• Kurs ishi tarkibi
  • Mavzu: 3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish Mundarija: Kirish I bob. 3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko'nikmalarining nazariy va metodik asoslari




    Download 106,55 Kb.
    bet2/6
    Sana13.05.2024
    Hajmi106,55 Kb.
    #229509
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko\'nikmalarini shakllantirish

    Kurs ishi maqsadi: 3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko'nikmalarining nazariy va metodik asoslari.
    Kurs ishi vazifalari:
    O'quvchilarda savodxonlik shakllantirish mazmuni va usullari aniqlash.
    Boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonlik salohiyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash.
    Boshlang'ich sinf o'quvchilarida savodxonlikni rivojlantirish omillarini aniqlash.
    Kurs ishi tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilavalardan iborat.

    I BOB. 3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko'nikmalarining nazariy va metodik asoslari
    1.1. Savodxonlik bo'yicha olib boriladigan ta'limiy jarayonlarbolalarda nutq, muloqot, o'qish va yozish masalalarini shakllantirish usullari
    O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “O‘z fikrini mustaqil ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”, – degan fikrlari kichik yoshli maktab o‘quvchilarining nutqiga alohida e’tibor bilan yondashishga chorlaydi. O‘quvchilarni o‘z fikrlarini erkin, to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish jamiyat uchun ham, psixologik va metodik jihatdan ham juda muhim bo‘lib, hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
    Konsepsiyada ona tilini o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.
    Nutq-kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
    Nutq faoliyati uchun, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

    1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi,

    2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.

    3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi.Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti-nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

    Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:

    1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.

    2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.

    3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish. Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi:

    1. so‘z ustida ishlash;

    2. so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;

    3. bog‘lanishli nutq ustida ishlash.

    So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib, leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.
    Professor S.Matchonov boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinishi lozimligini uqtiradi:
    1.O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin.
    2.Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.

    1. Nutq aniq bo‘lsin.

    2. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.

    3. 5.Nutq tushunarli bo‘lsin.

    6.Nutq ifodali bo‘lsin.
    7.Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.
    8.Nutq madaniyatli bo‘lsin.
    Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir, ayniqsa kichik yoshdagi o‘quvchilarda. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir.
    Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: “Nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar, balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir”.
    K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildiradi.
    Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan.Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi.
    A.A.Leontev L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish-bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.
    K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, “…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o‘rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini o‘zlashtira olmaydi”.
    Ma’lumki, inson hayotida nutq va tafakkurning o‘rni va roli qadimdan ko‘pchilikni qiziqtirib keladi. Forobiy, Zamaxshariy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar o‘z asarlarida nutqni ma’naviy kamolot belgilaridan biri sifatida qayd etganlar. Jumladan, Forobiy so‘zlash quvvati haqida shunday deydi:-“...so‘zlash quvvati (nutq) shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go‘zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo‘lgan- bo‘lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi”.
    Boshlang‘ich sinflarda nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida badiiy adabiyotni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Badiiy adabiyot ko‘p qirrali hodisadir. Bu yerda nutq vakillik vositasi sifatida taqdim etiladi va vakillik sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Adabiyotdagina odam “so‘zlovchi” bo‘ladi. Ta’kidlanganidek F.K.Murodov o‘zining “Bolaning ijtimoiy rivojlanishi diagnostikasi”da:“Adabiyotning asosiy xususiyati shundaki, bu yerda til faqat muloqot va ifoda vositasi emas, balki tasvir ob’ekti hamdir”.
    Quyi sinflarda o‘quvchilarga o‘qish, yozish, og‘zaki va yozma nutqdan foydalanish kabi ko‘nikmalar o‘rgatiladi, bu esa aniq nutqiy ko‘nikma va malakalarni, ya’ni nutqiy faoliyat turlarini shakllantirishdan iborat. M.R. Lvov tomonidan taqdim etilgan nutq faoliyatining to‘rtta asosiy turi mavjud:

    1. Tinglash - tovushli nutqni tinglash va tushunish jarayoni. Bu tur quyidagi omillarga bog‘liq: til tizimi bilan tanishish darajasi, mavzuning qiziqishi va ahamiyati, muhitda o‘yin mavjudligi, auditorning individual psixologik va shaxsiy imkoniyatlari, aqliy jarayonlarning rivojlanishi (xotira va e’tibor).

