Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi.Bolalar ba’zi
otlarni ko’plikda, tushum va qaratqich kelishiklarida to’g’ri ishlatishga
o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: Bog’cha hayotidan rasmli lavhalar, bolalar kiyimlari va boshqa kerakli
rasmlar,hayvonlarning bolasi bilan birga tasvirlangan rasmlar.
faoliyatning borishi Bolalar, bugun biz “Lolaning bog’chadagi birinchi kuni” mavzusida hikoya
tuzamiz. Qani bir eslangchi, yaqinda guruhimizda kim yangi keldi. To’g’ri, Aziza keldi.
Aziza bilan biz qanday tanishdik? Azizaning kayfiyati qanday edi? Aziza bilan
qanday o’yinchoqlar o’ynadinglar? Sayrga qanday chiqdik? Aziza sayrda ko’proq
kim bilan o’ynadi? Shu kuni qanday o’yinlar o’ynadik?
Bolalar hikoya qilishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Bir kun Lolaning oyisi uni erta uyqudan uyg’atdi, birga nonushta qildilar.
Nonushtadan so’ng Lolaning oyisi unga yangi ko’ylak kiygazdi. “Lola bugun bog’chaga
borasan, bog’chada bolalar juda ko’p birga o’ynaysizlar”, - dedi. Lola juda xursand bo’lib
ketdi. Lola oyisi bilan bog’chaga kelgan edi, tarbiyachi Feruza opa uni yaxshi kutib oldi.
Lola oyisiga kulib “Xayr” deb qoldi. Tarbiyachi Feruza opa Lolani bolalar bilan
tanishtirdi. Bolalar Lola bilan birga o’ynashdi, unga o’yinchoqlar berishdi, sayrda birga
quvlashmachoq o’yinini o’ynashdi. Lola shu kuni bog’chaga kelganidan xursand bo’ldi.
Tarbiyachi namunasidan so’ng 3 — 4 bola hikoyasi tinglanadi. Hikoya qilishda
qiynalganlarga yordam beriladi.
Tetiklashtiruvchi mashq (ixtiyoriy) Tarbiyachi: Guruhimizga qo’g’irchoq Lolaxon mehmon bo’lib keldi. Kelinglar,
unga turli hayvonlarni, ularning bolalarining rasmlarini ko’rsatamiz. Ularning
nomlarini o’rgatamiz. Buning uchun “Nimaning bolasi?” o’yinini o’ynaymiz:
Qo’zichoq.. (qo’yning bolasi)
Toychoq.. (otning bolasi)
Uloqcha.. (echkining bolasi)
Mushukcha.. (mushukning bolasi)
Bo’taloq.. (tuyaning bolasi)
Bolalar, Lola hayvon bolalarining qaysi hayvonning bolalari ekanini bilmas ekan.
Endi Lolaxon yanada yaxshi bilib olishi uchun “Bolasini toping” o’yinini
o’ynaymiz. Men rasm ko’rsataman hamda gapning boshini aytaman, siz rasmda
tasvirlangan hayvonning bolasining rasmini ko’rsatasiz va nomini aytasiz.
Mushukning bolasi (mushukcha).
11
Qo’yning bolasi (qo’zichoq).
Otning bolasi (toychoq).
Echkining bolasi (uloqcha).
Hozir u biz bilan sayrga chiqadi. Lolaga qanday kiyimlarini kiyintiramiz?
(Bolalar: ko’ylagini, kamzulini, tuflisini, paypoqlarini).