Bolalarda nutqining rivojlanishdagi bog'liqliklar




Download 106,55 Kb.
bet3/6
Sana13.05.2024
Hajmi106,55 Kb.
#229509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko\'nikmalarini shakllantirish

1.2. Bolalarda nutqining rivojlanishdagi bog'liqliklar
Bola nutqining rivojlanish bosqichlari. Bolalar nutqining rivojlanishi uch bosqichda kechadi:

  1. Verballashuvgacha bo’lgan davr. Bu bosqichda bola gapirmaydi. Biroq bolada o‘zining atrofidagi yaqinlari bilan so‘zlashish jarayoniga qadar bolgan ko‘nikmalar hosil boladi, kelgusidagi nutqiy faoliyati uchun zaruriy sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Go‘dak tilni o‘zlashtirishni tovush shakllarini o‘zlashtirishdan boshlaydi. Go‘dakning o‘zi ham g‘uvur-g‘uvur qilib turli tovushlar chiqaradi (a-aa, uu-u, g ‘u, a g ‘i, ba-ba, da-da). Bu o‘ziga xos bir o‘yin bo’lib, bola undan zavqlanadi. Go‘dak bir necha daqiqa davomida bir xil tovushni takrorlashi mumkin va o‘zining bu harakati bilan nutq tovushlari artikulyatsiyasini sozlagan bo’ladi. Odatda, go‘dakning dastlabki guvranishida onasi u bilan gaplasha boshlaydi. Bola bu tovushlami ilg‘ab oladi va ularni takrorlashga harakat qiladi. Bola boshqa tovushlar orasidan nutqiy tovushlami ajrata boshlaydi, ovozga qarab gapirayotgan shaxsni ajratadi, yaqinlarining ovozini, nutqini taniydi. Nutq ovozining xosligini baholay oladi (jahl bilan gapirilsa, yig’laydi, kulgili ohangga kulib javob qaytaradi, erkalatish yoki buyruq ohangidagi so‘zlami tushuna boshlaydi). Verballashuvgacha bo’lgan bosqich bolaning kattalar tomonidan aytilgan oddiy, sodda gaplarini tushunishi hamda passiv nutqqa kirishishi bilan yakunlanadi.

  2. Bolaning aktiv nutqqa o‘tishi. Bu davr, odatda, bola umrining 2- yilida kechadi. Bolaning fonematik eshitish qobiliyati rivojlanadi. U ilk so‘zlarini, masalan, oyi, aya, opa, apa, ada, dada kabilar aytadi. So‘zlardagi ayrim tovushlaming tushirilishi va noto‘g‘ri talaffuz qilish (kel o‘rniga te, ovqat o‘rniga okaf) hollari kuzatiladi. Ba’zan kattalar tomonidan aytilgan so‘zni bola qisqaroq yoki ayrim qismlarini ikki marta qaytarib, bo‘g‘inlarga ajratib talaffuz qiladi (masalan, qo’g’irchoq o‘rniga choq, kompot o‘rniga pot va h.k.). Bola nutqining dastlabki davrlarida takrorlanuvchi bo‘g‘inlardan iborat so‘zlarni talaffuz qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shuning uchun ham kattalar aytgan ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlami bola ikkilantiradi (masalan, osh so‘zi o‘miga ashsha, non so‘zi o‘miga nanna). Ikki so‘zni bir-biriga bog’lab ifoda hosil qilishga urinish 1,5 yoshda yuz beradi. Asta-sekin buyruq mayli o‘zlashtiriladi. Bola nutqi rivojlanishining birinchi va ikkinchi bosqichlarida uning nutqining rivojlanishi uchun kattalar bilan bo’ladigan muloqot muhim omil hisoblanadi. Bola va katta odam o‘rtasida emotsional kontakt vujudga keladi. Ular o‘rtasida muloqot paydo bo’ladi va bu muloqot nutqiy elementlar bilan boyitiladi.

