|
Aqliy hujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan iborat
|
bet | 7/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 74,58 Kb. | | #234149 |
Bog'liq Bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash (1) tt Aqliy hujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan iborat:
-tarbiyalanuvchilar erkin o’tiradigan qilib joylashtiriladi. arbiyalanuvchilarning g’oya va fikrlarini yozish yoki belgilash uchun varaqlar tayyorlab qo’yiladi;
-hal etilishi lozim bo’lgan muammo aniqlanadi;
-ish jarayoni belgilab olinib, tarbiyachi «Ilg’ab oling, g’oyalarga asoslaning, qo’shing, kengaytiring, o’zgartiring» kabi luqmalar orqali bahs-munozarani boshqarib turadi;
-qo’yilgan muammo yuzasidan barcha fikrlar tinglanadi va yozib boriladi.
-o’’zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlarga aslo yo’l qo’yilmaydi.
-varaqlar g’oya va fikrlar bilan to’lganda, ular ko’rinarli yerga osib qo’yiladi;
-g’’oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
-barcha fikr va g’oyalar tinglangach yangi, kuchli, asosli va original g’oyalar tarbiyachi tomonidan rag’batlantiriladi, baholanadi.
1. “Faoliyat o’yini” deb ataladigan metod yangi sohani o’zlashtirish, masalan, topshiriq o’rganishda ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish maqsadida alohida ahamiyatga ega. Bu usulning qimmatli xislati shuki, faoliyat modelini ijro etish orqali bolalarga biror bir kasb-hunar haqida tushuncha berish, shunmgdek, mazkur sohada ijodiy mulohaza yurita olishni, voqea-hodisalarni jonli, dinamik ravishda tasavvur qila olishni o’rgatish mumkin. Natijada salohiyatli, yetuk mutaxassislarni tarbiyalash imkoni yaratiladi.
Bu o’rinda shuni ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan usullarni qo’llashda tarbiyachidan yuqori malaka va tarbiyalanuvchilar fikrlarining to’g’ri- noto’g’riligini baholash, sharhlab borish talab qilinadi. Biror ko’rinishda baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikrlash jarayonini faollashtirish xususiyatiga ega bo’ladi.
“Suhbat metodi”. Tarbiyalanuvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga undashda ta’limning suhbat metodi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi, metodika llmida suhbat metodiga bagishlangan anchagina ishlar mavjud. Bugun ta’lim tizimida yangi bilim va ma’naviy sifatlarning qayta kashf etilishi tarbiyalanuvchilar ishtirokida tarbiyachi tomonidan emas, balki tarbiyalanuvchilarning o’zlari tomonidan tarbiyachi yordamida amalga oshirilishi talab qilinmoqda. Bunday qayta kashfiyotlar asar ustida ishlash davomida tarbiyachi va tarbiyalanuvchining jonli muloqotida, tom ma’noda izlanuvchi suhbatlarda amalga oshadi.
Tarbiyalanuvchi tafakkuri mustaqilligini ta‘minlashga qaratilgan suhbatning asosiy talablaridan biri - savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo’lishi. Tarbiyalanuvchini o’ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga undaydigan savollarni tayyorlayotganda tarbiyachi sinfdagi barcha tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik, ijodkorlik darajasini nazarda tutishi lozim. Ta‘lim-tarbiya jarayonining har bosqichida tashkil qilingan suhbatlarda
tarbiyalanuvchilar hamisha ham asoslangan, jiddiy javoblarni beraverishmaydi. Savollarga tarbiyalanuvchilarning to’laqonli javoblar berishida tarbiyachining yordamchi savollari qo’l keladi. Bunday vaziyatlarda bitta fikrga aniqlik kirituvchi bir nechta yoki o’sha fikrni rivojlantiruvchi turkum qo’shimcha savollar beriladi. Oquvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga undovchi suhbatlarni muvaffaqiyatli tashkil etishning shartlaridan biri - ularning javoblariga e’tibor, hurmat va chuqur mulohaza bilan yondashishdir. Javob berayotgan tarbiyalanuvchining fikrlari chalkashib ketishi yoki noaniq bo’lishi tabiiy. Tarbiyachining vazifasi uni butun guruhga tushunarli qilib sharhlab berish emas. Bu ta’lim metodikasida mutlaqo noto’g’ri hodisa. Tarbiyalanuvchi aytmoqchi bo’lgan fikrni qiynalib, izlanib, munosib so’zlarni topib, o’zi ifodalashi kerak. Tarbiyalanuvchining fikrini aytishga o’rinsiz ko’maklashish uni o’ylamaslikka o’rgatib qo’yadi. Agar yordam berish kerak bo’lsa, qo’shimcha savollar bilan tarbiyalanuvchining o’z fikrini aniqroq, tiniqroq lfodalashiga lmkon yaratish mumkin.
