|
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligiBog'liq Katta g Nutq o\'stirish faoliyatlariJismoniy daqiqa
“Bo’ri va echkilar” harakatli o’yin
Tarbiyachi: bolalar siz “echkilar” bo’lasizlar. Echkilar o’tloqda sakrab-
sakrab o’tlab yurishadi. Bir bola “bo’ri” bo’ladi. Qachon men: “Echkilar o’tloqda
yurishibdi” deb aytsam, echkilar xona bo’ylab sakrab yuradilar va “me-me...” deb
aytishadi. Qachon men: “Bo’ri” deb aytsam, echkilar o’z joyiga yugurib ketishadi.
Bo’ri ularni tutishga harakat qiladi, o’yinda shu so’zlardan foydalanilsa bo’ladi.
Echkilar sakrab yurar
Ko’m-ko’k maysa o’tloqda
Qo’rquvdan joni halak
Nazar solar atrofga
Matndagi so’zlarga qarab bolalar harakat qilishadi. Shundan so’ng bo’ri
echkilarni quvlab ketadi. Ushlangan bola bo’ri rolini ijro etadi.
Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, biz hozir bo’ri, echki haqida juda ko’p so’zlar aytdik. So’zlar
bo’g’inlardan tuzilgannini bilib olgan edik.Hozirgina aytilgan so’zlarni
bo’g’inlarga bo’lib ko’ramiz. (Bo’ri, ech-ki, och-ko’z, do-no) Bugun esa so’zdan
tovushni ajratishni mashq qilamiz. Tovush so’z yoki bo’g’inlardan
ajratiladi.Bo’g’in yoki so’zdan unli tovushni ajratish qulay.Men bo’g’inlarni
talaffuz qilaman, qaysi tovushni cho’zib aytayotganimni siz aytasiz: ooo-na.
To’g’ri “O” tovushini cho’zib aytdim. “O” - bu tovush. Birgalikda “O” tovushini
qaytaramiz. Yana ikkkinchi bo’g’inda qaysi tovushni cho’zib aytganimni topasiz:
o-naaa (a tovushini). To’g’ri, endi shu 2-bo’g’indagi boshqa tovushni aniqlang: o-
nna ( “N” tovushi). Demak, so’zda nechta tovush bor ekan? (3ta)Ular qaysi
tovushlar?
(“o”, “n”, “a”) So’z, bo’g’in nimalardan tuzilar ekan? (Tovushlardan) Ona so’zida
qaysi tovushlar cho’zib talaffuz qilindi? Men “o”, “a”, “n” tovushini talafuz
qildim, siz uni eshitdingiz.Demak, tovushlarni talaffuz qilamiz ya’ni aytamiz va
eshitamiz.Birgalikda qaytaramiz.
( tovushlarni talaffuz qilamiz ya’ni aytamiz va eshitamiz.)
faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
|
| |