Bolaning rivojlanishida ekskursiyaning ahamiyati




Download 44,76 Kb.
bet5/7
Sana06.07.2024
Hajmi44,76 Kb.
#266746
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlangich sinf o‘quvchilar tarbiyasida ekskursiyaning amaliy ahamiyati

5. Bolaning rivojlanishida ekskursiyaning ahamiyati
’’Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g‘oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borganda, muhim bir masala haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli deb o‘ylayman. U ham bo‘lsa, dunyoga hayrat ko‘zi bilan boqib, undan o‘zgacha ma’no topishga intilayotgan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va xissiyotlariga mos qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin, har qaysi go‘dak ilk bor olamni o‘z atrofidagi o‘yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning inson tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanligi ayon bo‘ladi.
Farzandlarimiz milliy xunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o‘yinchoqlarni o‘ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan bo‘lar edik’’ degan fikrni I.A Karimov ‘’Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’ asarida ta’kidlaydi.(156 bet) Darhaqiqat go‘dakning ulg‘ayib kelajakda qanday yo‘ldan borishi o‘zining haet tarzini qanday axloqiy ma’naviy asoslarga qurishi ham uning bolalikda qanday o‘yinchoqlar o‘ynagani bilan belgilanadi Xar bir xalqning o‘yinchog‘i o‘zining pedagogik badiiy va amaliy an’anasiga egadir Ӱyinchoq hamma millat xalqlariga hurmat hissini tarbiyalashi lozim. Pedagogik talab. Ekskursiya obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g‘oyasi nuktai nazariga mos kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. Ekskursiya bolada olijanob tuyg‘ularni uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg‘ular uyg‘otishi, ijobiy axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli Ekskursiya real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi. Gigienik talablar. Ekskursiya qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, buyoq va bezaklarning har tomonlama uyg‘unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. Ekskursiyalarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to‘la mos kelmog‘i lozim.
To‘g‘ri tanlangan Ekskursiya - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik Ekskursiyalarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi. Ekskursiya bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va ijobiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ularni shakllantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy ko‘g‘irchok bolalarni boshka millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan Ekskursiya estetik hislar va kechinmalarni uyg‘otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq Ekskursiyalarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim. Ekskursiya bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiklashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p Ekskursiyalar (shakldoklar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshk.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o‘stirishga yordam beradi. teatr va dekora-tiv o‘yinchoqlar Syujetli-obrazli o‘yinchoqlar syujetli-rolli o‘yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy harakter kirralarini, muloyimlik, g‘amxo‘rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o‘yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantiridi hamda ijodkorlikka intilish uyg‘otadi. Bu o‘yinchoqlarni o‘ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to‘plami.
b) turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. Mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o‘ynashga mo‘ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin.
Didaktik Ekskursiyalarning asosini xalqEkskursiyalari tashkil kiladi. Ular o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat. Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan Ekskursiyalar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg‘amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir. — Ota-onalar bog‘chaning o‘yinchoq javoni batartib turadi, u komissiya kelganda chiroyli ko‘rinishi uchun kerak, deya noto‘g‘ri o‘ylashadi. Aslida, unday emas, — deydi Guliston tumanidagi 5-MTM mudirasi Matluba Abdullayeva. — Muassasadagi har bir detal bola ongi va tasavvurini kun va oy sayin rivojlantirishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlarimiz esa o‘yinchoqsiz aslo tatimaydi. Tarbiyachi hattoki o‘yinchoq nomini aytsa ham bolaning so‘z boyligi oshadi, jism haqidagi tasavvuri kengayadi. Matematika mashg‘ulotida tarbiyachi «Birga birni qo‘shamiz», deb aytsa, bola bunga befarq qaraydi. Lekin bu misolni qo‘liga ikkita meva ushlagan holda bajarib bersa, bu kichkintoy diqqat-e’tiborini ko‘proq tortadi.
Har bir bola zehni, zukkoligi, o‘ziga xos nutqi bilan ajralib turadi. Jismonan, ruhan rivojlanayotgan bolaga o‘yinchoqlar turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Psixologlarning fikricha, bola hamma o‘yinchoqlarni ham o‘ynab ketavermaydi. Har bir kichkintoy o‘z qiziqishiga qarab o‘yinchoq tanlaydi. Og‘ir, vazmin bolalar mayda detalli, sho‘x, to‘polonchi bolalar esa yengil o‘ynaladigan o‘yinchoqlarga moyildir. Tarbiyachi bolaning har tomonlama rivojlanishini hisobga olib, barcha o‘yinchoqlarni o‘ynashi uchun muhit yaratishi kerak. O‘yinchoq xavfsiz bo‘lishi zarur. Guruhlarda tarbiyachi va enaga xloramin eritmasi bilan o‘yinchoqlarni yuvib tozalaydi.
