Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
6,20 mavzulr slayd
Izoh: a – (AISI) Amerika temir va po’lat instituti, (SAE) Avtomobil sanoatining injenerlar uyushmasi, (ASTM) Amerika materiallarni sinash uyushmasi, bundan tashqari (UNS) yagona belgilar sistemasi ham qo’llaniladi. b – bundan tashqari material tarkibida R - 0,04%,S - 0,05%, Si 0,30% bo’ladi. 9.1 b. Jadval. Ko’p qo’llaniladigan qora va o’tachidamli kamuglerodli po’latlarning mexanik tavsiflari.
Qora metallarning tarkibi va mexanik xossalari 9.1 a va b jadvalida keltirilgan. Ushbu materiallarning mexanik xossalari asosan quyidagi oraliqlarda bo’ladi: oquvchanlik chegarasi 275 MPa (40000 funt/dyuym2), mustaxkamlik chegarasi – 415 dan 550 Mpa gacha (60000 – 80000 funt/dyuym2), plastikligi – 25%EL. O’rta uglerodli po’latlar Bu guruhdagi po’latlar tarkibida 0,25 dan 0,6 % gacha uglerod bo’ladi. Bu po’latlarning mexanik xossalarini termik ishlash yo’li bilan oshirish mumkin, toblash va bo’shatish orqali strukturasini austenit shakliga keltirish mumkin. Ular doim bo’shatish amali bajarilgandan so’ng ishlatiladi, bunda ulurning strukturasi bo’shatilgan martensitdan tashkil topadi. Qora o’rta uglerodli po’latlar termik ishlash orqali mustaxkamlanishi mumkin va juda tez sovutish orqali toblanib mustaxkam qatlam xosil qila oladi, biroq qatlam qalinligi unchalik yuqori emas. Bu po’latlarga xrom, nikel va molibden qo’shilishi oqibatida ular, termik ishlovga moyil bo’la boshlaydi, buning natijasida ulardan turli mustaxkamlikka va plastiklikka ega materiallar tayyorlash mumkin bo’ladi. Bu guruh materiallari temiryo’l g’ildiraklari, traktorlar, tishli g’ildiraklar, tirsakli vallar va yuqori mustahkamlikni, yeyilishbardoshlikni, zarbiy qovushoqlikni talab qiluvchi turli mashina qurilmalarini yasashda qo’llaniladi. Bu guruhga tegishli bir nechta materiallarning tarkibi 9.2.a jadvalda keltirilgan. Bu yerda qotishmalarning nomlanish printsipiga biroz sharx berish lozim. Po’lat va boshqa qotishmalarning klassifikatsiyasi va spetsifikatsiyasi uchun javobgarligi (AISI) Amerika temir va po’lat institutiga, (SAE) Avtomobil sanoatining injenerlar uyushmasiga, (ASTM) Amerika materiallarni sinash uyushmasiga yuklatilgan1. 1Hozirgi vaqtga qadar standartashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar yagona po’lat markalarining tizimini yaratmagan. SHuning uchun bu yerda po’latlarni markalash borasida Rossiyaning printsiplari bilan tanishib o’tamiz. Bu tizim anchagina qiyin, shuning uchun quyida namunalar keltirilmadi. Legirlanmagan konstruktsion po’latlar GOST 380-94, legirlanganlari esa GOST 4543-71 standartlari bo’yicha belgilanadi. Po’latlarni markalashda Rossiya harfli-belgilar sistemasidan foydalanadi. Legirlovchi elementlar rus alfavitining xarflari bilan belgilanadi: X – xrom, N – nikel, V – volfram, M – molibden, F – vanadiy, T – titan, Yu – alyuminiy, D – mis, G – marganets, S – kremniy, K – kobalt, TS – tsirkoniy, R – bor, B – niobiy. A xarfi marka o’rtasida kelsa tarkibida azot borligini, agarda oxirida kelsa po’latning yuqori sifatli ekanligini bildiradi. Download 24,24 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|