  3. Nutqning muloqot uchun asosiy vositaga aylanishi. Bu bosqichda so‘zlovchining maqsadi, voqealaming borish jarayoni va mazmuni aniqlashadi. Bolaning lug‘at boyligi kengayib, grammatik konstruksiyalar murakkablashadi, uning talaffuzi tiniqlashadi. Ikki yoshdan so‘ng bola so‘zlar morfemikasi va so‘z yasalish qonuniyatlariga muvofiq so‘z boyligini kengaytiradi. Ikki yarim yoshli bola nutqida ikki so‘zdan iborat sodda so‘z birikmalari (bular ko‘proq felli birikmalar bo’ladi) ifodalana boshlaydi. Bola birlik va ko‘plikni farqlash hamda qo’llash, ba’zi kelishik qo‘shimchalarini ifodalashni o‘rganadi. Uch yoshdan so‘ng bola sodda gaplarni, keyin esa murakkab gaplarni nutqida qo’llay boshlaydi. Nutqiy rivojlanishi me’yorda kechgan bola uch yoshni to’ldirish arafasida taxminan 1000 ta so‘zni bilsa, 6-7 yoshlarda uning so‘z boyligi 3000-4000 ta so‘zdan tashkil topadi. Nutqning grammatik qurilishi bolalarda uch yoshning boshlarida shakllana boshlaydi. Bola maktab yoshiga yetar chog’ida deyarli barcha so‘z yasash, so‘z o‘zgartish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘zaro bog’langan, grammatik shakllangan kontekstli nutq paydo bo’ladi. Maktab davrida bola ta’lim jarayoni orqali nutqqa ongli ravishda egalik qila boshlaydi. Yozma nutq va o‘qish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa nutqning leksik, grammatik, stilistik tomonlarini boyishiga, og‘zaki va yozma nutqning takomillashuviga olib keladi.

Bolalar nutqidagi o‘ziga xos hodisalardan biri egosentrik nutqdir. O‘z genezisiga ko‘ra egosentrik nutq maktab yoshigacha bo’lgan bolaning o‘yin yoki boshqa mashg‘ulotlar jarayonida o‘zi bilan gaplashishidan shakllanadi. Bolaning bu nutqi suhbatdoshining bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, amalga oshadi. Jan Piaje mazkur hodisaga xos ikki holatni ajratib ko‘rsatadi:

  1. suhbatdoshsiz nutq (kommunikatsiyaga qaratilmagan nutq)

  2. suhbatdosh fikri inobatga olinmaydigan, bolaning o‘z nuqtayi nazariga asoslangan nutq.

  3. J.Piajega ko‘ra, 3-4 yoshdagi bola nutqining 40%ni egosentrik nutq tashkil qiladi. Bola maktab yoshiga yetganda, bu nutq asta-sekin yo‘qoladi. Umuman, bola nutqining shakllanishi 3-11 yoshgacha boigan davrlami qamrab oladi. Bolaning nutqi aynan ana shu davrlarda shakllanib, individual nutqning asosiy ko‘rsatkichlarini hosil qila boshlaydi. Shunday qilib, shaxsning psixik rivojlanishi ijtimoiy rivojlanishdir. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni mazkur jamiyat madaniyatining o‘zlashtirilishidir. Tilni o‘zlashtirish shaxsning rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayonidagi hal qiluvchi omildir. Til bolaning ongiga jamoaning ijtimoiy tajribasi doirasida kirib boradi va bu ijtimoiylashuv natijalarini to‘plash vositasi sanaladi.Mustaqil mamlakatda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdek sharafli va ma’suliyatli ishda ta’lim tarbiya tizimining boshlang‘ich tarbiya tizimining boshlang‘ich bosqichi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tarbiya muhim o‘rin tutadi.Nutq haqida so‘z borar ekan, nutq bolaning ruxiy hayotida muhim axamiyatga egaligini ta’kidlashimiz lozim.Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning nutqini faol egallash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati muloqoti bilan uzviy bog‘liq. Bola jumlalarning mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bolaning so‘z-lug‘at boyligining o‘sishida ikki muhim tomoni miqdor va sifat tomoni mavjud.

