II Bob. Boshlangich sinflarda geometrik materialni orgatishning metodikasi.
2.1.Geometrik material ustida ishlash metodikasi.
Biz I-IV sinflarda geometriyadan amaliy ishlar haqidagi masalani korib otamiz. Bunday ishlarning mohiyati haqida F.A.Orexov quyidagicha yozadi: "Geometriyadan amaliy ishlar oquvchilarning oqituvchi rahbarligidagi oqitish faoliyati korinishlaridan biridir. Bunday oqish jarayonida geometriya geometrik obrazlarni qurish hamda yasash, hosil bolgan figuralar va ular orasidagi munosabatlarni oquv nazariy va amaliy tadqiqot yoli bilan organiladi."
Amaliy ishlar oquvchilarning geometrik shakllar va ulardagi miqdoriy ozlashtirishlariga, olingan bilimlarini turli amaliy na nazariy masalalarni hal etishga tatbiq qila olishlariga ijobiy ta'sir korsatadi.
Amaliy ishlar ta'lim berishda perspektiv prinsipni amalga oshirish uchun ahamiyatga ega. Bu prinsipning mohiyati boshlangich maktabga nisbatan quyidagidan iborat: geometrik materialni organish vaqtida geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni to'plash, geometrik figuralarni yasash malakalarini hosil qilish yoli bilan navbatdagi sistematik kursni organishga tayyorlash.Darsda oquvchining individual xususiyatlarini hisobga olish oqituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ishdir. Amaliy ishlar oqitishning jami ish ritmini buzmasdan, differensiallab olib borish imkonini beradi.
Jadvalli amaliy ishlarda ilgari organilgan mavzuni takrorlash yangi otish bilan birga olib boriladi, geometrik tasavvurlarning toplanishiga asoslanib navbatdagi mavzularni organish uchun zarur bolgan shart-sharoit vujudga keladi"-deb yozadi F.A.Orexov.
Amaliy ishlar fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bolib, oquvchining oz-ozini nazorat qilish konikmasini rivojlantiradi va takomillashtiradi, mustaqil ishlarini ta'minlaydi, qiziquvchanligini va topqirligini ostiradi.
Matematikadan amaliy ishlarga bagishlangan maqolalarning kopchiligi ham bu ishlarning pedagogik nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiqligini, mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mulki bolib qolayotganligi haqida guvohlik berib turibdi.Maktabda matematika oqitishda amaliy ishlardan foydalanish goyasi, matematika ta'limi ishining mazmun, shakllari, metodlari va turlarida borgan sari keng aks etmoqda.Amaliy ishlarga hisoblash, olchash, yasash, chizish usullarini kompleks qollanishini talab etadigan barcha ishlar taalluqlidir.F.A.Orexov amaliy ishlarni uch guruhga boladi: tayyorlov, asosiy va amaliy ishlar. Muallif korsatadiki, tayyorlov ishlari yordamida yangi materialni ozlashtirish uchun zarur bolgan masalalar takrorlanadi, otiladigan mavzu bolalarning kuchi yetadigan shaklda qo'yiladi. Asosiy ishlarni bajarish bilan oquvchilar organilayotgan figuralarning xossalarini korib chiqadilar va isbot qiladilar. Amaliy (tatbiqiy) ishlarni bajarishdan maqsad topilgan xulosalarni amaliy va nazariy masalalarga qollanishidir, buning natijasida bolalarning bilimi chuqurlashadi va mustahkamlanadi".