Tarbiyalanuvchi nutqi haqida shuni aytish mumkinki, tarbiyachi javoblardagi silliqlikni birinchi o’ringa ko’tarmasligi kerak. Tarbiyalanuvchining javoblarini muntazam ravishda tuzatib, to’ldirib turish ham mutlaqo noto’g’ri. Albatta, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisining fikri olim yoki tarbiyachining fikridek to’kis bo’lmaydi. Tarbiyalanuvchining fikri - mana shu to’mtoqligi, jo’nligi, jaydariligi, tarqoqligi bilan olimnikidan qadrliroq, tarbiyachinikidan qimmatliroq. Tarbiyachining vazifasi fikr ifodalashda mantiq, mustaqillik, izchillik, madaniyat va bilimlilikni tarbiyalashdir.
“Evristik metod”. Ta’lim jarayonida qo’lIanilgan evristik metod tafakkur mustaqilligi nisbatan yuqori bo’lishini ta‘minlaydi, tarbiyalanuvchilarda mustaqil mulohazalar uyg’otadi, muhokama qilishga, xulosa chiqarishga undaydi. Bu metodning asosiy shakli muhokama hisoblanadi. Suhbat metodida tabiyachi ко’p roq sukut saqlashi, eshitishi talab qilinsa, evristik metodda adabiy haqiqatlar tarbiyachi bilan fikr almashishlar, birgalikdagi tadqiqot va kuzatishlar orqali o’zlashtiriladi. Evristik metod tarbiyalanuvchilarda mustaqil fikrlash, o’z holicha ishlash va yaratish xususiyatlarini qo’zg’atadi.
“Tadqiqot metodi”. Ta’limning tadqiqot metodida tarbiyalanuvchilar oldiga ularning bilimini orttiradigan masalalar qo’yiladiki, bu masala tarbiyachi rahbarligida tarbiyalanuvchilar tomonidan yechilib, yangi bilimlar o’zlashtiriladi. Tadqiqot metodi o’quv jarayonida tarbiyachi tomonidan baland darajadagi muammoli nazariy va amaliy tadqiqiy masalalar ko’tarilishini nazarda tutadi. Bu bilim olishning har bir bosqichida ta’limning mahsuldor-amaliy va izlanish usullarini mustaqil ravishda qo’llash orqali amalga oshiriladi. Mazkur metodda tarbiyalanuvchilar amaliy ishni dalillar to’plash, ularni nazariy tahlil qilish, tizimga solish va umumlashtirish bilan birgalikda bajaradilar.
Ta’limda tashkil etilgan tadqiqot metodining evristik metoddan farqi shundaki, unda “kashfiyot” mustaqil ravishda ajratilgan hodisa tahlilidan keyin, daliliy ashyolar, olingan natijalar solishtirilib, umumlashtiriladi, so’ng amaliy ish jarayonida sodir bo’ladi. Bunda tadqiqot topshirig’i sifatida tarbiyalanuvchilar mustaqil ravishdagi o’quv-biluv faoliyatining to’liq sikli – ma’lumot to’plashdan tortib uning tahliligacha, mustaqil ravishda muammo qo’yish va uni hal etish, masalaning yechimi va yangi bilimlarni amaliyotda qo’llashga qadar qamrab olinadi.
“Ijodkorlik metodi”. Mashg’ulotlarda tarbiyalanuvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish uchun ularni ijodga undash maqsadga muvofiq. Masalan, barchaga yaxshi tanish bo’lgan “Zumrad va qimmat” yoki “Ur to’qmoq” ertaklarining nomini aytmasdan ularda ko’p qo’llaniladigan beshta tanish so’zni keltirish: “mehnatkash”, “егка”, “o’gay ona”, “o’rmon”, “sehrgar kampir” hamda oltinchi begona so’z – “vertolyot” ko’magida ertak tuzish vazifasini topshirish mumkin. Yoki “ochil dasturxon”, “laylak”, “shum bola”, “qaynar xumcha”, “chol” va begona so’z – “uchar gilam” ko’magida yangi ertak to’qishga yo’naltirish mumkin. Yoxud tugagan ertakni davom ettirish, qahramonlarning keyingi hayotini tasavvur qilishni talab etish ham o’ta foydali ijodiy ish turi hisoblanadi. Muhimi, bu bilan tarbiyalanuvchida mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmasi paydo bo’ladi.
Ertak qahramonlari xarakterini o’zgartirish bilan ham bolalarni ertak to’qishga o’rgatish mumkin. Bolalarning xayolot olami o’ta kuchli. Bundan mashg’ulotlarda unumli foydalana bilish kerak. Masalan, tanish ertak syujeti asosida yangi ertak yaratish, ya‘ni o’sha qahramonlar bilan boshqa ertak to’qish; sinfda hikoyachi rolini o’ynash - o’ylab topilgan voqeani sinfdoshlarga aytib berish singari topshiriqlar ham tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga yo’naltiradi.