Lug‘at boyligining miqdoriy o‘sishi D.B. Elkonining ta’kidlashicha bola tarbiyalanib usayotgan oilaning xayot sharoiti va tarbiyalanishi xususiyatiga bog‘lik.Bolalarning tili chiqqanidan boshlab, ularning o‘z nutqlarida foydalanayotgan so‘zlar tez ko‘paya boshlaydi. Ayni bir yoshdagi bolalarda so‘z boyligi turlicha bo‘ladi. Ma­salan, ba’zi psixologlarning qilgan hisoblariga qaraganda, ikki yashar bola­larning so‘z boyligi 250—400 so‘zga yetadi, bolalar yetti yoshga yetganla-rida ulardagi so‘z boyligi 3000—3500 ga boradi. Tevarak-atrofdagi odamlar bilan doimiy gaplashib turish sharoitida tarbiyalangan bolalarning nutqidagi so‘z boyligi esa ular ikki yashar chog‘ida 285 taga, uch yashar chog‘ida esa 2050 taga yetadi. Bolalarda so‘z boyligi ko‘paya borgan sari ular nutqining sifat jihati ham rivoj topaveradi, so‘zlarning ma’nosini tushunishlari ham rivoj topaveradi. Bolalar o‘z nutqlarini o‘sib borishining dastlabki bosqichlarida, ko‘pincha, so‘zlarni noto‘g‘ri ma’noda ishlatadilar. Ko‘pincha bola tasodifiy belgilariga qarab, ba’zi so‘zlarga butunlay boshqacha ma’no beradi.Chunonchi, supurgi bilan polni supurayotgan ikki yashar qizdan «Nima qilayapsan?» deb so‘ralganida, u «changitayapman» deb javob bergan. «Nega changitayapsan?», «Toza bo‘lsin, pol iflos», ya’ni «Polning iflosini tozalamoq uchun changitayapman» deb javob bergan. Bu qizcha changitish so‘zini
«supurish» ma’nosida ishlatgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, qizcha onasiga taqlid qilib, supurgi bilan supura boshlaganida onasi hamisha «Changitma, changitma» deb uni koyib, qo‘lidan supurgini olar ekan. Shu sababli, qizchada changitish degan so‘z supurish degan noto‘g‘ri ma’noda o‘rnashib qolgan.
Dastlab bola bir so‘zni faqat bitta narsaning ifodasi deb va bir ma’nodagina tushunadi. Bir so‘z bilan bir-biriga o‘xshash ko‘p narsalar ifodalanaverganligi va shu so‘z qayta-qayta shu ma’noda takrorlanaverganligi ta’sir qilib, shu tufayli, bolada so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini tushunish o‘sa boshlaydi. Nutq orqali aloqa bog‘lash tufayli, bola, masalan, bitta stolning o‘zigina emas, balki hamma stolning ham stol deb aytilishini, bilib oladi. Shu tariqa, bolaning nutqi o‘sa borishi, o‘z atrofidagi kishilarning tilini o‘zlashtira borishi bilan unda faqat narsalar to‘g‘risida idrok va tasavvurlar paydo bo‘lib va o‘sibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, tushunchalar ham hosil bo‘la boshlaydi.Tilga kira boshlagan bola o‘z nutqida dastlab, bosh kelishikda keladigan bir necha otlarni va buyruq shaklda keladigan ba’zi fe’llarni ishlatadi.Bolalarning dastlabki gaplari bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, bolaning aytgan bitta so‘zi — gapi bir necha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bola: sut deyar ekan, bundan: «Sut ber», «Sut ichaman», «Ana sut» degan va boshqa shu kabi ma’nolarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, bola: «mushuk» der ekan, bu bilan: «mushuk meni timdaladi», «mushukni menga ber», «mushuk bilan o‘ynayapman» degan gaplarni aytayotgan bo‘lishi mumkin.