Boshlangich sinflarda ta'lim berish oziga xos xususiyatlarga ega. Bu yerda, jumladan, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, oquv predmeti mazmunining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Demak, boshlangich maktablarda amaliy ishlar otkazishning tashkil etilishi ham, texnikasi ham, metodikasi ham oziga xos xususiyatlarga ega. Boshlangich matematikaga oid oquv-metodika adabiyotlarda qaysi materialni organish vaqtida amaliy ishlar otkazish ma'qulligi haqida ba'zi korsatmalar berilgan. Jumladan. A.S.Pchyolko bunday yozadi "Amaliy mashgulotlardan asosan oquvchilarni kattaliklar; uzunlik, og'irlik, sigim, vaqt, yuza, hajm va boshqalar bilan, ulaming, xossalari va olchash usullari bilan tashkillashtirishda foydalaniladi.Amaliy ishlar mavzularini tanlashda biz ularning mazmuniga nisbatan qoyiladigan quyidagi mulohazalarga asoslanamiz:
1) amaliy ishlar programma materiali bilan uzviy bogliq bolishi va boshlangich matematika oqitish sistemasidan tashqariga chiqmasligi kerak;
2) oquvchilarning amaliy konikmalarining, olchash va yasashga oid qobiliyatlarining shakllanishiga iloji boricha tolaroq yordam berishi, ularning politexnik tayyorgarligiga komaklashishi lozim;
3) ishlar orasida shundaylari ham bolishi lozimki, ular oquvchilardan faqat geometriyadan tegishli ma'lumotlarni va hisoblashlarni qollanishni talab etmasdan, balki malum bolgan matematik bilimlarni kompleks qollanishni talab etsin.
Amaliy ishlarni otkazish metodikasi shunday bolish kerakki, birinchidan, bu ishlarni bajarish kuzatuvchanlini, gipoteza va taxminlarni qo'ya bilishni hamda tekshira bilishni rivojlantirishga, analogiya boyicha xato fikrlash va umumlashtirishlarni rad eta olishga, o'quvchilarning bilish qobiliyatlarini o'stirishga, tadqiqot xarakteridagi oquv faoliyatining rivojlanishiga yordam berishi; ikkinchidan, ishlarni bajarish, olchash, hisoblash va yasash malakalarining egallanishiga yordam berishi; uchinchidan bu ishlar oquv topshiriqlarini mustaqil bajara olish, fikrlash, eksperiment otkaza olish, o'zini qiziqtirayotgan masalalarga mustaqil javob izlash va xulosa chiqarish, mustaqil ishlarda chizmachilik qurollaridan foydalanish hamda nazariy bilimlarni amalda qollana bilish uchun malaka va konikmalarni rivojlantirishga va mustahkamlashga yordam berish kerak.
Demak, biz amaliy ishlarni tanlayotganda mana shu shartlarni qanoatlantiradiganlarini tanlab olishimiz lozim. Biz yana shularga e'tibor berishimiz kerakki, tashkillashtirayotganda amaliy ishimizni sinfdagi har bir oquvchi bajara olishi, eng past ozlashtiruvchi oquvchilar ham jarayonda faol qatnashishlari lozim.
Bu qoshimcha ma'lumotlarni va vazifalarni amaliy ishlarni tanlashda ham, tashkillashtirishda ham oquvchilarga vazifa qilib berishda ham e'tiborga olish lozim. Shuningdek, keyingi bandlarimizda ham bunga batafsil toxtab otamiz.
Amaliy ishlarning ichki tuzilishi. Matematikadan amaliy ishlarning ichki tuzilishi masalasi alohida e'tibor berishni talab etadi. Amaliy ishlarda bajariladigan topshiriqlarning hajmi ba'zi hollarda barcha mazmuniy tayanch bandlarni oz ichiga oladi, bu bandlarni ozlashtirish organilayotgan mavzuni butunlay tushunishni ta'minlaydi. O'zining ichki tuzilishiga kora bitta amaliy ish yo bitta mustaqil topshiriqdan iborat bo'lishi, yoki 2-4 va undan ortiq topshiriqni oz ichiga olishi mumkin, keyingi holda ularning bir qismi didaktik maqsadlarga qarab uyda yoki darsning istalgan qismida bajarilishi mumkin.