“Izlab top”. Bunda , doskaga birini ko’rsatib, birini ko’rsatmay magnitli suratlar yopishtiriladi, shu ikki surat yordamida hikoya tuzishni tashkil qilinadi. Masalan, quyosh-(qalam), shkaf-(it). Suratlar ishtirokida hikoya tuzishda bolalar ikkinchi suratning nima ekanini bilmaydilar. Shu ikkinchi suratni qidirib dunyo- dunyo voqealarni aytib yuboradilar. Buni o’zlari ham sezmay qoladilar. Kimning ertagida mana shu ikkinchi so’z ishtirok etganini tarbiyachi belgilab borishi, o’yinning oxirida buni yuzaga chiqarishi, muvaffaqiyat qozonganlarni, albatta, rag’batlantirishi kerak bo’ladi. Mustaqil fikrlashga o’rgatishning bu turidan maqsad berkitilgan suratni topish emas, shu surat ko’magida tarbiyalanuvchilarni ijodga, mustaqil mulohaza yuritishga undashdir.
“Nima bo’lardi agar” metodi. Tarbiyalanuvchilarga “Nima bo’lardi agar” (davomi kutilmagan savollar) - siz dinozavr bilan to’qnashib qolsangiz; siz suv osti mamlakatiga tushib qolsangiz; siz parilar makoniga borib qolsangiz; siz sehrgar bo’lib qolsangiz; dunyoda pul bo’lmasa; dunyoni pul bosib ketsa; Toshkent o’zga sayyoraga uchib ketsa; va hokazo g’ayrioddiy, xayolparastlikka undaydigan savollarni berish bilan ularni ijodga yo’naltirish, shu asosda bolalarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish mumkin.
“Hikoya metodi”. Ushbu metodni qo’llashda tarbiyalanuvchilarga ularni o’ylantirgan, qiynagan yoki sevintirgan tuyg’ularga hamohang mavzularda xikoya qilish topshirig’i berilishi kerak. Masalan, ma’lum shaxs haqidagi xikoya mavzulari: “O’rtog’imning kuchugi”, “Do’stim mening - faxrim mening”; o’rganilgan asarlar yuzasidan: “Mening sevimli ertagim”, “Xurishni eplolmagan kuchukchaga munosabatim”; tabiatni kuzatishga doir “Baxor faslidan olgan taassurotlarim», “Bizning bog’da”, “Sevimli Maktabim”; Kasb tanlashga doir
“Kim bo’lsam ekan?” “Mening otam - quruvchi” kabi mavzularda aytilgan hikoyalar istisnosiz ijod mahsuli sanaladi. Bunda tarbiyalanuvchilar qo’yilgan maqsad sari ongli ravishda harakat qiladilar, o’zlarining aqliy va jismoniy kuchlari, imkoniyatlarini u yoki bu shaklda ifodalashga urinadilar. Ishning mustaqil ravishda bajarilishi uchun tarbiyalanuvchining faoliyatiga hech kim aralashmasligi, uning o’zi o’z xatti- harakatlarmi to’g’ri yo’naltirib, imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, oldida turgan masalani o’zi mustaqil hal qilishiga muvofiq sharoit yaratilishi lozim. Shu jarayonda bola mustaqil ravishda fikrlaydi. Chunki uning bunday faoliyati mustaqil fikrlagandagina amalga oshishi mumkin bo’ladi. Unga hech kim yo’l-yo’riq ham ko’rsatmaydi, yordam ham bermaydi. Yuqoridagi hikoya mavzularini tarbiyalanuvchilarga mustaqil ish tarzida topshirish mumkin.
“Uyga vazifa” Tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan ishlardan yana biri - uy vazifalarining berilishi va bajarilishidan iborat. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga uyga beriladigan topshiriqlar shaklan o’tilgan mashg’ulotlarni takrorlamasligi kerak. Aks holda bu o’quv materialini mexanik tarzda eslab qolishga olib keladi. Uy vazifalari tarbiyalanuvchining guruhdagi faoliyatidan shunisi bilan farq qiladiki, uning barcha topshiriqlari tarbiyalanuvchining o’zi tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. Ta’limning bu turidan tarbiyalanuvchilarda mashg’ulot jarayonida tarbiyalangan tafakkur faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanish lozim. Uy vazifasining ma’lum reja asosida tayyorlanishi ham tarbiyalanuvchilar aqliy mustaqilligi va faolligini oshiradi. Uy vazifasini tayyorlashni to’g’ri yo’lga qo’ya bilgan tarbiyalanuvchi undan mustaqil mulohaza talab qiladigan muhokamalarga o’ziga ishongan holda qatnashadi.
“Guruhlarda ishlash”. Mashg’ulot jarayonini tarbiyalanuvchilarni kichik- kichik guruhlarga umumlashtirib ham tashkil etish mumkin. Bu metod J.Donald tomonidan ishlab chiqilgan. Guruhdagi tarbiyalanuvchilardan kichik guruhlar tashkil etishda:
|
| |