Klavdiy Galen
ning (eramizning 131-201 yillari)
tajribalarini hisoblash kerak. U birinchi
bo‘lib tajriba (eksperiment) yo‘li bilan odam
mushaklari ishi bilan
bo‘g‘imlar harakati orasidagi bog‘liqlikni aniqlagan, bir va qarama-
qarshi
yo‘nalishlarda ishlaydigan mushaklar – sinergist va antagonist mushaklar deb
ataladigan guruhi ishiga
eʼtibor qaratgan, mushak tonusi haqidagi tushunchani
kiritgan.
Tug‘ma va o‘zlashtirilgan xulq-atvor to‘g‘risidagi tasavvurni (farazni) kiritgan.
Fan rivojlanishining qoloq
o‘rta asrdagi davrida bularning hammasi to‘xtab
qoldi.
Ilm-fan
bo‘yicha barcha yo‘nalishlardagi uzoq vaqt qotib qolishdan keyin
birinchi
bo‘lib mexanika qonunlarini tirik mavjudotlarni tadqiq qilishda qo‘llash
to‘g‘risidagi fikr uyg‘onish davrining buyuk alloma, rassom, mexanik, matematik,
muhandis va tabiiy sinovchi
Leonardo da Vinchi
ga (1451-1519 yillar) keldi.
U
shunday degan edi
“… mexanika fani shuning uchun ham boshqa fanlardan kerakli va
foydali, chunki harakatlanish qobiliyatiga ega
bo‘lgan tirik organizm (tana) uning
qonunlari
bo‘yicha harakatlanar ekan”.
Uning daftarlarida biomexanika masalalari bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina
yozuvlar, rasmlar va
o‘lchashlar saqlangan va uni haqli ravishda
harakatlar
to‘g‘risidagi fanning birinchi otasi
deb hisoblaydilar.
Tirik
organizmlarning
harakati
muammolariga
klassik
mexanikaning
asoschilari Galileo Galiley (1564-1642 yillar), Rene Dekart (1569-1650 yillar) va Isaak
Nyuton (1643-1726 yillar) ham murojaat qilganlar.
Isaak Nyutonning
“Natural falsafaning matematik boshlanishi” (1686 yil)
traktatida
dinamikaning asosiy qonunlari
ifodalangan.
O‘zining oxirgi tugallanmagan “Optika, yoki yorug‘likning qaytishi, sinishi,
egilishi va ranglari
to‘g‘risida traktat” (1721 yil) ishida Nyuton “Jism harakatlari qanday
qilib (tartibda) irodaga
bo‘ysunadi va hayvonlarda instinkt qayerdan paydo bo‘ladi?”
masalasini
qo‘ygan va bu buyuk olimning bu muammoga qiziqishini ko‘rsatadi. Nyuton
tomonidan tirik mavjudotlarning harakatlarida irodaviy va mexanik komponentlari
masalasi aniq
qo‘yilgan.
Tirik (mavjudot) mexanikasi
bo‘yicha “De Motu Animalium” “Hayvonlarning
harakatlari
to‘g‘risida” deb nomlangan birinchi kitob Rimda 1679 yilda sop etilgan.
Uning muallifi
– G. Galileyning shogirdi, italiyalik shifokor (vrach), matematik va fizik
Jovanni Alfonso Boreli (1608-1679 yillar)
bo‘lgan. Bu kitobda u hayvonlarning
harakatlanish organlarini tahlil qilish
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarni tavsiflagan va
tayanch bilan
o‘zaro taʼsirning asosiy usullarini: undan depsinishni (sportcha yurish,
yugurish), suyuqlik yoki havodan depsinishni (suzish yoki uchish), tortilish (chirmashib
chiqish) usulini ajratgan.
J.A. Borelli Messinda 1649 y. va Pizeda 1656 yil matematikadan darslarni
o‘tgan.