    2. So‘zlash-o‘quvchilarning og‘zaki nutqda o‘z fikrlarini to‘g‘ri, ravon va mantiqiy ifodalay olishi, shuningdek, suhbatdoshga tushunarli bo‘lgan so‘z va iboralarni tanlay olish, fikr yuritish uchun ma’lum joylarda to‘xtab turish, ular o‘z fikrini to‘g‘ri, to‘g‘ri va mantiqiy ifoda eta olishi. sizni yaxshi tushundim.

    3. O‘qish - tezlik, o‘qilgan narsalarni to‘liq o‘zlashtirish.

    4. Harf-fikrning grafik koddagi ifodasidir.

    U yoki bu darajada nutq faoliyatining barcha turlari darslarning katta qismi mazmuniga kiritilgan, busiz nutqni rivojlantirish jarayoni amalda mumkin emas. Shuning uchun har bir o‘qituvchi u yoki bu tarzda o‘quvchilar nutqini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
    Boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlar asosida xorijiy tajriba asosidagi yangi avlod darsliklari yaratildi. Bunda asosan quyidagi 4 xil nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga alohida urg‘u berildi. Tadqiqot ishimizda kichik yoshli maktab o‘quvchilaridagi bu kompetensiyalarni rivojlantirish usullarini quyida keltirilgan metodlar asosida yoritishga harakat qildik.
    Boshlang‘ich sinfdan boshlab eshitib tushunish elementini o‘quvchilarda mashq qildirib borish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon orqali o‘quvchi diqqatni uzoq vaqt ushlash malakasini shakllantiradi. U eshitayotgan matnining muhim ma’lumotlarini navbatma navbat yodida saqlab qoladi. Natijada o‘quvchi tushunish jarayonini ongli boshqarishni o‘rganadi.Bu juda murakkab jarayon, chunki o‘quvchilar diqqati bir xil me’yorda bo‘lmaydi. Buning uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchining ma’lumotni qabul qilish darajasini psixologik tomondan o‘rgangan bo‘lishi kerak. Ma’lumotni esda saqlab qolishi sust o‘quvchilar bilan o‘qituvchi matnni turli metodlar yordamida mustahkamlab borishi va eshitib tushunishini amalga oshirishi lozim.O‘quvchilardagi tinglab tushunish kompetensiyasini shakllantirishda Qo‘qon shahridagi 6-, 12, 20-, 42-maktablarning 3-sinf o‘quvchilari bilan empirik tadqiqot o‘tkazdim. Tadqiqotda quyidagi mezonlar asosida ish yuritdim:

    • O‘quvchilarga audiomatnning necha marta qo‘yib berilishi.

    • Bolalarning eslab qolish darajasi.

    • Savollarga javob bera olish malakasi.

    • Nutq ravonligi.

    • Fikrlarni bog‘lay olish darajasi.

