|
Quyidagilar avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘ini barpo etishning bosh prinsiplariga aylanishi kerak
|
bet | 10/12 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 46,77 Kb. | | #111794 |
Bog'liq Mavzu Avtomobil yo\'llarini arxitekturaviy landshaftli loyihalas-kompy.infoQuyidagilar avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘ini barpo etishning bosh prinsiplariga aylanishi kerak:
mamlakatning yo‘l tarmog‘idan va ichki hamda tashqi hududlarga chiqish yo‘llaridan teng foydalanish imkoniyatlari;
yo‘l tarmog‘i faoliyatining iqtisodiy samaradorligi;
avtoyo‘l marshrutlarini mintaqalararo va xalqaro avtomobilda tashishning maksimal samaradorligini ta'minlaydigan tarixan yuzaga kelgan yoki eng qisqa yo‘nalishlar bo‘yicha geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda shakllantirish zarur;
transportning har xil turlaridan foydalangan holda eng iqtisodiy intermodal tashuvlarni rivojlantirishga imkon qadar ko‘maklashish maqsadida transport magistral turlarining transport kommunikatsiyalari, tugunlari va terminallariga kirishni ta'minlash.
Avtoyo‘llarning zamonaviy, keng tarmoq otgan tarmog‘ini yanada takomillashtirish quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi:
respublika va xalqaro transport tizimiga samarali integratsiyalashish uchun respublika, viloyat, tuman va shahar uchun eng muhim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olib, yagona, ichki tarmoqlangan va tashqi integratsiyalangan transport makonini shakllantirish;
G‘arb va Sharqni hamda Shimol va Janubni bog‘laydigan, xalqaro va viloyatlararo avtomobilda tashishning o‘ziga jalb etuvchanligi, raqobatbardoshligi, shuningdek samaradorligini ta'minlaydigan mamlakatning yagona transport tarmog‘idan iborat bo‘lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘i saqlanishini ta'minlashni yanada takomillashtirish;
pulli asosda va davlat-xususiy sheriklik asosida tezyurar avtomagistrallar (avtobanlar), tunnellar va avtomobillar yo‘llari yaratish;
viloyat, mahalliy va shahar avtomobil yo‘llarini yanada rivojlantirish, ular ta'mirlanishi va tegishlicha saqlab turilishini ta'minlash.
Ochiq suv oqimlarini kesib o'tish usullari.
Avtomobil yo‘llari qurilishida relefning turli past-baland joylarini, vaqtinchalik, doimiy suv oqimlari va daryolarni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bunday joylardan avtomobil yo‘llarida transport vositalarining uzluksiz harakatini ta’minlab berish uchun quvurlar, kichik ko‘priklar, katta ko‘priklar, viaduklar, yo‘l o‘tkazgichlar, va еstakadalar kabi sun’iy inshootlar quriladi. Quvurlar va kichik ko‘priklarning qo‘llanilishi va ishlash tartibi haqida 2.2 bo’limda yoritilgan. Daryolar - yirik va doimiy suv oqimi hisoblanadi. Joylashgan joy relefiga ko‘ra tekislikdagi, tog‘ oldi va tog‘ daryolari bo‘lishi mumkin. Tekislikdagi daryoning ko‘ndalang kesimi o‘zan va to‘liq oqim vaqtida suv bilan to‘ladigan qayirlardan iborat.
Daryoni kesib o‘tishda quriladigan ko‘prikli o‘tish joylari quyidagi qismlardan iborat: (2.27 va 2.28-rasm): -ko‘prik; -grunt ko‘tarmalaridan iborat ko‘prikka kelish yo‘llari; -ko‘prikli o‘tish joyi oldidagi suv oqimini rostlash va uni himoyalash maqsadida quriladigan boshqarish inshootlari.
Ko‘prik - transport vositalari va piyodalarning hech qanday to‘siqlarsiz suv oqimi ustidan harakatlanishini ta’minlab beruvchi murakkab muhandislik inshooti (2.19-rasm). Ko‘prikning asosiy elementlari bu - tayanchlar, oraliq qurilma va ko‘prik polotnosi.
Ko‘prik tayanchlari ko‘prikli inshootni ko‘tarib turuvchi, oraliq qurilmalarni ushlab turuvchi va oraliq qurilmalardan tushadigan yuklamani asosga uzatib berish vazifasini bajaradi. Oraliq qurilma - ko‘prikni ko‘taruvchi asosiy qismi. Oraliq qurilmalar temirbeton, metall, po‘lat-temirbetondan, yog‘och va tosh materiallardan tayyorlanishi mumkin. Oraliq qurilmalarnig tuzilishiga qarab, balkali, arkali, ramali, osma ko‘priklar farqlanadi. Balkali ko‘prikda asosiy ko‘taruvchi qism bo‘lgan oraliq qurilmalar yoki ferma ikkita tayanch orasida joylashadi (2.29-rasm).
Arkali ko’priklar - asosiy ko‘taruvchi oraliq qurilmasi egri plitali arka bo‘lgan ko‘priklar bo‘lib, arkaning uchlari mustahkam qotirilgan va gorizontal yo‘nalishda siljish ro‘y bermaydi. Bunday ko‘priklarda sharnirsiz, birsharnirli, ikkisharnirli, uchsharnirli arkalardan foydalaniladi (2.31-rasm, 1, 2, 3, 4).
|
| |