Bolalarning tili chiqishining mana shu dastlabki bosqichida ba’zan ularning gapi bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘zlar biriktiruvchi yuklamalar yordami bilan yoki shu so‘zlarning shaklini o‘zgartirish yo‘li bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Masalan, bola qo‘liga qog‘oz ushlab olib onasiga: «Sulat, qaypoq», deb murojaat qiladi. Bolan­ing onasi ilgari unga shunaqa qog‘ozga surat solib bergan, yoki qog‘ozdan qalpoq yasab berganligi uchun ham, u bolasining nima demoqchi bo‘lganini tushunadi. Bola: «Oyi, menga qog‘ozdan qalpoq qilib ber, qog‘ozga chi-zib ber» degan ma’noni ifodalab, keyinchalik uzun gapni ikkita so‘z bilan aytib qo‘ya qoladi, ya’ni: surat, qalpoq.Bola bir yoki bir necha so‘zdan iborat gapni aytish bilan o‘z fikrida bo‘lgan va aytmoqchi bo‘lgan narsasini qo‘l yoki imoishora bilan ko‘rsatib berganidagina bolaning oldida turgan kishilar uning mana shu chala-chulpa gapini tushunishlari mumkin. Tilga kirgan bola bilan bir vaziyatda turgan vaqtingizdagina uning gapini tushunish mumkin.Bola uch yoshga qadam qo‘yganda ona tilining grammatik tuzilishini egallay boshlaydi.Bola oz va ko ‘p tushunchasini juda erta farq qila boshlaydi. Bola ikki yoshga to‘lgunicha katta va kichik tushunchasini ham farq qila boshlaydigan bo‘lib qoladi (aka, opa, uka). Shuningdek, bola kelishiklarni ham juda erta farq qila boshlaydi. Ammo qaratqich kclishigi o‘rnida, ko‘pincha, tushum kelishigini ishlatadi (bizni uyimiz). Bolalar bu yoshda fe’llarni shaxs va zamon e’tibori bilan ham birmuncha to‘g‘ri ishlatadigan bo‘lib qoladi. Bolalar buyruq fe’lini ancha tez va barvaqt o‘zlashtirib oladilar.Bola ikki yoshga to‘lib, uch yoshga o‘tganida sodda gaplarni to‘g‘ri tuzib gapirishni o‘rganadi. Bola: «Sut ber», «Bobov suyak yeydi», «Surat qilib ber», «Uyqim keldi» deb gapiradigan bo‘lib qoladi. Endi bola nutqi bevosita o‘zi turgan vaziyatdan tashqaridagi narsalar, shu paytdagi biron ish-harakat bilan bevosita bog‘lanmagan narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib turmagan narsalar to‘g‘risida gapira boshlaydi.Bu xildagi nutq esa tasavvurlarga asoslanib fikr qilishning ifodasidir. Ikki yarim yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘zicha so‘z yasay boshlashi maktabgacha tarbiya yoshida bo‘lgan bolaning kattalardan eshitgan so‘zlarinigina takrorlab qolmasdan, balki, shu bilan birga, grammatika shakllarini haqiqatdan egallay borganliklarni ko‘rsatuvchi belgidir. Bu so‘z yasash shundan iborat bo‘ladiki, shu yoshdagi bolalar o‘zlari bilgan so‘zlarning shakllariga o‘xshatib so‘z tuza boshlaydilar.
Bolalar to‘g‘ri tarbiyalanib borganlarida, ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshiga yetganlarida, ularda tilning grammatika shakllarini amaliy ravishda egallash juda tez qadam bilan olg‘a qarab boradi. Shu yoshda bolalar murakkab gap sintaksisini ham egallab oladilar. Bolaning nutqida bir-biri bilan bog‘langan qo‘shma gaplar paydo bo‘ladi. Bolalarning nutqda sodda gap, bosh gap, ergash gap va hokazolar aniq ko‘rina boshlaydi. Ularning nutqlarida murakkab gaplar ishlatiladi. Bu gaplarda biror sabab, maqsad, xulosa, izoh, shart va shu kabilar aks ettirila boshlaydi. Nutqning tuzilishidagi bu murakkab shakllar tafakkurning murakkabroq shakllari o‘sib borishiga bog‘liqdir. Bolalarda nutq o‘sishining ana shu bosqichida hodisalarning sabablari va bir-biriga bog‘lanishi to‘g‘risida turli savollar tug‘ilaveradi. Shu yoshdagi bolalar kattalardan muttasil: «Nega?», «Nima uchun?» deb so‘rayveradilar.