    Boshlang‘ich sinfda o‘qib tushunish elementi birinchi sinfdanoq boshlanadi.O‘qish darslarida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasi oddiydan murakkabga tomon shakllantirilib boriladi.O‘quvchilar tomonidan matn bir xil o‘qilishi mumkin, ammo ular tushunishning har xil darajasida turgan bo‘ladi.O‘qituvchi ushbu darajalarni yaxshi bilsa, savollar yordamida o‘quvchining qaysi darajada turganini aniqlashi matnni yaxshiroq tushunishi uchun yo‘nalish berishi mumkin bo‘ladi.Ona tili darsliklaridagi matn bilan ishlash mashqlari ham mazkur nazariy ma’lumotga asoslanishi lozim.Chunki so‘zlarning matn ichida qanday ma’noda kelayotgani matnning mazmunidan anglashiladi.
    Dars jarayonida o‘qituvchi har bir o‘quvchisining ehtiyoj va imkoniyatlarini o‘rganib, uni hisobga olishni va ehtiyojlarini to‘ldirishni, imkoniyatlarni boyitib borishni o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri deb hisoblashi lozim.O‘qish darsining yangi mavzu bayoni bosqichi asosan o‘quvchilarni asar matni, undagi voqealar mazmuni bilan tanishtirish, ya’ni anglash bosqichidir.
    Quyida Qo‘qon shahar 15-maktab 2-sinfida o‘tkazilgan kuzatish metodi asosidagi tadqiqotni bayon etamiz.
    So‘lim qishloqda yashayotgan Boburjon buvisini juda yaxshi ko‘radi. Nima uchun deysizmi? Chunki buvisi unga ajoyib-u g‘aroyib hikoyalar, voqealar aytib beradi.
    Boburjon ta’tilga chiqqach, buvisi uni shaharga olib borishga va’da bergan. Boburjon shaharga hech bormagan. Boburjon hovli supasida kashta tikib o‘tirgan buvisidan so‘radi:
    –Buvijon, qachon shaharga olib borasiz? Juda ham borgim kelyapti. Shahar ham qishlog‘imizga o‘xshab ketadimi?
    –Shahar ham, qishloq ham aholi to‘planib yashaydigan joy. Faqat shahar qishloqdan ancha katta, aholisi ko‘p. Shaharda ko‘p qavatli imoratlar, teatrlar, o‘yingohlar, o‘quv muassasalari bor.Qishloq aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘ladilar.Qishloqlarda ham turli yangi binolar, sport maydonchalari, dam olish maskanlari qurilgan, bolam.
    -Buvijon, demak, bizning qishlog‘imiz ham shahardan qolishmas ekan-da.
    -Ha bolajonim, shunday. Shaharning ham qishloqning ham o‘ziga xos afzalliklari bor.
    -Rahmat, buvijon endi shahar va qishloq haqida tasavvurlarim ancha boyidi.
    Ushbu matn bo‘yicha 12-maktabning 2-sinf o‘quvchilari quyidagi vazifalarni bajarishdi.

    1. Sarlavhani o‘qishdi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilardan rasmda nima tasvirlangani so‘raldi.

    2. O‘quvchilar rasmni tasvirladilar

    3. Sarlavhaning nomi va rasmga qarab hikoyani nima haqida ekanini taxmin qilishlari so‘raldi.

    4. O‘quvchilar fikr bildirdilar. So‘ngra o‘quvchilar hikoyani navbatma-navbat ifodali o‘qidilar.

    5. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga taxminingiz hikoya bilan mos keldimi deb savol berildi.O‘quvchilar har xil javob berishdi, Ba’zilarida to‘g‘ri, ba’zilarida umuman boshqacha fikrlar.

    6. Keyin o‘quvchilarga topshiriq berildi. Hikoyani yana bir bor ifodali o‘qing, keyin oila a’zolarining shahar va qishloqda yashashning afzalliklari haqida so‘rash. Ularning fikrlarini daftarlariga yozib kelishlari aytildi.

