Biomexanikaning ilm-fan sifatida shakllanishi
Mexanika
Biomexanikaning paydo
bo‘lishiga va keyinchalik yanada
rivojlanishiga hal qiluvchi
taʼsir ko‘rsatdi.
Yozgan asarlari
o‘sha davr fanining hamma sohalarini qamrab olgan
buyuk qadimgi Yunon (grek) faylasufi Aristotel hayvonlar tanasining ayrim
organlari va qismlarining tuzilishi va funksiyalarining birinchi batafsil tavsifini
ishlab chiqqan [Aristotel, 1937] va zamonaviy
embriologiya
ga asos solgan
[Aristotel, 1940]. Stagir shahridagi shifokorning
o‘g‘li o‘n yetti yoshli Aristotel
Afinadan Platon Akademiyasiga
o‘qishga kelgan (eramizdan oldingi 428-348
yillar). Akademiyada 20 yil
o‘qigandan va Platonning eng yaqin shogirdi bo‘lib
qolgandan keyin Aristotel akademiyani faqat ustozi
o‘limidan keyin tark etgan.
Keyinchalik u rang-barang faktlar
to‘plab, tajriba (eksperimentlar) va
ochishlar (kesish, yorishlar)
o‘tkazib anatomiya va hayvonlar strukturasi
tadqiqotlari
bilan
shug‘ullangan. Uning ko‘pgina noyob kuzatishlari va
kashfiyotlari shu sohada amalga oshirilgan. Chunonchi, Aristotel birinchi
bo‘lib
rivojlanishining uchinchi kunida tovuq yuragining urishini aniqlagan (
o‘rgangan),
dengiz tipratikanining chaynash apparatini tavsiflagan
(“Aristotelev fonar”) va
ko‘pgina boshqalar [Aristotel, 1937].
Qon aylanishini harakatlantiruvchi kuchni qidirish davomida, Aristotel
qonning uni yurakda isishi va
o‘pkada sovishi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlanish
mexanizmini taklif qilgan:
“yurakni harakati suyuqlikni issiqlik qaynashga majbur
qiladigan harakatiga
o‘xshaydi”. “Hayvonlar tanasi qismlari to‘g‘risida”, “Hayvonlar
harakatlari
to‘g‘risida” (“De Motu Animalium”), “Hayvonlarning paydo bo‘lishi
to‘g‘risida” ilmiy asarlarida Aristotel birinchi bo‘lib 500 dan ortiq tirik organizmlarning
tuzilishini, organlar tizimlari ishini tashkil etilishini qarab chiqqan (
o‘rgangan),
tadqiqotning
taqqoslash
(solishtirish)
usulini
kiritgan.
Hayvonlarni
tasniflashda
(klassifikatsiyalashda) u ularni ikki katta guruhga
– qonli (qoni mavjud) va qonsizlar
guruhiga
bo‘lgan. Bu bo‘linish hayvonlarni hozirgi vaqtdagi umurtqali va umurtqasiz
hayvonlarga
bo‘linishiga o‘xshaydi.
Harakatlanish (
ko‘chish) usuliga ko‘ra Aristotel hayvonlarni ikkioyoqli,
to‘rtoyoqli, ko‘poyoqli va oyoqsiz (sudraluvchi) hayvonlar guruhlariga bo‘lgan. U
birinchi
bo‘lib yurishni nihoyaliklarni (oyoq-qo‘llarni) aylanma harakatini tananing
ilgarilanma harakatiga aylantiradigan jarayon sifatida tavsiflagan, birinchi
bo‘lib
harakatning nosimmetrik xarakterini (
o‘ngaqaylarga xos bo‘lgan chap oyoqqa
tayanchni,
og‘irliklarni chap yelkaga olishni) taʼkidlagan.
Insonning harakatlarini kuzata borib, Aristotel harakatdagi shaklning devorga
tushadigan soyasi
to‘g‘ri chiziq bilan emas, balki ilonsimon chiziq bilan tavsiflanishini
taʼkidlagan.
Aristotel qushlar tanasining
|