Bola yetti yoshga yetganida og‘zaki nutqning grammatikasini amaliy yo‘l bilan egallab oladi, deyish mumkin. Bolaning nutqni ana shunday amaliy egallab olishi keyinchalik savod chiqarish va tilning grammatikasini o‘rganishga imkon beradi.Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus shug‘ullanadilar, ba’zi oilalarda esa bola nutqining o‘sishi o‘z holiga tashlab qo‘yilgan ya’ni bu ish bilan kattalar mutlaqo shug‘ullanmaydilar. Natijada bu yoshdagi bolalar so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi.Bu davrda bolaning so‘z boyligi juda tez ortadi. V. Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra to‘rt yoshga kelib bola lug‘atida 1200-1500 so‘z mavjud bo‘ladi, olti yoshli bolaning lug‘atida esa 3000-3500ta so‘z mavjud bo‘lishini ta’kidlaydi.Bolaning bu davrda nutqi miqdor jihatidan ortib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. So‘zlar boyligi bu yoshda bolalarning hammasida bir xil bo‘lmaydi.Bizga ma’lumki bog‘cha yoshidagi davrda bolaning turli sohadagi bilimlari ancha ortadi va u inson faoliyatining murakkabroq turlarida ham ishtirok etila boshlaydi.Ana shuning uchun ularning har turli o‘yin faoliyatlarida o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlarda va katta yoshdagilar bilan qiladigan turli muammolarida o‘sadi. Bolalarda nutqining takomillashuvi ular tafakkurining o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar konkret faol tafakkurga o‘tadilar, buning uchun avvalo yetarli so‘z lug‘ati talab etiladi. Bu esa o‘z navbatida bolalarni faol ravishda nutq iboralarini o‘zgartira boshlaydilar.Endi so‘zlar faqat aniq narsalar bilangina emas balki boshqa bir guruh so‘zlar bilan va bevosita harakatlar bilan bog‘lana boshlaydi.Kichik yoshdagi bolalarning nutqi asosan ular ayni chog‘da idrok qilib turgan nursalar va bevosita harakatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan narsalaridan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda hayoliy narsalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar katta kishilar aytib bergan yoki o‘qib bergan ertaklarini bir- biriga bog‘lanishli qilib aytib bera oladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqini juda tez egallaydilar, lekin ular faqat og‘zaki nutqni egallash bilan cheklanib qoladilar.Yosh xususiyatlariga ko‘ra, ularning imkoniyatlari ham nutqning yozma turini egallashga yo‘l bermaydi. Shuning uchun ular o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham faqat og‘zaki tarzda o‘zlashtiradilar.Buning o‘ziga xos xususiyati bor ya’ni bolalarning grammatik qoidalarini o‘zlashtirishlari maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan tubdan farq qiladi.Bog‘cha bolalari grammatik qoidalarni o‘qib, tushunib yodlab saqlab qolmaydilar. Shuning uchun ular grammatikaning juda ko‘p qo‘llaniladigan eng soda qoidalarini kattalarning nutqlari orqali, mazmunli o‘yinlarda taklidiy yo‘llar bilan amaliy o‘zlashtira boradilar.
Nutqning o‘sish jarayonida bolalar so‘z turkumlaridan otlarni tez o‘zlashtiradilar. Bunga asosiy sabab shuki bolalar narsalar nomlarini o‘z nutqlarida ko‘p ishlatadilar. Bu yoshdagi bolalar so‘z boyliklarining asosiy ko‘pchiligi otlardan iboratligini aytib o‘tish lozim, shu bilan birgalikda ularda to‘g‘ri so‘zlash hissiyoti ham yuzaga keladi. Ular o‘zlaridan kichik bolalar grammatik jihatidan xato so‘zlaganlarida ularning nutqlarini to‘g‘rilaydigan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng bolalar so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshida bolalarda bilish jarayonining o‘sishi tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan turli tuman bog‘lanishlarni, munosabatlarni tobora anglash tufayli amalga oshiriladi. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar hamda munosabatlar ona tilini chuqur va mukammal o‘zlashtirish orqali aks ettiriladi. Shuning uchun bu davrda ona tilining so‘zlarining grammatik tuzilishi to‘liq egallashga jiddiy e’tibor berish lozim.
