• O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI MAKTABGACHA TASHKILOTLAR XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH RESPUBLIKA
  • O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,94 Mb.
    #124672
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Katta g Nutq o\'stirish faoliyatlari




     
     
     
    O‘zbekiston Respublikasi 
    Maktabgacha ta’lim vazirligi
     

    NUTQ O‘STIRISH 
    FAOLIYAT ISHLANMALARI
     
    (KATTA GURUH) 



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
    MAKTABGACHA TASHKILOTLAR XODIMLARINI QAYTA 
    TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH RESPUBLIKA 
    O’QUV METODIKA MARKAZI 
     
    Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish 
    (katta guruh uchun nutq o’stirish bo’yicha
    faoliyat ishlanmalari) 
     



    Mualliflar: Prof. F.R. Qodirova,
    MMXQTMORO’MM metodistlari: 
    M. Fayzullaeva, Z. Rahimova, M. Rustamova, Z. Fayzieva 
    Taqrizchilar:
    G.Q.Jalolova-Toshkent sh. Yunusobod tumani 47-MTT logopedi 
    Rizaeva X. U- Toshkent sh. Yunusobod tumani 460-MTT mudirasi 
    A.Raupova-206 MTT- Maktab majmuasi metodisti 
    S. Majidova- Toshkent sh. Uchtepa tumani 19-MTT metodisti 
    Muharir: Sh. Shomansurov 
    Nashr uchun 
    mas’ul: M. Sh. Rasulova-p.f.n. , dotsent 
    Ushbu metodik qo’llanma 5-6 yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarning 
    og’zaki nutqini o’stirish va savodga tayyorgarlikda tarbiyachilar va ota-onalarga 
    yordam berish maqsadida ishlab chiqildi. Qo’llanmada katta guruh uchun bir yillik
    faoliyatlar ishlanmalari to’liq yoritib berilgan.



    Kirish 
    Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo’g’ini hisoblanib, u maktabda 
    o’qish uchun tayyor, sog’lom bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi. 
    Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlashda, unga ona tilining 
    barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish zarur.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarining
    asosiy yo’nalishlaridan biri nutq, o’qish va savodga tayyorgarlikdan iborat. Bu 
    umumiy vazifa – “Nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik” quyidagi maxsus 
    vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug’atni boyitish, 
    mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to’g’riligini 
    takomillashtirish, og’zaki (dialogik) nutqni shakllantirish, ravon nutqni 
    rivojlantirish, badiiy so’zga qiziqishni tarbiyalash, savodga tayyorgarlik. 
    Ushbu metodik qo’llanma 5-6 yoshli bolalarning og’zaki nutqini rivojlantirish va 
    savodga tayyorlashda tarbiyachiga va ota-onalarga yordam berish maqsadida 
    tayyorlangan bo’lib, yil davomida o’tkaziladigan 72 ta faoliyat pedagogik 
    texnologiya talablarini inobatga olib yoritib berilgan. Mavzu mazmuni faoliyat 
    davomida bolalarda grammatik mashqlar, turli interfaol o’yinlar yordamida 
    mustahkamlanadi. 
    faoliyat ishlanmalarida 3-4 vazifa: bog’langan nutq, grammatika, lug’at, tovush 
    madaniyati, savodga tayyorgarlik vazifalari o’zaro uzviy bog’liq holda olib 
    borishga harakat qilindi. Bu ish uslubi bolalarning dastur vazifalarini tezroq 
    egallashlariga yordam beradi. faoliyat ishlanmalari bolalarni mustaqil hikoya 
    tuzish, rasmga qarab tarbiyachi bergan mazmun asosida hikoyalar tuzish va qayta 
    hikoya qilish va savodga tayyorlashga o’rgatishga qaratilgan. Unda bolalarning 
    mustaqilligi va faolligini oshirish maqsadida har xil ta’lim - tarbiyaviy ish 
    usullaridan: o’yin: ta’limiy, sahnalashtirilgan; og’zaki: suhbat, savol- javob, hikoya 
    qilish, tushuntirish, bahs- munozara; ko’rgazmalilik: rasmni ko’zdan kechirish, 
    kuzatish, sayr, sayohat; amaliy: mashq qildirish, amaliy topshiriq, taqqoslash va 
    turli o’yinlardan foydalanildi va ular yordamida mustahkamlandi. 
    Barmoqlar mashqi qiziqarli, maroqli bo’lgani uchun faoliyatda tetiklashtiruvchi 
    mashq sifatida olindi. 
    Qo’llanmadan tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari 
    bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida ijodiy foydalanishlari mumkin. 




    Download 0,94 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi

    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish