|
Qalayli quyma bronzaning strukturasi
|
bet | 103/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydQalayli quyma bronzaning strukturasi.
Bosim ostida ishlov beriladigan bronzaning tarkibida qalayning miqdori 5-6% dan ortmaydi. Bronzaning bu turidan prujina, membrana, antifriksion detallar tayyorlashda va boshqa sohalarda foydalaniladi.
Bosim ostida ishlov beriladigan va yumshatilgan bronzaning strukturasi bir xil α - qattiq eritmaning kristallaridan iborat.
Bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan bronzaning strukturasi
Alyuminiy va uning qotishmalari. Alyuminiyning strukturasi (bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan holatida) bir xil kristall donalardan iborat. Alyuminiy va uning qotishmalarini temir va kremniydan to’la tozalash juda qiyin. SHuning uchun alyuminiy krisstallarining orasida kremniyning kristallari (kulrang) Fe Al3 birikmalari (qo’ng’ir) hamda alyuminiy – kremniy – temirdan tuzilgan o’lchamli birikmalar uchrashi mumkin (5-rasm). Ular alyuminiyning va uning qotishmalarining plastikligini kamaytiradi.
Alyumin strukturasi
Alyuminiy qotishmalari ikki turga bo’linadi:
a) Quyma qotishmalar.
b) Bosim ostida ishlov beriladigan qotishmalar.
Quyma qotishmalar. Quyma detallar tayyorlash uchun Al-Si, Al-Cu, Al-Mg qotishmalari qo’llaniladi. Ular ko’pincha boshqa elementlar bilan legirlanadi. (Al-Si) qotishmalari Cu, Mg va Mn bilan (Al-Mg) qotishmalari Si bilan, (Al-Cu) qotishmalari esa Mn, Sr, Ni bilan. Qorishmalarning kristall donalari mayda va mexanik xossalari yuqori bo’lishi uchun ularning tarkibiga oz miqdorda modifikator (ichki tuzilishini o’zgartiradigan) elementlar (Ti, Zr, B,V,Na) ham qo’shiladi.
Alyuminiyning quyma qotishmalari Al harflari (alyuminiy liteyniy) va qotishmaning nomerini bildiruvchi sonlar bilan belgilanadi. Masalan Al2.
Siluminlar
Silumin deb alyuminiyning kremniy bilan (Si-14%) quyma qotishmalriga aytiladi. Siluminlar juda yaxshi quymakorlik xossalariga ega va shuning uchun boshqa quyma qotishmalarga nisbatan ko’proq qo’llaniladi.
Siluminlar ikki turga bo’linadi:
Oddiy siluminlar.
Modifikatsiyalangan siluminlar.
Oddiy silumin
Oddiy siluminning strukturasi plastinkasimon birlamchi kremniy kristallaridan (kulrang) va evtektik aralashma (α + Si) dan iborat. Bu aralashmada kremniy ninasimon plastinkalar shaklida. (6-rasm). Bunday siluminning mexanik xossalari aytarli yaxshi emas. δv = 140 MPa, δ=3%
|
| |