Po‘lat, cho‘yanlarning komponentlari, fazalari va strukturasini tashkil qiluvchilar, ularning hosil bo‘lish sharoitlari, xossalari va ta’riflari




Download 14,49 Mb.
bet30/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

Po‘lat, cho‘yanlarning komponentlari, fazalari va strukturasini tashkil qiluvchilar, ularning hosil bo‘lish sharoitlari, xossalari va ta’riflari

4.1-rasm. Temir-uglerod holat diagrammasi


    1. Fe – Fe3C sistemasidagi strukturalar

Austenit (A yoki γFe) – uglerodning γ – temirga singdirilgan qattiq eritmasi. U temir-uglerodli qotishmalarda, faqat yuqori haroratlardagina mavjud bo‘la oladi. Uglerodning γ – temirdagi eng ko‘p eruvchanligi 1147°C da bo‘lib, 2,14% ga teng. 727°C da esa 0,8 % ga teng. Bu harorat Fe-C li qotishmalarda austetitning barqaror mavjud bo‘lishligini pastki chegarasidir. Austenitning qattiqligi НВ=160-200 va mustahkamligi σv = 370-450 МPa, plastikligi juda yuqori δ=40-50%. Austenit yoqlari markazlashgan kub kristall panjaradan iborat bo‘lgan faza hisoblanadi.
Sementit (S) – temirning uglerod bilan kimyoviy birikmasi (temir karbidi Fe3C). Sementitda 6,67% uglerod bor. Uning suyuqlanish harorati 1600 °C atrofida. Juda qattiq НВ=800 va mo‘rt, amalda umuman plastik emas. Sementit murakkab kristall panjaraga ega (4.2-rasm).

4.2-rasm. Sementit (Fe3C) strukturasi sxemasi

Sementit barqaror bo‘lmay, ma’lum sharoitlarda Fe3C ˃ 3Fe + C reaksiya bo‘yicha grafit ko‘rinishda erkin uglerod ajralib parchalanadi. Ikkilamchi sementit deb qotishmadan ajralib chiqadigan birlamchi sementitdan farqli ravishda, qattiq eritmadan ajralib chiqadigan sementitga aytiladi .


Grafit (G). Bu erkin uglerod bo‘lib, u yumshoq (НВ=3). Grafit aralashmalarining shakli o‘zgarish bilan qotishmaning mexanik va texnologik xossalari ham o‘zgaradi. Temir-uglerodli po‘latlarda erkin holatda ajralib chiqadi.
Geksogonal kristall panjaraga ega, elektr o‘tkazadi, yumshoq, mustahkamligi past (4.3-rasm).


Download 14,49 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Po‘lat, cho‘yanlarning komponentlari, fazalari va strukturasini tashkil qiluvchilar, ularning hosil bo‘lish sharoitlari, xossalari va ta’riflari

Download 14,49 Mb.