Har bir grammatik qoida narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni nutq ifodasi orqali aks ettirishdan iborat ekan, bolalarni turli so‘z turkumlari va grammatik qoidalardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatilganda ularning aks ettirish qobiliyatlari ham taraqqiy ettiriladi.O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra bolalarga ayrim so‘z turkumlari bog‘lovchilar va elementar grammatik qoidalar amaliy mashqlar orqali bir oz o‘zlashtirilgandan so‘ng bolalarning jumlalar tuzishlarida va fikr yurgizishlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi ya’ni bolalar ko‘rsatilgan suratga qarab u erda tasvirlangan narsalarni o‘zaro ma’naviy bog‘langan jumlalar bilan aytib bera oladigan bo‘ladilar.Bolalar tafakkurining o‘zgarganligi ularda asoslangan umumlashtirishning yuzaga kela boshlashida ko‘rinib turadi. Bola rasmida tasvirlangan narsalarga asoslanib uning mazmuniga mos keladigan nom topa oladigan bo‘ladilar. Shu bilan bir qatorda bolalarning tuzgan so‘zlarida bog‘lovchilar paydo bo‘la boshlaydi. Bu esa bolalar nutqida ko‘proq narsalarning aks eta boshlaganini ko‘rsatadi. Bolalar so‘zlar vositasi bilan narsa va hodisalarning o‘rtasida turli bog‘lanishlarni topishga va ochishga intila boshlaydilar. Bu albatta tafakkurning takomillashishiga ta’sir qiladi.
Bola uch yoshiga qadam qo‘yganda unga nutqining tushishini ko‘lami ko‘tariladi. 3-4 yoshli bola kattalarning amaliy faoliyatini bajarishga doir nutqni tushunishdan tashqari, ertak, hikoya, she’r kabilarni tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilinadigan fikrlarni ham tushunishga intiladi natijada ilk tasavvurlar vujudga keladi.Odatda ayrim ota-onalar o‘z bolalarini ortiq erkalab, ular bilan bolalarcha, ya’ni bolaga o‘xshab tilini chuchuklantirib gaplashadigan bo‘lib oladilar. Bu esa bolani maktabga borgunicha to‘g‘rilanmasa, bu narsa bolalar nutqining umumiy o‘sishiga ta’sir qiladi. Tili chuchuk bolalar nutqidagi bu nuqsonni tugatmay, maktabga chiqarilsa, boshqa bolalar ularga soqov deb laqab qo‘yadilar.Bolalar laqabni eshitish natijasida, kam gapiradigan, o‘zlarini chetga oladigan bo‘lib qoladilar. Bu esa ularning umumiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda har narsani bilishga ishtiyoq juda kuchli bo‘lgani tufayli turli narsalar haqida so‘zlash ishtiyoqi ham zo‘r bo‘ladi.Biroq ularda hali kattalardagi kabi so‘z boyligi etarli bulmagani tufayli ba’zan ayrim narsalarni so‘zlashda kerakli so‘z topa olmaydilar. Ana shunday xollarda ular uxshatish va sodda umumlashtirish yo‘li bilan so‘z o‘ylab chiqaradilar. Bu xolni biz ko‘proq ilk yoshdagi bolalarda ko‘rishimiz mumkin. Shu narsani aytib utishimiz lozimki so‘z yasash hodisasi barcha bolalarga xos bo‘lgan ob’ektiv hodisadir. Ularda uchraydigan so‘z yasash hodisasi, ularning nutq o‘zlashtirishga bo‘lgan ob’ektiv munosabatlaridan kelib chikadi. Shuning uchun so‘z yasash hodisasi bolalar nutqining o‘sishiga ijobiy ta’sir qiladi.Bizga ma’lumki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga yozma nutq bulmaydi. Ularda ichki va ogzaki nutq rivojlanadi. Birok bog‘cha yoshidagi bolalarda uz ona tillarining grammatik tuzilishini xali tula o‘zlashtira olmaganliklari tufayli ularning ogzaki nutqlari uziga xos kurinishga ega bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning tuzgan jumlalari juda qiska bo‘lishi bilan birga ko‘pincha yanglish ham bo‘ladi. Ota-onalar, tarbiyachilar albatta bu xolni xech qachon e’tibordan chetda koldirmasliklari lozim. Bolalar bilan munosabatda bo‘lganda ularning gapirish, jumla tuzish uslublariga moslashmasdan, xamisha to‘g‘ri va to‘liq gapirishga odatlantirish lozim. Buning muhim tomoni shundaki, bolalar o‘zlarining taqlidchanliklari tufayli kattalarning gapiga, jumla tuzishga ergashadilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqni faol ravishda o‘zlashtirar ekanlar ular xar bir ortirgan Yangi so‘zlarning mazmunini ham anglab boradilar.
