• Arximed o‘zining suzuvchi jismlarni boshqarishni gidrostatik
  • Mavzu: biomexanikaning ilm-fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/11
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,29 Mb.
    #260749
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    65eebbd785dad Презентация 2

    muvozanati
    (ikkioyoqli tayanch) shartlarini
    tadqiq
    qilgan.
    Hayvonlarning
    harakatlari
    to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritib, u
    harakatlantiruvchi mexanizmlarni ajratgan:
    “organ yordamida harakatlangan shu
    narsaki,
    bo‘g‘imlardagiga o‘xshash unda ham boshlanishi va oxiri ustma-ust tushadi.
    Hamma narsa depsinish va tortishish orqali harakatlanadi
    ” [Aristotel, 1976]. Aristotel
    birinchi
    bo‘lib o‘pka arteriyalarini tavsiflagan va “aorta” iborasini kiritgan, tananing
    ayrim qismlari tuzilishi (strukturasi)ning korrelyatsiyasini
    taʼkidlagan, organizmdagi
    organlarning
    o‘zaro munosabatini (taʼsirini) uqtirib o‘tgan, biologik maqsadga
    muvofiqlik
    to‘g‘risidagi taʼlimot asoslarini yaratgan va “tejash (iqtisod) tamoyili”ni
    shakllantirgan:
    “tabiat nimanidir bir joydan olsa, uni boshqa yerda qaytaradi”. U
    birinchi
    bo‘lib turli hayvonlarning qon aylanish, nafas olish, tayanch-harakatlanish
    tizimlari tuzilishidagi (strukturasidagi) va ularning hazm qilish apparatlari farqini
    tavsiflagan [Aristotel, 1937, 1940].
    Buyuk
    qadimgi
    Yunon
    olimi
    Arximed
    o‘zining suzuvchi jismlarni
    boshqarishni
    gidrostatik
    tamoyillarini tadqiq qilishlari va jismlarni suzuvchanligi
    bo‘yicha tadqiqotlari bilan zamonaviy gidrostatikaga asos solgan. U birinchi bo‘lib
    matematik usullarni mexanikaning masalalarini
    o‘rganishga qo‘llagan bo‘lib,
    jism
    muvozanati
    va
    og‘irlik markazi
    to‘g‘risidagi bir qator qoidalarni teorema ko‘rinishida
    shakllantirgan va isbotlagan.


    Arximed tomonidan qurilish konstruksiyalari va harbiy mashinalarni yaratish
    uchun
    keng
    foydalanilgan
    richag
    tamoyili
    tayanch-harakatlanish
    tizimi
    biomexanikasida qo‘llangan birinchi mexanik tamoyillardan biri bo‘lib qoladi.
    Arximed asarlarida harakatlarni (jismni spiral bo‘yicha harakatlanganida to‘g‘ri
    chiziqli va aylanma harakatlarni) qo‘shish, keyinchalik
    Galiley
    o‘zining dinamika
    bo‘yicha fundamental ishlarining asosi deb ataydigan jism tezlashganda tezlikning
    uzluksiz bir tekis ortib borishi to‘g‘risidagi g‘oyalar mavjud [Grigoryan, 1974].
    Mashhur qadimgi rim shifokori
    Galen
    o‘zining “Odam tanasi qismlari
    to‘g‘risida” klassik asarida tibbiyot tarixida birinchi bo‘lib odamning anatomiyasi va
    fiziologiyasini yaxlit tavsiyasini bergan. Bu kitob taxminan bir yarim ming yil
    davomida tibbiyot bo‘yicha asosiy (nastolnoy) darslik bo‘lib xizmat qilgan. Galen tirik
    jonivorlarda birinchi kuzatishlar va tajribalar (eksperiment) qilib va ularning skeletini
    o‘rganib fiziologiyaning boshlanishiga asos solgan. U tibbiyotga viviseksiyani – tirik
    jonivorlarda organizm funksiyalarini tadqiq qilish va kasalliklarni davolash usullarini
    ishlab chiqish maqsadlari uchun operatsiyalar va tadqiqotlar olib borishni kiritgan.
    U tirik organizmda miya nutq va tovush tashkil qilinishi jarayonini nazorat
    qilishini, arteriyalar havo bilan emas qon bilan to‘laligini aniqlagan, organizmdagi
    qon harakatlari yo‘llarini o‘z imkoniyatlari darajasida tadqiq qilgan, arteriyalar va
    venalarni tuzilishi bo‘yicha (strukturaviy) farqini tavsiflagan, yurak klapanlari
    borligini aytgan.


    Organizmni tadqiq qilgan Galen tabiatda hech narsa ortiqcha emas degan
    ishonchli fikrga kelgan va tabiatni tadqiq qila borish xudoning
    g‘oyasini tushunishga olib
    kelishi
    to‘g‘risidagi faylasuf tamoyilini shakllantirgan. O‘rta asr davrida, inkvizitsiyaning
    eng kuchaygan davri
    bo‘lishiga qaramay, juda ko‘p va katta ishlar qilingan, ayniqsa
    anatomiya sohasida, va bu ishlar keyinchalik biomexanikaning yanada rivojlanishiga
    zamin
    bo‘lib xizmat qildi.
    Fanning rivojlanish tarixida arab dunyosida va Sharq mamlakatlarida amalga
    oshirilgan tadqiqotlar natijalari alohida
    o‘rin egallaydi: ko‘pgina adabiy asarlar va
    tibbiyot traktatlari buni isboti hisoblanadi.

    Download 1,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: biomexanikaning ilm-fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi

    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish