Isaak Nyuton
(1642-1727)
I.M. Sechenov
1829-1905
Hozirgi zamonaviy tasavvur va tushunchalar
bo‘yicha biomexanika sohasiga
taalluqli tadqiqotlar qadimgi
Misr
da ham
maʼlum bo‘lgan. Mashhur misr papirusida
(The Edwin Smith Surgical Papyrus, eramizdan oldingi 1800-yil) harakatlanishdagi
shikastlanishlarning turli holatlari, jumladan umurtqaning dislokatsiyasi sababli paydo
bo‘ladigan falaj tavsiflanadi, ularning tavsifi ifodalanadi, davolash usullari va istiqbollash
keltiriladi.
Eramizdan oldingi taxminan 470-399 yillarda yashagan
Sokrat
“toki biz o‘z
xususiy dunyomizni anglab yetmas ekanmiz bizni
o‘rab turgan dunyoni anglab yeta
olmaymiz
” deb o‘rgatgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar katta qon aylanish tomirlari va
yurak klapnlari
to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlarni bilganlar, yurakning ishlashini eshita
olganlar (masalan, Yunon shifokori
Aretey
eramizdan oldingi 2-asrda) [
БСЭ.т.2.с. 414-
415].
Xalsedokli Gerofil
(eramizdan oldingi 3-asr) tomirlar orasida arteriya (arteriya,
qizil qon tomiri - yurakdan barcha
aʼzolarga qon tarqatadigan tomir) va venani (vena,
ko‘ktomir - qonni yurakka olib keladigan tomirlar) farqlay olgan.
Zamonaviy tibbiyotning otasi qadimgi Yunon shifokori
Gippokrat
antik (eng
qadimgi) dunyo tibbiyotini, uni afsun qilish, ibodat qilish va xudolarga qurbonlik keltirib
davolash usullaridan ajratib isloh qilgan.
Sokrat
Mil. avv. 470-399
Gippokrat
Mil. avv. 460-377
“Birikmalarni bo‘laklash”, “Sinishlar”, ”Boshdagi yaralar” singari traktatlarda
(traktat-ayrim masala yuzasidan yozilgan ilmiy asar) u
o‘sha vaqtda maʼlum bo‘lgan
tayanch-harakatlanish tizimidagi buzilishlar tasnifini amalga oshirgan va davolash
vosita va usullarini, xususan mexanik, tarang qilib tortilgan
bog‘lashlar, tortib olish,
qayd qilish (fiksatsiya) taklif etgan [Borodulin, Tibbiyot tarixi].
O‘sha vaqtdayoq oyoq-qo‘llarning birinchi takomillashgan yasama aʼzolari
(protez-protez, yasama
aʼzo-gavdaning biror aʼzosi o‘rniga qilingan mexanik asbob
yoki apparat) paydo
bo‘lgan va ular ayrim funksiyalarni bajarish uchun xizmat qilgan
bo‘lishi mumkin. Har holda, katta (akasi) Pliniyda ikkinchi Puni urushida (eramizdan
oldingi 218-210 asrlar) ishtirok etgan bir Rum
qo‘mondoni to‘g‘risida qayd etilgan.
Jangda yaralangandan keyin uni
qo‘li amputatsiya (amputatsiya - oyoq yoki
qo‘lni, yoki ularning bir qismini xirurgiya usuli bilan kesib tashlash) qilingan va temir
qo‘l bilan almashtirilgan. Shuning bilan birga u protez bilan qalqonni ushlagan va
janglarda ishtirok etgan.
Platon
hamma narsalarning aql bovar qilmaydigan timsollar (proobraz) -
g‘oyalar to‘g‘risida taʼlimot yaratgan. Inson tanasining shaklini tahlil qila borib, u
taʼlim beradiki, “Xudolar, Olamni tasvirlariga taqlid qilgan holda, sharsimon
(sferoid)
jismga
ikkala
jozibali
(
божественный)
o‘zgarib
turishlarni
(
круговращения) kiritgan, va uni hozir biz bosh deb ataymiz”.
Tayanch-harakatlanish tizimini u quyidagicha tushuntiradi:
“bosh hamma
yeri balandlik va chuqurliklar bilan qoplangan yerda yumalab ketmasligi uchun
tana
cho‘zinchoq bo‘lgan va uni harakatlaniuvchi qilgan xudoning rejasiga (qasd,
g‘araz, niyat) ko‘ra undan to‘rtta nihoyalik (oyoq-qo‘l) chiqargan; ularni yoyish va
yig‘ish mumkin; ular yordamida ushlab va tayanib tana hamma yerda
harakatlanish qobiliyatiga ega
bo‘lgan ... “.
Platon
ning dunyoning va odamning tuzilishi
to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari
mantiqiy
tadqiqotga
asoslangan
va
“u shunday tarzda borishi kerak-ki,
ehtimollikning eng katta darajasiga erishilsin
” [Platon].
|