12
3-faoliyat
Mavzu: “Quvnoq tilcha” haqida ertak
Maqsad: Bolalarga og’izni, lablarni, tishlarni va tilni, tanglayni ko’rsatish.
Tilning asosiy harakatlari bilan tanishtirish: tilni yuqoriga ko’tarish, pastga
tushurish, tilni og’iz burchaklariga yo’naltirish.
Vazifalar:
faoliyat vaqtida har bir bolani diqqat-e’tibor bilan kuzatib, mashqni qanday
bajarayotganini tekshirib turish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam berishini (lablar,til, til uchi, til
kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, og’iz, lablar, tishlar va til) bilib
oladilar. Tilning asosiy harakatlarini: tilni yuqoriga ko’tarish, pastga tushurish, tilni
og’iz burchaklariga yo’naltirishni mustaqil bajara oladilar.
Kerakli jihozlar:
“Quvnoq tilcha haqida” ertagi bilan ishlashni mo’ljallash.