• 1..12.-rasm. Generatorning qo`zg`atish tokini o`zgartirish bilan kuchlanishni rostlash.
  • 1..14.rasm. O`zgaruvchan tok chastotasini rostlash sxemasi. Elektr energetik tizimni boshqarish.
  • rasm. Kuchlanish va tokni sinusoidalligi formasini buzilishi




    Download 359.33 Kb.
    bet5/6
    Sana19.10.2022
    Hajmi359.33 Kb.
    #27553
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Energetik tizimni boshka tizimlar bilan bog‘liqligi
    har hil pechlarda issiqlik va massaalmashinuvi, Rahmatullayeva Niginabonu, Diniy dunyoqarash, О‘LKASHUNOSLIK TARIXINI О‘RGANISHDA ARXEOLOGIK VA ME’MORIY YODGORLIKLARNING O`RNI.
    1..11.rasm. Kuchlanish va tokni sinusoidalligi formasini buzilishi
    Elektr energiyani sifatini oshirishni har xil yo`llari mavjud. Iste'molchilarda kuchlanishni yaxshilash uchun sinxron generatorning EYUK rostlanadi.(1..12.rasm).
    Kuchlanishni tarnsformatorda ham rostlab energiyasifatini oshirish mumkin. Bu esa o`z navbatida transformatornng transformatsiya koeffitsiyentini o`zgartirish bilan kuchlanish oshiriladi. (1..13.rasm)

    1..12.-rasm. Generatorning qo`zg`atish tokini o`zgartirish bilan kuchlanishni rostlash.

    1..13.rasm. Transformatorning transformatsiya koeffitsiyentini o`zgartirish bilan kuchlanishni rostlash.
    Chastotani chetga chiqishi asosan iste'molchilarning ishini yomonlashtiradi. Elektr tizimda tok va kuchlanish chastotasi generatorning aylanish chastotasi bilan aniqlanadi. Yuklamaning oshishi turbinaning aylanishiga ta'sir ko`rsatadi. Bunda chastotani rostlagich (ARI) ishlab turbinaga beriladigan bug`ni rostlab turadi va chostotani normal ushlab turishni ta'minlaydi.(1..14.rasm)

    1..14.rasm. O`zgaruvchan tok chastotasini rostlash sxemasi.
    Elektr energetik tizimni boshqarish.
    Elektr energetik tizimni boshqarish avtomatik rostlagichlar va avriyaga qarshi avtomatik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. So`nggi yillarda boshqarish uchun sonli mashinalar qo`llanila boshlandi.
    Avtomatik boshqarish tizimni sozlash oldindan berilgan sintez metodlari va xarakteristikalar asosida tizimni ishonchliligini oshirish, tejamli ishini yo`lga qo`yish, ishlab chiqariladigan energiyani yuqori sifat ko`rsatkichga ko`tarish kabilarni bajarishini ta'minlaydi.
    Elektr energetik tizimlarni (EET) boshqarish optimal bo`lishi kerak. Elektr energetik tizim (EET) va uning normal ishlashi uchun o`zaro ko`p sonli murakkab to`g`ri va teskari aloqasi bo`lgan elementlari, hamda maqsadga yo`naltirilgan jarayonlar bo`lishi kerak.
    Elektr energetik tizim katta bir kibernitik tizim turiga kiradi.Elektr energetikani boshqarish tizimida elektron hisoblash mashinalar muhim ahamiyatga ega (EHM).
    Energetika tizimining texnik taraqqiyotida ularning roli yanada o`sadi. Elektr energetik tizimda ishlab chiqarilgan hamma energiya darhol iste'mol qilinadi.
    Agar yuklama oshsa elektr generator ishlab chiqaradigan quvvat ham oshadi. Bunda generator rotori tormozlanadi. Yuklamaning kamayishida generator rotrining kinetik energiyasi oshadi. Bunday o`zgarish avtomatik qurilmani ishga tushirib turbinaga beriladigan bug` yoki suvni ko`paytiradi yoki kamaytiradi.
    Boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonning o`zaro ta'siri ketma-ket bir necha davrdan iborat.

    1. Boshqariluvchi ob'yekt holati haqida informatsiya olish.

    2. Boshqaruvchi tizimga informatsiyani uzatish.

    3. Boshqaruvchi signal berish maqsadida boshqaruvchi tizimda informatsiyaga ishlov berish. Boshqaruvchi buyruqni ishlab chiqish qonuni-algoritmdir.

    4. Ijrochi mexanizmga buyruqni bajarilganligi to`g`risida boshqaruvchi tizimga informatsiya berish.

    Energetik tizim kibernitikasi energetik tizimni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining tamoyilini ko`rib chiqadi.
    Hozirgi kunda har xil turdagi texnik tizimlarda informatsiyaga ishlov berish inson tomonidan-navbaitchi muhandis, dispetcher tomonidan amalga oshiriladi. Navbatchi muhandis bosh boshqarish shitida o`tirib stantsiyani ishini operativ boshqarish funktsiyasini bajaradi. Bundan tashqari nazorat asboblari yordamida stantsiyaning elementlari: generatorlar, transformatorlar, yig`ma shinalar va boshqalarni ish rejimlarini nazorat qiladi. Navbatchi muhandisning elektr stantsiyada funktsiyasi ko`p va murakkabdir. Bular unda yuqori tajribani talab etadi. Bunda inson informatsiyaga ishlov berish , tez harakati bilan avtomatik qurilmaga yordam beradi.
    Elektr energetik tizimda jarayonlari avtomatik boshqarish jarayoni yopiq sxemada teskari aloqa bo`lishida amalga oshiriladi. Sodda teskari aloqali inson tomonidan qo`zg`atishni bir vaqtni o`zida voltmetr ko`rsatishni nazorat qilib rostlash 1..15. rasmda keltirilgan. Shu bilan birga struktura ko`rinishda ham berilgan.



    Download 359.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 359.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Kuchlanish va tokni sinusoidalligi formasini buzilishi

    Download 359.33 Kb.