|
Tog' yonbag'irlaridagi yo'l poyining ustvorligi
|
bet | 11/12 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 46,77 Kb. | | #111794 |
Bog'liq Mavzu Avtomobil yo\'llarini arxitekturaviy landshaftli loyihalas-kompy.infoTog' yonbag'irlaridagi yo'l poyining ustvorligi.
Tog’li tumanlarda yo’llarni qurish va avtomobil transportidan foydalanishni murakkablashtiruvchi quyidagi omillarni hisobga olish lozim: yo’llarning chegaraviy bo’ylama qiyaligidan katta bo’lgan joy qiyaligi; juda past-baland rel’ef; tik qiyaliklarni zabt etish; havo haroratining keskin o’zgarishi va xokozo. Markaziy osiyoning katta qismi tog’lardan iborat. Qirg’iziston umumiy maydonining 95% ini (188 ming km2 ), Tojikistonning -93% ini (132 ming km2 ), O’zbekistonning – 30% ini (121 ming km2 ), Turkmanistonning – 28% ini (134.8 ming km2 ), Qozoqistonning – 10% ini (275 ming km2 ) tog’li xududlar tashkil etadi.
Tog’ relefi qisqa masofalarda balanglik belgilarining ancha farq qilishi, tog’larning tik yonbag’irlari, tog‘ daryolarining chuqur egri-bugri vodiylari bilan tavsiflanadi. Tog’li joyning geologik tuzilishi uncha katta bo’lmagan uchastkalarda keskin o’zgarishi mumkin. Tog’ yonbag’irlari turg’un bo’lmaydi, yo’l qurilishi ularning muvozanatini buzishi, qulashlar va o’tirilishlarni yuzaga keltirishi, surilish va to’kilishlarni faollashtirishi mumkin. Tabiiy sharoitlar tog’larda qisqa masofalarda o’zgarib turadi, buning ustiga tik (vertikal) mintaqaviylik (dengiz sathidan yuqorilashgan sari iqlim sharoitlarining o’zgarishi) va qiyaliklarning dunyo tomonlariga nisbatan joylashishining (ekspozisiya) ta'siri keskin namoyon bo’ladi. Tog’larda havoning harorati o’rtacha balandlikning har 100 m ko‘tarilishida taxminan 0,50 ga pasayadi.
Sovuq havo yonbag’irlardan berk vodiyga oqadi. Baland tog’li hududlarda haroratning sutkali ancha katta o’zgarib turishi sodir bo’ladi. Balandlik oshgan sari havoning bosimi pasayadi. Balandlik belgilarining havo bosimining 1 mm sim. ust. ga mos keluvchi farqlari havo harorati va atmosfera bosimiga qarab 10...17 mm ni tashkil etadi. Baland tog’li hududlarda havoning siyraklanishi, yonilg’i to’la 102 yonmaganligi sababli, avtomobil dvigatellari quvvatining kamayishini yuzaga keltiradi.
Tog’larga tushadigan yog’in-sochin miqdori dengiz sathidan ko’tarilgani sari har 100 m balandlikka taxminan 40...60 mm ga ko’payadi, bulutlar jadal hosil bo’ladigan zonada maksimumga yetadi. Yozda tog’larda jalalar jadal yog’adi, bunda yillik yog’in-sochinning 15...20 % miqdori tushadi. Barcha tog’ tizmalaridagi, ularning geologik tuzilishlari keltirib chiqaradigan farqlarni, yo’llarni o’tkazish prinsiplari nuqtai nazaridan, tog’ relefining to’rt turini ajratib ko’rsatish mumkin: tog’ oldi, to g’ vodiylari, tog’ yonbag’irlari, suv ayirgich tog’ beli yoki plato. Rejada vodiy bo’ylab yurishda yo’l o’qining yo’nalishi daryo vodiysi qiyaliklarining egri-bugriligi, unga kelib quyiladigan suv oqimlari, yonbag’irlarning noturg’un joylari, aylanib o’tishga to’g’ri keladigan qoyaning turtib chiqqan joyi borligi bilan belgilanadi, bularni aylanib o’tishga, chuqur o’ymalar qilib, qisqa tunnellar qurib kesib o’tishga yoki yo’lni daryoning boshqa qir g’og’iga ko’chirishga to’g’ri keladi.
|
| |