— Bolalarning har biri o‘ziga xos fe’l-atvorga ega: o‘yinqaroq, tortinchoq, urushqoq, betgachopar. Ammo har birini bog‘cha muhitida to‘g‘ri tarbiyalashimiz kerak, — deydi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 493-MTM tarbiyachisi Nigora Qosimova. — Qurish-yasash mashg‘ulotlarida mozaika, lego o‘yinchoqlaridan unumli foydalanamiz. O‘yinqaroq bolaning bunga toqati yetmaydi. Lekin qo‘l motorikasi rivojlanishi uchun ularni ham bu o‘yinga jalb etamiz. Nonushtaga qadar, kunduzgi sayrdan so‘ng va uyga ketishdan oldin erkin o‘yin vaqti hisoblangani uchun bolalarning o‘yinchoqdan bemalol foydalanishiga ruxsat beramiz. Har biri o‘z funksional xususiyatiga ega.
Nutq o‘stiruvchi, didaktik, qurish-yasash, mozaika, aqliy rivojlantirishga mo‘ljallangan o‘yinchoqlarsiz mashg‘ulot o‘tkaza olmaymiz. Har bir guruhda o‘yinchoqlarni asrab-avaylash, ularni sindirmaslik, bukmaslik, ustiga o‘tirmaslik kerakligini bolaga uqtiramiz. O‘yinchoq — bog‘chaning umumiy mulki, undan barcha bolajonlar foydalanishi mumkinligini bola tushunib yetsa, u kelajakda o‘z buyumini qadrlashga o‘rganadi. Vaqti-vaqti bilan o‘yinchoqlarning yaroqlilik darajasini tekshiruvdan o‘tkazib, foydalanib bo‘lmaydiganini yo‘qotamiz va ota-onalar homiyligi asosida har bir guruhga yangi o‘yinchoq keltiramiz. Milliy ko‘rinishdagi qo‘g‘irchoqlarni bolalar bilan birgalikda yasaymiz.
O‘yinchoq faqat ishlab chiqarish korxonasida yaratilmaydi. “Qo‘lbola” ovunchoq nafaqat bolaga, balki kattalarga ham zavq bag‘ishlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘yinchoq yasashga tarbiyachilar mas’ul bo‘lib, ular sa’y-harakati bilan bola tasavvuri kengaytiriladi. Kesib, tayyor holatga keltirilgan o‘yinchoq qismlarini tikish yoki yopishtirish bola gardanida, xolos. Ana shu kichkina ish ham bolaga olam-olam zavq bag‘ishlaydi. Aynan shunga o‘xshash jarayon maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham olib boriladiki, buning natijasida o‘smir ijodkorlikka o‘rganadi. O‘z yaqinlariga o‘zi yasagan buyumni sovg‘a qilishning gashti boshqacha. Toshkent shahar «Barkamol avlod» bolalar badiiy ijodiyot markazi «Yumshoq o‘yinchoqlar» to‘garagi rahbari Alla Malaxova. — Reja asosida yasaydigan o‘yinchoqlarimizdan tashqari, bola xohish-irodasiga qarab turli narsa-buyumlar yasaymiz. O‘smirlar ko‘pincha bolaligidagi o‘yinchoqlarini qo‘msashadi va uni hafsala bilan yasaydilar. O‘yinchoqlar xonaga sig‘may ketsa, bog‘cha bolalariga, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘a qilamiz. Bola o‘z mehrini qo‘shib tabiiy materiallardan yasagan antiqa o‘yin¬choqlar foydali va xavfsizdir. «Maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini tubdan yangilash» deyilganda bola ongi, tasavvurini rivojlantirishga qodir o‘yinchoqlar ham nazarda tutiladi. Maktab¬gacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Moliya vazirliklari, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qo‘shma qaroriga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasalarini didaktik o‘yin vositalari, o‘yinchoqlar, mebel, texnik jihozlar bilan ta’minlash me’yorlari tasdiqlandi. Bunga ko‘ra, ilk yosh (2-3 yosh), kichik (3-4 yosh), o‘rta (4-5 yosh), katta (5-6 yosh), tayyorlov guruhlari (6-7 yosh) uchun o‘yin va o‘yinchoqlar umumiy soni, xili ko‘rsatilgan. Yaqin kunlardan boshlab barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ana shu me’yorga to‘liq o‘tilishi va rioya qilinishi farzandlarimizning o‘yinchoqlar olamida emin-erkin, mustaqil fikrli, sog‘lom rivojlanishiga zamin yaratadi. O'yinchoq tug'ilishning birinchi kunlaridanoq bolaning doimiy hamrohidir. U chaqaloqni ijtimoiy munosabatlarga kirishga tayyorlash uchun kattalar tomonidan ta'lim maqsadlarida maxsus yaratilgan. Yaxshi o'yinchoq bolani fikrlashga undaydi, unga turli o'yin vazifalarini qo'yadi. Va bu kognitiv jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi. O'yinchoq bolaning shaxsiyatini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Psixolog va pedagoglarning ko‘plab tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinchoq doimo psixikani rivojlantirishning samarali vositasi bo‘lib kelgan va xalq pedagogikasida ijtimoiy tarbiya va bolani kattalar hayoti bilan tanishtirish uchun keng qo‘llanilgan. Taniqli psixolog O‘runtayeva G.A. aytganidek, kattalarning asosiy vazifasi bolani o‘yinchoqlar bilan harakat qilishga o‘rgatishdir. Buning uchun o‘qituvchi o‘yinchoqdan psixologik-pedagogik ish vositasi sifatida foydalanishni bilishi kerak. Kurs ishining maqsadi: o'yin va o'yinchoqlarning ma'nosi va munosabatlarini nazariy asoslash, o'yinchoqlarning bolaning rivojlanishiga uslubiy ta'sirini ochib berish.



Download 44,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 44,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolaning rivojlanishida ekskursiyaning ahamiyati

Download 44,76 Kb.