• Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari
  • Bilimlarni tekshirish va baholashdagi asosiy kamchiliklar




    Download 51,26 Kb.
    bet3/7
    Sana17.11.2023
    Hajmi51,26 Kb.
    #100293
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    bilim va ko\'nikma
    Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari, Jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti geo, ReadMe UzTransLit, Krossvord, 6-мавзу (2), “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” (2), 12-мавзу матни, 1 maruza, Mavzu111, 2-мавзу матни, Kirish qismi, Креатив фикрлаш ОН-1, AQLIY TARBIYA, 102-guruh Saxibova Dilrabo, 1-ma\'ruza
    Bilimlarni tekshirish va baholashdagi asosiy kamchiliklar:

      • Uning vazifalarini to‘g‘ri tushunish;

      • Ta’lim jarayonida uning rolini asossiz ko‘tarib yuborish;

      • Tekshirish va baholashning darsda asosiy maqsadga aylanib qolishi;

      • Bilimlarni tekshirish va baholashda bir xil texnologiyadan foydalanish; O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashda bu jarayon nazorat qiluvchi, ta’lim-

    tarbiya beruvchi muhim funksiyani bajarishni unutmaslik kerak.
    Bu nazorat uchun asosiy funksiya bo‘lib, ta’lim beruvhi va tarbiyachi yordamchi funksiyadir. Biroq tekshirish maqsadi va ko‘rinishi turlicha bo‘lganda, bu uch funksiya turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tekshirishning yakuniy imtihon shaklini oladigan bo‘lsak (uni o‘tkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin), bunda nazorat qilish funksiyasi ustunlik qiladi (ta’limga vaqt qolmaydi).
    O‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish bo‘yicha joriy tekshirish olib borilsa, bu holat ta’lim beruvchi funksiyasi ustun bo‘lishi kerak. Tarbiya berish funksiyasi ham ustun bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi, ba’zi o‘quvchilarni sistemali ishlashga o‘rgatishga intiladi, baho bilan rag‘batlantirib, ularning ruhiy xususiyatlariga (irodasini rivojlantirish, xotirani mustahkamlash va h.k.) ta’sir etishga harakat qiladi, me’yyoridan ortiqcha o‘ziga bino qo‘yish holatlarida bahoga qat’iy yondoshib ish ko‘riladi. Umuman olganda, baho xolis (ob‘ektiv) bo‘lishi bo‘lsa-da, biroq o‘z tabiatiga ko‘ra hamisha noxolis (subyektiv)dir.
    Ushbu funksiyalarga muvofiq o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning aniq usullari tanlanadi.
    O‘quvchining fanga doir egallagan bilimlarini baholashning odatda turli xil shakl usullari qo‘llaniladi: og’zaki baholash, yozma baholash, test usulida va reyting tizimi orqali baholash shular jumlasiga kiradi.
    Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari:

      • o‘qituvchi o‘quvchi bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotda bo‘ladi;

      • o‘quvchining bilimini chuqurroq anglash uchun qo‘shimcha savollar berish imkoniyati tug’iladi;

      • og’zaki javob o‘quvchini og’zaki nutqini mashq qilish va faol fikrlashga undaydi.

    Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o‘quvchi o‘z bilimdonligi, qo‘shimcha o‘rganganlarini namoyish eta oladi. Bevosita so‘rash paytida o‘quvchining bilimini o‘zlashtirish masalasida o‘qituvchida ilgari tug’ilgan ayrim shubhalar bartaraf etiladi.

    Download 51,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 51,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilimlarni tekshirish va baholashdagi asosiy kamchiliklar

    Download 51,26 Kb.