|
Mavzu: Boshlangich sinf matematika darslarida geometrik materiallardan foydalanish metodikasi. Mundarija
|
bet | 2/7 | Sana | 23.06.2023 | Hajmi | 0.59 Mb. | | #75330 |
Bog'liq Musulmon matem 11 ustama buyruq Jo\'rayeva N. (2)Mavzuning dolzarbligi. Mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, geometriya elementlarini oqitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida oquv metodik kompleksi yaratilmagan.
Geometriya elementlarini togri tashkil etish uchun oqitishning barcha usul va vositalaridan eng unumli va samaralilari maqsadga muvofiq holda tanlab olinishi kerak va mavjudlari zamon talablari, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini hisobga olgan holda qayta korilishi kerakligi ma'lum boladi.
Mavzuning ishlanganlik darajasi: Geometrik elementlarini orgatish metodikasi masalalari bilan M.I.Moro, A.S.Pchyolko, A.M.Pishkolo, L.I.Skatkin, M.A.Bantova, A.A.Stolyar, B.A.Drozd, A.Sh,Levenberg, N.U.Bikbayeva, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova, P.I.Sorokin. M.E.Jumayev, Z.G.Todjiyeva va bir qancha olimlar, shu jumladan ilmiy tekshiruv institutining hodimlari shugullanganlar.
N.U.Bikbayeva, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova Boshlangich sinflarda matematika oqitish metodikasi da (Toshkent: Oqituvchi 1996 yil) geometrik materialni orgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va boshlangich sinflarda geometrik materialni orgatishdan kozda tutilgan asosiy maqsadlarni sanab otgan. A.Sh,Levenberg Boshlangich sinflarda geometriyadan grafik laboratoriya ishlari (Toshkent: Oqituvchi 1983 yil) nomli oqituvchilar uchun oquv qollanmasida boshlangich sinflarda geometrik materialni orgatishda foydalaniladigan amaliy ishlarga misollar keltirgan va ushbu metodning afzalliklarini bayon etgan. P.I.Sorokinning 4-sinfda geometriya materialini orgatish tajribasi (Toshkent: 1953 yil) nomli kitobida biz 4-sinf geometrik materialni orgatishning metodlarini korishimiz mumkin. Faqat bu korsatmalar hozirgi kun standart va dasturidan bir qancha farq qiladi. M.E.Jumayev, Z.G.Tadjiyeva Boshlangich sinflarda matematika oqitish metodikasi (Toshkent: Fan va texnologiya 2005-yil) oquv qollanmasida ham boshlangich sinflarda geometrik materialni orgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va uni organish metodikasi bayon etilgan.
|
| |