Jihozlar. O'quvchilarda amaliy ishlarda chizmalar (rasmlar, sxemalar) chizishlari uchun kataklarga bolingan maxsus daftar, shuningdek, chizgich, go'niya, chizmachilik uchburchagi va qalamlar bolishi kerak. Oqituvchi chizmachilik qurollaridan foydalanish qoidalarini oquvchilarga tushuntirib berishi lozim. Masalan, chizgichdan foydalanishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat chizgichning bolinmalar qoyilgan qirrasi faqat olchash uchun moljallangan, to'g'ri chiziq kesmalarini chizish uchun uning ikkinchi qirrasidan foydalaniladi. Chizgich ifloslanmasligi va chizilgan kesma ravshan bolishi uchun chizmani faqat qalam bilan chizish loizim. Qogozga chizgichni shunday qoyish kerakki, olchanayotgan yoki chizilayotgan kesma chizgichning yoruglik tushib turgan tomonida qolsin. Ishga kirishishdan oldin oqituvchi chizmachilik qurollarini tartibli saqlash zarurligini bolalarga tushuntirishi lozim: chizgich va goniyada bo'lishi, chizg'ichning bolinmalari ravshan korinib turishi, qalamlar yaxshi ochilgan bolishi kerak. Sinfda organilayotgan figuralarning xossalarini namoyish qilish uchun korsatmali qurollar majmui, shuningdek oquvchilar bajaradigan rasmlar, sxemalar oxshash korgazmali rasmlar, sxemalar bolishi lozim.
Chizmachilik sinf doskasida bajarish uchun doskaning bir qismi kataklangan bolishi kerak.
Darsni tashkil etish. Yangi materialni organish uchun moljallangan amaliy ishlarga 10-12 minut (3-4-sinflarda esa darsning koproq qismini ham) mashq va tekshirish ishlariga esa 8-10 minut ajratish maqsadga muvofiqdir. Ishni boshlashdan oldin oqituvchi bolalarga topshiriqni aytib beradi, suhbat otkazadi, bunda chizma yoki modelni namoyish etadi. Oquvchilar oqituvchining gapini diqqat bilan tinglaydilar va qilinadigan ishning hamma jihatlarini tushunib olishga harakat qilib, suhbatda ishtirok etadilar.
Oquvchilar ishni bajarayotganlarida oqituvchi qiynalayotgan oquvchilarga yordam berishi kerak.
Darsni tashkil ertish boyicha F.A.Orexov tavsiyalarini keltiramiz: o'quvchilarning ishini kuzatib turish darsning ajralmas qismidir. O'qituvchi tomonidan oquvchilarning butun dars davomidagi harakatlarini kuzatish natijasida jurnalga baho qoyiladi.Oquvchilarning kuchli va bosh tomonlarini korsatish bilan oqituvchi ularning faoliyatini ragbatlantiradi. Kuchli oquvchilar asosiy ishni bajarganlaridan song ularga qo'shimcha, bir oz qiyinroq ishni tavsiya qiladi. Tirishqoqligi, ishni muddatidan ilgari va sifatli bajarganligi uchun bolalarni ragbatlantirish katta ahamiyatga ega.Ayrim ishlarni bajarib bolgandan song bir oz bosh vaqt berilishi foydali, bu orqada qolgan oquvchilarning ortoqlariga yetib olishlariga imkon beradi. Tanaffuslarni sekin-asta qisqartirib borib, butun sinf oquvchilarining bir meyorda va yetarlicha tez ishlashlariga erishish mumkin. Tanaffuslardan oz-ozini tekshirish, ishlarni ozaro tekshirish va oquvchilarning ozaro yordamlari uchun foydalanish mumkin.
Topshiriqlarning rejasini va mazmunini oquvchilarga tushuntirish. Topshiriq teksti turli usullar bilan, ya'ni korsatmali qurolni, modelni namoyish qilish bilan bir vaqtda ogzaki tushuntiriladi, didaktik material korinishida barcha oquvchilarga tarqatiladi, topshiriq qismlar boyicha bir ishni bajarishdan oldin oqib beriladi, doskaga yoziladi.
