|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 99/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydNazorat savollari
1 CHuyanlarklassifikatsiyasinimagaasoslangan?
2. Kuymavakaytaishlanuvchichuyanlarorasidagifarknimada?
3. Yuqori puxta cho’yanlarning tarkibidagi uglerod miqdori necha foizni tashkil qiladi?
4. .Bolg’alanuvchan cho’yanlarning mikrostrukturalari qanday tuzilgan?
5. Kulrang cho’yanlarni ishlab chiqarilish soxasi qanday?
6. Ferrit – perlitli kulrang cho’yanlarni strukturasi qanday tuzilgan?
7. CHo’yanlarning tarkibidagi uglerod qanday ta’sir qiladi?
9-AMALIY MASHG’ULOT
PO’LATLAR
Po’lat – bu temir asosli qotishma bo’lib, tarkibida ma’lum miqdorda boshqa legirlovchi elementlar ham bo’ladi. Po’latlarning mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular tarkibi va tayyorlanish jarayonidagi termik ishlovlar bilan farqlanadi. Bu materialning mexanik xossalariga uglerodning miqdori juda sezilarli ta’sir ko’rsatadi, odatda 1% dan ko’p bo’lmagan miqdorda qotishma terkibida bo’ladi.
Po’latlarning eng ko’p tarqalgan ba’zi markalari tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab bo’linadi, bular kam, o’rta va yuqori uglerodli po’latlar. Po’latlarning asosiy turlari ham xuddi shunday tarkibidagi legirlovchi elementlarning miqdoriga qarab bo’linadi.
Kam uglerodli po’latlar
Materialning ushbu turi qolgan barcha po’lat turlaridan ko’ra ko’proq ishlab chiqariladi. Kam uglerodli po’latlar odatda qotishmaning 0,25% og’irligicha uglerodga ega va termik ishlovdan martensit struktura xosil qila olmaydi. Ularni faqat sovuqlayin deformatsiya yo’li bilan kuchaytirish mumkin. Bu materiallarning mikrostrukturasi ferritli va perlitli mikroelementlardan tuzilgan. Bu materialni qayerda qo’llash mumkin, axir kam uglerodli po’latlar nisbatan yumshoq va unchalik mustaxkam emas, lekin zarbiy qovushoqlik va plastiklik xossalari yuqori. Ularga stanoklar yordamida onson ishlov bersa bo’ladi, bundan tashqari ularning payvandlanuvchanligi ham yuqori. SHuning uchun ham ulardan maxsulot ishlab chiqarish arzonroq.
Ushbu materiallarning asosiy qo’llaniladigan sohasi – avtomobollarning kuzov detallari, ko’priklar, binolar, quvur o’tkazgichlar va boshqa sohalarda turli profillar (chiziqli, aylana, burchakli) va listlar sifatida qo’llaniladi
9.1 a. Jadval. Qora va kamuglerodli o’tamustaxkam qotishmalarning tarkibi.
|
| |