• Kutilayotgan natijalar
  • “O’ylang, birgalikda o’zaro fikr almashing” o’yini asosida grammatik mashq.
  • O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,94 Mb.
    #124672
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Katta g Nutq o\'stirish faoliyatlari

    o’rgatish 
    Maqsad: 
    Asarni mazmunli, mantiqiy izchillikda aniq va tasviriy ifodalardan foydalangan 
    holda hikoya qilishga o’rgatish. 
    Vazifalar: 
    Bog’langan nutqni rivojlantirish.Ot va sifatlardan to’g’ri foydalanish. 
    Tovush madaniyati.Nutqning ifodaliligini tarbiyalash. So’zdan tovushni ajratishga 
    o’rgatish. 
    Kutilayotgan natijalar: 
    Bolalarning boglangan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi. 
    Bolalar nutqda ot va sifatlarni to’g’ri ishlatishga o’rganadilar. So’zdan tovushni 
    ajratishga o’rganadilar. 
    Kerakli jihozlar: 
    Hayvonlar tasviri 
    Ertakni sahnalashtish uchun liboslar 
    Faoliyatning borishi 
    Tarbiyachi hayvonlar tasviriga bolalar e’tiborini qaratib so’raydi: 
    1. Bolalar, suratda qaysi hayvon tasvirlangan? 
    2. Echki haqida qanday ertaklarni bilasiz? 
    Hozir, sizlarga “Bo’ri bilan echki” ertagini o’qib bermoqchiman. Siz eshitishni 
    hohlaysizmi? (Tarbiyachi ertakni ifodali qilib o’qib beradi va asar mazmuni 
    bo’yicha suhbatlashadi). 
    1. Echki nima uchun bo’riga duch keldi? 
    2. Bo’ri bilan echki nimalar haqida suhbatlashdilar? 
    3. Echki qanday hiyla o’ylab topdi va nima qildi? 
    4. Bo’ri qay ahvolga tushib qoldi? 
    5. Bo’rining echkiga aytgan javobini kim o’ziga 
    o’xshatib aytib beradi? 
    6. Echkining bo’riga aytgan javobini kim ohangli qilib 
    aytadi? 
    7. Bo’rining hushidan ketib o’ziga kelgan ahvolini 
    achinarli qilib kim aytib beradi? 
    Asarni tarbiyachi yana bir bor o’qib beradi. Bolalarga yaxshilab tinglashlarini, 
    eslab qolishlarini, keyin so’zlab berishlarini aytadi. 
    Endi kim ertakni boshidan gapirib beradi? 
    Ertakni xuddi mashq qilganimizdek ta’sirli, ifodali qilib so’zlab berishingiz kerak 
    (3–4 bolaning javobi eshitiladi). 
    “O’ylang, birgalikda o’zaro fikr almashing” o’yini asosida grammatik mashq. 
    Bu o’yinda bolalar berilgan topshiriq ustida birgalikda fikr yuritishga, o’z fikrlarini 
    ixcham, aniq ifodalashga jalb qilinadi. Tarbiyachi bergan topshiriq bo’yicha 
    bolalar juft- juft bo’lib o’z fikrlarini o’rtoqlashadilar va birgalikda bir xulosaga 
    keladilar. Buning uchun tarbiyachi bolalarni guruhlarga taqsimlab olishi kerak. 
    Bolalarni guruhlarga taqsimlashda bitta tez qabul qiladigan, bitta sekin qabul 


    15 
    qiladigan bolani tanlab olishi kerak. Guruhlar ishlayotgan vaqtda tarbiyachi 
    bolalarga yordam berishi, tushunmagan joylarini tushuntirib berishi kerak. 
    1. Bo’ri ertakda qanday tasvirlangan? U haqida qanday so’zlash mumkin? 
    (ochko’z, berahm, yovuz, qo’pol). 
    2. Berahm so’ziga qarama-qarshi ma’nodagi so’z toping (rahmdil, ko’ngilchan, 
    shafqatli). 
    3. Echki haqida nima deyish mumkin? (dono, aqlli, qo’rqmas, tadbirkor). 
    4. “Qo’rqmas” so’ziga yaqin so’zlar toping (botir, jasur, mard). 

    Download 0,94 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi

    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish