• • beziyon viruslar;
  • Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari




    Download 99.55 Kb.
    bet2/5
    Sana09.03.2023
    Hajmi99.55 Kb.
    #44648
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kvant kriptografiyasi, Lecture 4 12, 456451, for takrorlash operatori topshiriqlar, 5.Savollar, 2. ДЕНЕЖНЫЕ ПОТОКИ444, informatika, Mustaqil ishi innovatsion loyihalarni tayyorlash-fayllar.org, A.NAVOIY, Oliy taʼlim muassasalarida elektr energiya bilan taʼminlaydigan quyosh panellarini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻrnatish ishlarini amalga oshirish ni tizimli boshlash, Mustaqil ish №5., Loyiha tashabbusi, Mustaqil ish mavzusi, 11111

    Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari:

    — rezident;

    — rezident bo'lmagan viruslarga bo‘linadi.

    Rezident viruslar faollashganlaridan so‘ng to‘laligicha yoki qisman yashash muhitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga ko‘chadi. Bu viruslar, odatda, faqat operatsion sistemaga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muhitini zaharlaydi va ma’lum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi.

    Rezident bo’lmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash muhitini zaharlamaydigan dasturni asosiy xotiraga joylashtirsa, bunday virus rezident bo'lmagan virus hisoblanadi.

    Kompyuter viruslarini foydalanuvchining axborot resurslari uchun xavflilik darajasi bo'yicha quyidagilarga ajratish mumkin:

    beziyon viruslar;

    • xavfli viruslar;

    • juda xavfli viruslar.

    Beziyon kompyuter viruslari kompyuter sistemasi resurslariga qandaydir shikast yetkazishni maqsad qilmagan mualliflar tomonidan yaratiladi. Ularning maqsadi, odatda, o‘zlarining dasturchilik imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilishdir. Bunday viruslarning zararkunandaligi monitorda aybsiz matnlarni va rasmlarning, musiqiy parchalarning ijro etilishiga olib keladi va h.k.

    Xavfli viruslarga kompyuter sistemalari samaradorligi jiddiy pasayishiga olib keluvchi, ammo xotirlovchi qurilmalarda saqlanuvchi axborotning yaxlitligini va maxfiyligini buzmaydigan viruslar kiradi. Bunday viruslar ta’siri oqibatlarini unchalik katta bo'lmagan moddiy va vaqt resurslari sarfi evaziga yo‘qotish mumkin.

    Juda xavfli viruslarga axborotning maxfiyligi buzilishiga, yo‘q qilinishiga, takrorlanmaydigan turlanishga (shifrlash ham shu qatorda) hamda axborotdan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi va natijada apparat vositalaming ishdan chiqishiga hamda foydalanuvchilar sog‘lig‘iga shikast yetishiga sabab bo’luvchi viruslar kiradi.


    Download 99.55 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 99.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari

    Download 99.55 Kb.