Har bir so‘zning mazmunini ham anglab boradilar.Har bir so‘zning mazmunini bir-biriga o‘xshash narsalarning umumlashtirishdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar juda ko‘pgina so‘zlarning mazmunini mustaqil ravishda tushuna olmaydilar. Natijada ular ayrim so‘zlarni o‘rinsiz ishlatadilar. Tarbiyachilar bola nutqida ana shu tomoniga ham nazar solib borishi kerak. Agar bola, yangi o‘zlashtirgan ayrim so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatadigan bo‘lsa, darxol unga tushuntirish lozim bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar nutqi anchagina taraqqiy etgan bo‘lsa ham ularning gaplashishlariga qarab turib ular nutqida anchagina so‘z taraqqiy etgan bo‘lsa ham ularning gaplashishlariga qarab turib ular nutqida anchagina so‘z etishmasligini payqash mumkin.Masalan o‘rta yoshdagi bog‘cha bolalari jumlalarida «anaqa», anavi «nima» kabi noaniq iboralarni juda ko‘p ishlatishlarini guvohi bo‘lamiz.
Katta gurux bolalarida esa bunday iboralar ozroq uchraydi. Bu yoshda bola faqatgina yaqin qarindoshlar bilan emas, balki begonalar, tengqurlari bilan ham muloqot ko‘lami kengayishi natijasida unda tom ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bu davrda bolalarda kattalarnikiga o‘xshash nutq xatti harakatiga qiziqish kuchayadi, o‘zlariga daxlsiz fikr va muloxazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek uning o‘zida atrof-muhitga kattalar davrasida olgan ma’lumotlar va axborotlar bo‘yicha boshqalar bilan mulokatga kuroli vazifasini bajaradi, bu esa amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq xolda ro‘yobga chiqadi.
Unda dialogik nutq paydo bo‘ladi, chunki uning o‘zini qiziqtirgan narsalar haqida savollar berish yoki kattalarning savoliga javob qaytarishi dialog nutqni taqazo qiladi. lk yoshdagi bolalarga harakatning shakllanishi orentirovka faoliyati xususiyati uzgarishi bilan uzviy bog‘liq. Bola u yoki bu xarakatni amalga oshirish uchun avvalo predmet bilan tanishadi, unga ko‘z yugurtiradi, qo‘liga oladi va hokazo. Bolani predmetlarning shakli, rangi vazni bilan tanishtirishda kattalar amalga oshiradilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko‘rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlariga jalb etilgan predmetlar hodisalar sifatlar munosabatlarning nomlanishini o‘zlashtiradi, buni bola ko‘rgazmali obrazli harakatlar ekanini bilan tushunamiz. Shu tufayli ham bog‘cha yoshidagi bolalar lug‘atida mavhum tushunchalar deyarli uchramaydi. Agarda 3-7 yoshdagi bolalardagi berilgan topshiriqlarda nutqiy faoliyatning elementi bo‘lmish so‘z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan gap tarkibidan so‘zlarni ajratib olish vazifasi berilsa ya’ni «Koptok yumalab ketdi» degan gap berilsa bola bu gapdagi bitta so‘z «Koptok yumalab ketdi» degan so‘z borligini aytdi. Tarbiyachilar, ota-onalar bu yoshdagi bolalarga gap tarkibidan barcha turdagi so‘zlarni ajratib olish ko‘nikmasini shakllantirilishi lozim.Buning uchun ularga so‘zlarning mezonlarini so‘z doim muayyan mazmunga ega ekanligini anglashga yordam berishi lozim.
Shunday qilib asosiy muomula vositasi bo‘lgan nutq bola psixikasining o‘sishida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘cha va oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya va bog‘chadagi ota tilidan o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nutqini normal o‘stirish mumkin.Bola bog‘cha yoshining oxirgi bosqichida kelganda og‘zaki nutqning hamma turlaridan erkin foydalana oladigan bo‘lishi lozim. Bu esa maktabda o‘qish faoliyatini yaxshi o‘zlashtirish uchun muhim hisoblanadi.


Download 106,55 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 106,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalarda nutqining rivojlanishdagi bog'liqliklar

Download 106,55 Kb.