Keyingi tadqiqotlar odam tanasining statik holatlarini
o‘rganishga yo‘nalgan
bo‘lib, Leonardo da Vinchi, Ubaldi (1545-1607 yillar), Stivenson (1548-1620 yillar) va
Varinonni (1654-1722 yillar) tadqiqotlari umumlashtirilgan,
ko‘pzvenoli tizimning
(hayvonlar va odamlar shunday tizim hisoblanadi) muvozanat shartlari mexanika
nuqtai nazaridan batafsil qarab chiqilgan. Statika qonunlarining hozirgi zamon
ko‘rinishi ancha keyin fransuz geometrigi Puanso tomonidan bayon etilgan.
D.A. Borelli tomonidan odam tanasining umumiy
og‘irlik markazini aniqlash
bo‘yicha birinchi tajribalar (eksperiment) o‘tkazilgan. Biroq bu tadqiqotlarda u jiddiy
(ahamiyatga molik) xatolikka
yo‘l qo‘ygan: tajribalarda (eksperiment) odam tanasi
uchtomonli prizmaning qirrasidagi taxta bilan birga soddalashtirilgan. Keyinchalik bu
xatolik aka-uka Veberlar tomonidan aniqlangan va
to‘g‘rilangan. Unga o‘xshash uslub
(metodika)
bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda ular (aka-uka Veberlar) yuqorida aytilgan
taxtani dastlab muvozanatlashtirganlar.
Aynan shunday uslubga (metodikaga) turli vaqtlarda boshqa olimlar (Meyer,
Rishe, Braune va Fisher) ham murojaat qilganlar. Xususan, Meyer 1866 yilda
umumiy
og‘irlik markaz nuqtasi uchta o‘zaro perpendikulyar: odam tanasini, mos
ravishda
o‘ng va chap, oldingi va orqa, yuqorigi va pastki qismlarga bo‘ladigan
oldingi-orqa, gorizontal va frontal tekisliklarning kesishishida joylashganligiga diqqat-
eʼtiborini qaratgan.
Matematik va mexanik Iogann Bernulli (1694 yil)
o‘zining ilmiy va ijodiy
faoliyatini
“Mushaklarning harakati to‘g‘risida fizik-anatomik izlanish dissertatsiyasi” tibbiy
ishi bilan boshlagan.
U alohida tolalar
to‘plami ko‘rinishidagi mushak modelini taklif etgan va turli
yuklamalar
taʼsiri ostida mushaklar shakli o‘zgarishini tadqiq qilgan. Shu paytgacha,
biomexanikada Bernulli tamoyildan foydalaniladi: unga
ko‘ra – mushak qisqarishining
kattaligi shu mushak tarkibiga kirgan tolalar uzunligiga proporsional
bo‘ladi.
Jismoniy mashqlar biomexanikasidagi keyingi ajoyib bosqich aka-uka Eduard
va Vilgelm Veberlar nomi bilan
bog‘liq. Ular odamning yurishini o‘rganish bo‘yicha o‘sha
vaqtda imkoni
bo‘lgan hamma imkoniyatlardan foydalanib klassik tajriba o‘tkazganlar.
Vizual (
ko‘z bilan) kuzatishdan tashqari, ular o‘lchashning tajriba (eksperiment) usullarini:
gorizontal
chizg‘ich (lineyka), katetometr - vertikal masofalarni o‘lchash uchun qurilma
(1/60 sekund) kabilarni
qo‘llaganlar.
Ular tomonidan gavdaning
og‘ishi va vertikal siljishlari, yurish tezligi, qadam
uzunligi va chastotasi, yurish tezligi ortib borishi bilan ikkilangan (juft) tayanch uzunligini
kamayishi aniqlangan.
O‘z tadqiqotlari natijalarini ular 1836-yilda Gettingen shahrida
chop etganlar va bu ish
“Odam harakatlantiruvchi apparati mexanikasi” deb nomlangan.
Biroq, ularning yurish mayatnikni chayqalish tamoyili
bo‘yicha sodir bo‘ladi degan farazi
keyinchalik tasdiqlanmadi.
|