Topshiriq oquvchilarga tushunarli, ixcham, shu bilan birga batafsil qilib tushuntirilishi lozim. Kirish suhbati butun ishning amaliy va mantiqiy rejasini tuzib olish maqsadini kozda tutadi. Topshiriqni bajarish jarayonida kopincha uning ayrim bosqichlarini aniqlashtirib olishga ehtiyoj tugiladi. O'qituvchi bolalarning ishlarini kuzatib borib, ularga ishning borishi davomida tushuntirishlar beradi, topshiriq oquvchilarga qiyinchilik qilgan hollarda esa topshiriqning bir qismi (yoki butun topshiriq) doskada oquvchi tomonidan bajariladi. Biroq asosiy e'tiborni ishni mustaqil bajarishga qaratish kerak.Bolalar har bir ishni bajarib bolganlaridan so'ng, qilingan ishni umumlashtirish maqsadida yakunlovchi suhbatlar otkazish zarur. Hosil qilingan chizmalardan foydalanib, qilingan ish va olingan natijalarning mohiyati haqida sozlab berishni bolalarga taklif qilish foydalidir.
Amaliy ishlarni bajarishda darslik bilan ishlash.
Bir qator amaliy ishlar darslikdagi mashqlarni oz ichiga oladi. Shu sababli darslikdagi qator topshiriqlarni amaliy ishlar bilan qoshib bajarish mumkin.
Ba'zi chizmalarni, ayniqsa darsliklardagi katak chiziqlarda berilgan chizmalarni kochirib chiqish maqsadga muvofiqdir, chunki oquvchilarda figuraning eng xarakterli nuqtalari koordinatalarini topish malakalari, berilgan figuraga teng figura yasay olish malakalari mustahkamlanadi. Shu bilan birga ular organilayotgan materialning mohiyatiga tushunib boradilar.
Oqitishda individual yondashish.
Darsda individual yondashish,o'quvchilaming individual xususiyatlarni hisobga olish oqituvchi ishining mas'uliyatli va muhim jihatlaridan biridir.
Amaliy ishlar, birinchidan,bolalarning individual xususiyatlarini organish uchun qulay sharoit yaratadi. Haqiqtan ham, o'quvchilar amaliy ishlar tipidagi topshiriqlarni bajarayotganlarida oqituvchi ularning ishini kuzatib borish - imkoniga ega bo'lib, amaliy ishlarning oziga xos xususiyatlarini qayd qilib boradi,bolalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni koradi. Bu kuzatishlar oqituvchiga har bir oquvchining imkoniyatini aniqlash va bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Jumladan, o'quvchilar asosiy topshiriqni bajarganlaridan song ularga alohida topshiriqlarni berish foydalidir. Bunday qoshimcha topshiriqlar sifatida (masalan, berilgan chizma boyicha) boshqa masala tuzish va uni yechishni yoki masalaning boshqacha yechilishini topishni, bitta masala yechilishining turli usullarini taqqoslashni berishi mumkin.
Materialni tanlashda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib jadval usulda bosilgan didaktik materiallar, shuningdek, o'qituvchining oquvchilar bilan birga tayyorlagan didaktik material katta yordam berishi mumkin.
Bilim, malaka va konikmalarni hisobga olish.
Amaliy ishlar oquvchilarning bilmlari, malakalari va konikmalarini ratsional aniqlashga imkon beradi. Amaliy ishlarni oquvchilar mustaqil bajarayotganlarida oqituvchi oquvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni kuzatish imkoniga ega bo'ladi,ish qanday ketayotganligini baholaydi,qiynalayotgan oquvchiga yordam beradi va h.k.Bilimlarni tekshirish va baholashga kam vaqt ketadi. Ishlarni tekshirish va baholashni tezlashtirish uchun olchashlar va hisoblashlar natijalarini oldindan tayyorlab qoyish muhimdir.
Amaliy ishlar bilimlarni tematik jihatdan hisobga olish imkonini beradi.
Eng yaxshi ishlarni korsatish.
Vaqti-vaqti bilan eng yaxshi ishlarni (daftarlarni, alohida chizmalarni, modellarni) korsatishni tashkil etish lozim. Bunday korgazmani stendlarda va vitrinalarda tashkil etish mumkin.
|