    Tadqiqotchi sifatida sinf o‘quvchilarining nutqiga doir yutuq va kamchiliklarni qayd qilib bordim. Jumladan, sinf o‘quvchilarining 10 tasi – 38%i o‘qigan matnini yaxshi tushunadi, 12 tasi - 46 %i o‘rtacha tushunadi, 6 nafari - 23 %i esa qiyinchilik bilan tushunadi.
    Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning og‘zaki nutqi ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarida berilgan matnlarni va xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganishi, mazmunini esa og‘zaki bayon qilishi bilan shakllanib boradi. O‘quvchining og‘zaki nutqi o‘tilgan mavzuni gapirib berishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, o‘quvchi ertakni og‘zaki bayon qilayotganida fikrlarini o‘z ona tilida xatosiz, to‘g‘ri ifodalashi, mavjud lug‘at boyligidan oqilona foydalanib, ertak mazmunini yoritishi, mavzudan chetga chiqmay bog‘lanishli nutqi asosida gapira olishi, undan xulosa chiqarishi zarur.Bu ko‘nikmalar dars jarayonida takomillashtirilib borilishi kerak.Shuning uchun o‘quvchida qaysi ko‘nikma hosil bo‘lishi maqsad qilinsa, darslarda o‘sha bo‘yicha mashqlar muntazam tashkil qilinishi kerak.
    Qo‘qon shahrining 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1- “A” sinf o‘quvchilariga ona tili va o‘qish savodxonligi darsida “Kun tartibi” mavzusini o‘tdik. Tashkiliy qismdan so‘ng o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirish maqsadida quyidagi savol-javoblar o‘tkazdik.
    1.Siz har kuni qanday ishlar bajarasiz?
    2.Qachon nonushta qilasiz?
    3.Kunning qaysi qismi (yoki qaysi payt)da dam olasiz?
    Bunday savol-javoblarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning tafakkurini ishga solishdir. O‘quvchilar javob berishgach ,ularning e’tibori darsga to‘liq jalb etiladi.
    Darsning mustahkamlash qismida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, o‘quvchilarda mavzu yuzasidan yanada kengroq bilimga ega bo‘lish va o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish maqsadida “Hikoyani davom ettir” qiziqarli metodini o‘tkazdik.Ushbu metod quyidagi tartibda amalga oshiriladi.Biz mavzuga bog‘liq bo‘lgan kichik bir hikoya tuzishdan boshladik.Boshlanish qismini ya’ni hikoyaning birinchi gapini biz boshlab berdik, qolgan qismini o‘quvchilar birin ketinlik bilan navbatma navbat davom ettirishdi.
    Boshlang‘ich sinf ona tili darsligidagi mashqlarda keltirilgan topshiriqlarni bajarish o‘quvchining yozma nutq haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi va yozma nutqning charxlanishiga xizmat qiladi.Boshlang‘ich sinflarda ta’limiy diktant turlari o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.Ta’limiy diktantning sakkiz turi darsning o‘tgan mavzuni takrorlash va yangi mavzuni mustahkamlash bosqichlarida o‘z o‘rnida foydalanilsa, o‘quvchidagi mavjud bilimni yozma ifodalash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Masalan, erkin diktant turi o‘quvchilar nutqini o‘stirish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Erkin diktant o‘quvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi. Bayon va insholar o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini, badiiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiya elementlarini shakllantirish uchun dars mashg‘ulotlarida har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini inobatga olish lozim.
    Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning aksariyati ko‘p narsalarga noadekvat munosabatda bo‘lishadi, buning asosiy sababi bola yetarli darajada shaxslararo munosabatga kira olmaydi. Chunki bolaning birinchi tarbiyachilari birinchi galda televizor, zamonaviy gadjetlar ekanligi oqibatida bola shaxsida boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini e’tiborsiz qoldirish holatlari uchrab turibdi, o‘z his- tuyg‘ularini boshqarishga harakat qilmaydilar. Natijada kichik yoshdagi maktab bolalarida jonli muloqat yetishmaydi, rivojlanishi yetarli bo‘lmay qolmoqda, buning oldini olish uchun turli xil og‘zaki nutqni rivojlantiruvchi o‘yin, metod yoki texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.


    Download 106,55 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 106,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: 3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish Mundarija: Kirish I bob. 3-11 yoshli bolalarning qiziqish, savodxonlik va fikrlash ko'nikmalarining nazariy va metodik asoslari

    Download 106,55 Kb.