqlar bilan temir - grafit stabil diagrammasi tasvirlangan. Temir-sementit diagrammasi bo‘yicha cho‘yanlar qismida oq cho‘yanlar, temir-grafit diagrammasi bo‘yicha kulrang cho‘yanlar olinadi.
4.4-rasm. Temir-grafit holat diagrammasi.
Temir-grafit diagrammasida AC1D1 chizig‘i likvidus chizig‘i hisoblanadi, qotishma AC chizig‘i bo‘yicha sovitilganda austenit, C1D1 shaxobchasi bo‘yicha esa birlamchi grafit ajralib chiqadi. 1153°C temperaturada E1C1F1 solidus chizig‘ida grafit va austenitdan tashkil topgan evtektika hosil bo‘ladi. U grafitli evtektika deb ataladi.
|
| |