II BOB. AMALIY JIHATDAN SAVODXONLIK VA FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH




Download 106,55 Kb.
bet4/6
Sana13.05.2024
Hajmi106,55 Kb.
#229509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko\'nikmalarini shakllantirish

II BOB. AMALIY JIHATDAN SAVODXONLIK VA FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
2.1. Kreativ fikrlashni shakllantirishda zamonaviy darsliklarning o'rni
Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim jarayonida interfaol usullar va zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi.Jahon mamlakatlari kelajak kadrlarni tayorlashda talabalarni zamonaviy bilimlar bilan o‘qitish, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish, egallangan bilimlarini ijodiy tarzda qo‘llash zamonaviy ta’limning asosiy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qoʼllanila boshlaganiga hali u qadar koʼp vaqt boʼlmadi. Biroq, oʼqitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga boʼlgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini taʼminladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni oʼqitish metodikasi, taʼlim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik gʼoyalari tashkil etadi.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi oʼz mohiyatiga koʼra jarayon tarzda namoyon boʼladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish gʼoyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha boʼlgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami oʼzgarishining oʼzaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlar hamda inson ontogengizi – tugʼilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bogʼliq. Maʼlumki, kasbiy tajriba bilim, koʼnikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat koʼnikmalarining oʼzlashtirilishi nafaqat amaliy koʼnikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor boʼlish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada oʼzlashtirilishi talab etadi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning oʼzaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning surʼati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bogʼliq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega boʼlishi taqozo etadi. Soʼnggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning taʼlim tizimida talaba va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Аli (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan koʼplab tadqiqotlar, ularning natijalarian koʼrish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, oʼqituvchilar kreativlik asoslarini oʼrganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). Oʼqituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv koʼnikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Taʼlim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noanʼanaviy darslar tashkil etilyapti (Аli, 2011; Taʼlim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, koʼpchilik oʼqituvchilar hali hanuz shaxs (oʼzlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini oʼzlashtira olmayaptilar. Taʼlim tizimini boshqarish organlari har yili taʼlim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga eʼtibor qaratadi. Аna shu maqsadda oʼquv dasturini ishlab chiqiladi, yangi oʼquv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham oʼqituvchilarni kasbiy oʼsishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olgʼa intilishga boʼlgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning oʼquv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, oʼquv yilining oxirida kelib oliy taʼlim muassasalarida talabalarning fanlarni oʼzlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Koʼplab talabalarning taʼlim olishga nisbatan qiziqishi yoʼqolgan. Buning natijasida oʼqituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni oʼylashmayapti. Taʼlim tizimini boshqaruvchi organlar taʼlim olishga nisbatan xohish-istagi boʼlmagan talabalar, bu kabi taʼlim oluvchilarni oʼqitishni istamayotgan oʼqituvchilar faoliyatini oʼzgartirish borasida yangidan-yangi choratadbirlar belgilansa-da, ahvol oʼzgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan oʼylab, rejalashtirilib qoʼyilishi talabalar uchun qiziq boʼlmayotgandir, balki balki taʼlim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, ragʼbat bildirmayotgandir. Oʼquv mashgʼulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi gʼoyalarni oʼylab topishga majbur qilish taʼlim olishga boʼlgan munosabatni oʼzgartirish, ularni yutuqlarga erishishga ragʼbatlantirishda asosiy omil boʼlar. Oʼquv mashgʼulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi . Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini toʼlaqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining maʼnoni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga koʼra, “kreativlik – oʼz qiymatiga ega original gʼoyalar majmui” (Аzzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa oʼz tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat boʼlib, u oʼzida muayyan yangilikni aks ettirishi va maʼlum amaliy qiymatga ega boʼlishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha boʼyicha oʼzlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy koʼnikmalarga ham ega boʼlish” demakdir.
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda.
Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot- ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
Yoshlarni zamonaviy bilimlar bilan o‘qitish, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish, egallangan bilimlarini ijodiy tarzda qo‘llash zamonaviy ta’limning asosiy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Tajribali pedagoglar o‘qitish jarayonini isloh qilish yo‘llarini idirishda davom etib quymasdan, pedagogik texnologiyalari yoki o‘qitish texnologiyalarini yaratishga katta ahamiyat kasb qilmoqda. «Pedagogik texnologiya» termini o‘tgan asrning 60-yillari boshlarida xorijiy davlatlarda paydo bo‘lib, shu kungacha «Pedagogik texnologiya» bir nechta chet davlatlarda yan’iy, AQSH, Yaponiya va Angliya nufuzli jurnallarida va YUNESKO xalqaro tashkiloti ta’lim bo‘yicha xalqaro byurosi byulletenida
«Pedagogik texnologiya» seriyasida nashr qilinib kelmoqda. 2013-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari — masofaviy ta’lim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab- quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi. Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin.
Masofaviy ta’limning afzalliklari: Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud.
Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.
O‘qish va ishni birga qo‘shib olib borish-o‘quvchilar ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma’lumot oluvchilarga juda qo‘l keladi.
Sifatli texnologiyalar va o‘quv mazmunini egallash- talaba sifatli o‘quv materiallari yordamida o‘qitilishi, o‘qituvchi bilan muloqat qilishi va o‘z individual o‘quv rejasini tuzishi mumkin.
Baholashning xolisligi-masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo‘lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo‘qotishni ko‘zda tutadi.
Ta’limda individual yondashuv-o‘zgaruvchan grafik, ish va o‘qishni birga qo‘shib olib borish, shuningdek, o‘zlashtirilayotgan materialni ma’lumotni individual o‘zlashtirish tezligiga moslash masofaviy ta’limni barcha uchun qulay qilib qo‘ymoqda.
Zamonaviy gumanitar akademiya-masofaviy ta’limdagi yetakchilardan biridir. Bu innovatsion OTM bo‘lib, u dunyoning turli burchaklarida talabalarga o‘z yashash tarzini o‘zgartirmasdan, arzon narxlarda sifatli elektron ta’lim olish imkonini beruvchi elektron ta’limdir.
Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Axborotlar oqimining ortib borishi va ta'lim metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o‘quv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi: differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi; teskari aloqa bog‘lashi: o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi; darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanilishi; o‘quvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo.
Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana shu jihatdan ham o‘z ustunligiga ega.
O‘rganilgan nazariy bilimlarning texnik vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi o‘quvchilarning ta'lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish, ikki tomonlama muloqot (o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasida)ni samarali tashkil etish o‘quvchilar faolligining yuqori bo‘lishini talab etadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o‘z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda ta'limga bo‘lgan qiziqishni va bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o‘stirishga, uni qo‘ya bilishni o‘rgatishdan iborat. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi: manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash; jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.
O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi .
Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini
yaratish;

  • ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo‘llash;

• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;
• zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.
Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak: ta'lim oluvchilarda o‘quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi, Kompyuter bilan o‘zaro muloqot jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichi; O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi; Erishilgan yutuq va natijalarini o‘zini – o‘zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi; Nazorat bosqichi; O‘zini – o‘zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko‘ra o‘quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi .
Texnologiyalar takomillashib borgani sari o‘qituvchining roli ta'lim jarayonini boshqarish bo‘lib qoladi.
Lekin bu holat o‘qituvchining ta'limdagi o‘rnini hech kamaytirmaydi va uni chetga surib chiqarmaydi. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi vazifasini tubdan o‘zgartiradi.
An'anaviy ta'limda o‘qituvchining vazifasi axborot berish (mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash va h.k.) bo‘lsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanganda bu vazifalarni kompyuter bajaradi (o‘quv materiali kompyuter xotirasiga yoki SD disklarga kiritilgan bo‘ladi), o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchining anglash faoliyatini boshqarish, o‘quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish bo‘ladi.
Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma'lumotlarni ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarda bilimlarga barqaror qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo‘r berish o‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi.
Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanadilar. Chunki kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo‘r berishdan xalos qiladi.
Bunda ta'lim jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi hisoblangan o‘qituvchi roli muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi yuqoridagi kamchiliklarni keltirib chiqarmaydi, balki ana shu imkoniyatlarning ijobiy tomonlarini topa olish va samarali foydalana olish imkoniyatlarini yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi har bir o‘quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O‘quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo‘lsada yo‘qolishi, og‘ir oqibatlarni vujudga keltiradi. Jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi bevosida pedagogning vazifalarini aniqlab olish va bajarilishining ta'minlanishiga bog‘liq.
O‘qitishning elektron vositalari. O‘qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zaro ta'siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi [8].
Axborot, uni olish vositalari va o‘qitish dasturlariga boy. Bunday o‘quv muhitida o‘qituvchining roli qanday?
Birinchidan, an'anaviy o‘qitishdagi o‘qituvchining bilim berish vazifasi o‘rniga o‘quv jarayonini boshqarish, o‘quv dasturlarining barcha bosqichlarida o‘quvchiga maslahat berish, uning bilimi sifatini nazorat qilish vazifasi yuzaga keladi.
Ikkinchidan, tarbiyalash vazifasi. Ta'lim bu - professional va shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi murakkab va ko‘p qirrali jarayon. Shaxsni tarbiyalash jarayonidagi
«jonli» muloqot insoniyat jamiyatining mavjudligi asosidir.
Darsni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish o‘qituvchi va ta'lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.
Inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va ta'lim jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo‘lgan 20- asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanlikni, samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va roli juda muhim axamiyatga egadir.


Download 106,55 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 106,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. AMALIY JIHATDAN SAVODXONLIK VA FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Download 106,55 Kb.