|
Mavzu: “s” tovushini to’g’ri talaffuz qilishBog'liq Katta g Nutq o\'stirish faoliyatlariMavzu: “s” tovushini to’g’ri talaffuz qilish
Maqsad:
“s” tovushini to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish va bo’g’in, so’zlarda
mustahkamlash.
Vazifalar:
“s” tovushini o’rni aniqlash: so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini aytish,so’zlarni
bo’g’inlarga ajratish, “s” tovushini eshitib farqlashga o’rgatish, “s” tovushli
so’zlar bilan bolalar nutqini boyitish.Savollarga to’liq va aniq javob berishga
o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
“s” tovushining undosh tovush ekanligini, tovush o’rnini aniqlashni bilib oladilar.
“s” tovushiga oid so’zlar ayta oladilar.
Kerakli jihozlar:
s tovushiga oid rasmli suratlar
“Bo’g’inlardan so’z tuzing» ta’limiy o’yin uchun materiallar
faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: bugun bolalar “s” tovushi haqida suhbatlashamiz. s tovushini talaffuz
qilganimizda, “s” tovushi unli tovushga o’xshab cho’ziladi, ammo havo erkin
chiqa olmay zo’rg’a tishlar orasidan chiqadi. Til va tish tegib turgan joy to’siq
bo’ladi. Shuning uchun to’siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, “s” tovushini
aytganimizda ovoz bilan shovqin ham eshitiladi.
Demak, “s” undosh tovush ekan. Tovushni eshitamiz, talaffuz qilamiz.Diqqat
bilan eshiting “s” tovushini talaffuz qilganimda chapak chalasiz.
- “S”, “r”, “l”, “S”, “a”, “o”, “u”, “S”, “sh”, “z”, “S”…..
- “s” tovushiga oid so’zlar topishga harakat qilamiz: soat, sava, savat,
svetofor.(bolalar qiynalsalar rasm ko’rsatish mumkun)
- Aytilgan so’zlardagi “s” tovushini o’rnini aniqlaymiz.
Men aytaman, siz aniqlaysiz: Sigir Men shu so’zni qayta aytaman, siz birinchi
tovushni aytasiz: s-s-sigir, Demak, Sigir so’zida “s” tovushi so’zning boshida
kelyapti; men boshqa so’zni aytaman, siz “s” tovushini o’rnini aniqlang: a-s-s-s-
al, demak, asal so’zida “s” tovushi so’zning o’rtasida kelyapti.Men boshqa so’z
aytaman diqqat bilan eshiting: atlas-s-s demak, at-las-s-s so’zida “s” tovushi
so’zning oxirida kelyapti.
Endi o’zingiz mustaqil “s” tovushi ishtirok etgan so’zlarni toping va o’rnini
aniqlashga harakat qiling. Bolalar aytgan so’zlarini chapak chalish orqali
bo’g’inlarga bo’ladilar.
|
| |