|
-sinf o`quvchilarining ona tili va o`qish fanidan bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar
|
bet | 5/7 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 51,26 Kb. | | #100293 |
Bog'liq bilim va ko\'nikma2-sinf o`quvchilarining ona tili va o`qish fanidan bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan asosiy talablar
“Ta`lim to`g`risida»gi Qonunda ta`limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta`lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta`limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta`lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi bilan belgilanishi bejiz emas.
2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish
bo`yicha beriladigan zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalar deganda biz
o`quvchilarning kundalik muloqat - muomala madaniyati hamda ona tilida ish yuritish uchun xizmat qiladigan bilim, malaka va ko`nikmalar tizimini tushunamiz.
Demak, bog`lanishli nutqni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bilim, malaka va ko`nikmalar tizimi belgilangan mavzular bo`yicha egallangan zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalar tizimidir. 2-sinf o`quvchilarining bog`lanishli nutqini shakllantirish va rivojlantirish uchun esa so`zning ma`nosini tushunish, uni to`g`ri va o`rinli qo`llash, gapni grammatik jihatdan to`g`ri shakllantirish, talaffuz me`yorlari va gap ohangiga rioya qilish singarilar muhim ahamiyatga ega.
Bog`lanishli nutq uchun o`ta zarur bo`lgan dastlabki malaka va ko`nikmalar
o`quvchilarga avvalo 1-sinfdan boshlab singdiriladi.
«O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim to`g`risida»gi Nizomda
ta`kidlanganidek: «Boshlang`ich ta`lim o`qish, yozish, sanash, o`quv faoliyatining
asosiy malaka va ko`nikmalari, ijodiy fikrlash, o`zini-o`zi nazorat qilish uquvi,
nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog`lom turmush tarzi
asoslarining egallab olinishini ta`minlashga da`vat etilgan».
Shu asosga ko`ra, boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning umummadaniy va
axloqiy ko`nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.
Boshlang`ich ta`lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o `zo`zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog`lom bo`lishga, moddiy borliq go`zalliklarini his eta olishga, go`zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliyurf-odatlarni o`zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o`rgatadi.
Boshlang`ich ta`lim bosqichi oldiga qo`yilgan vazifalarning bajarilishini
nazorat qilish ta`lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta`lim standarti asosida davlat boshlang`ich sinf o`quvchilaridan standartda belgilab qo`yilgan
ko`rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o`z navbatida, bu ko`rsatkichlarga
erishish uchun zarur bo`lgan ta`limiy xizmatlar va vositalar bilan ta`minlaydi.
Boshlang`ich ta`lim davlat standarti o`quv predmetlari bo`yicha emas, balki
ta`lim sohalari bo`yicha belgilandi. Ta`lim sohalari bo`yicha standart
ko`rsatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta `lim
mazmunining miqdoriga asoslanib belgilanadi. Boshlang`ich ta`lim davlat ta`lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta`lim mazmuni ko`lamini chegaralash, ta`lim sohalarini integratsiyalash imkonini b eradi. Davlat ta`lim standartini belgilash boshlang`ich ta`lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtayi nazardan yangilash)ni ko`zda tutadi .
Davlat ta`lim standarti boshlang`ich ta`lim jarayoni oldiga qo`yilgan ijtimoiy
talabga asoslangan holda o`quvchilar egallashlari lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarga qo`yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa, o`z navbatida, o`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini baholash mezonlarini belgilashga imkon beradi. Boshlang`ich ta`lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ayni shu boshlang `ich sinf o`quvchilarida ko`nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan ta`lim sohalarining mujassamlashgan parametrlari tashkil qiladi.
Boshlang`ich ta`lim standarti mazkur ta`lim bosqichining har bir ta`lim
sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta `lim sohasining
modernizatsiyalashtirilishi, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta `lim jarayonining
vosita va metodlari hamda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va
darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e`tibor boshlang`ich ta`lim
berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to `laqonlilikni
saqlab qolishga qaratiladi. Boshlang`ich ta`lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo `yiladigan talabda ta`lim sohalari bo`yicha o`zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg`unlik to`la ta`minlangan bo`lmog`i kerak. Shu jihatdan boshlang`ich ta`lim standartini belgilash ta`lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang`ich ta`lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo`llash imkonini beradi. Quyidagi pedagogik omillar ta`lim jarayonida yangi texnologiyalarni qo`llash uchun asos yarata oladi:
- boshlang`ich ta`lim jarayoniga kiritilgan har bir ta`lim sohasi bo`yicha
belgilanadigan ta`lim mazmuniga mos tarzda o`quv materialining tadrijiy tarzda berilishini ta`minlash;
- ta`lim jarayonini ta`lim sohalarining maqsadiga bo`ysundirish va
ta`lim sohalararo maqsadlar mutanosibligini ta`minlash;
- har bir ta`lim sohasi bo`yicha boshlang`ich sinf o`quvchilarida hosil
bo`ladigan bilim, ko`nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta`lim
natijasini baholash mezoniga qo`yiladigan talablarni boshlang`ich ta`lim
standartining asosiy parametrlari bo`yicha ishlab chiqish.
Boshlang`ich ta`lim standarti ta`lim sohalariga qo`yilgan standart
ko`rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta`lim
sohalarida belgilab qo`yilgan ta`lim standartining ko`rsatkichlari tashkil etadi.
Ta`lim sohalari bo`yicha ta`lim natijasining sifati xuddi mana shu ko`rsatkichlarga
asoslangan holda aniqlanadi. Bu o`rinda, belgilab qo`yilgan ko`rsatkichlar
umumlashtiriladi hamda aniq o`lchov birliklarida ifodalanadi.
Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib
boruvchi ta`lim tamoyillariga asoslanib, jahon tajribasiga tayangan holda
O`zbekiston Respublikasidagi boshlang`ich ta`lim tayanch o`quv rejasi doirasiga
ona tili, o`qish, matematika, tabiat hamda inson va jamiyat ta`limi sohalari
kiritiladi.
Ona tili o`qish ta`limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini
kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o`zgalar fikrini anglashi, o`z fikrlarini og`zaki
va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a`zolari bilan erkin muloqotdabo`la olish ko`nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o`rinda ona tili ta`limiga o`quv fani emas, balki, butun ta`lim tizimini uyushtiruvchi ta`lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta`limi standarti ko`rsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o`z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon eta olishga o`rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`limi sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi: o`qish texnikasi, o`zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O`qish texnikasi bolaning savodxonlik, yozma nutq belgilarini, talaffuzda ifodalash ko`nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan.
Bu parametr orqali o`quvchining notanish bo`lgan matnni ifodali o`qiy olish
ko`nikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko`rsatkich sifatida ifodali o`qish tezligi,
ya`ni berilgan matndan minutiga nechta so`z o`qiy olish ko`rsatkichi belgilangan.
Sinfdan sinfga o`tish, miqdoriy ko`rsatkichdagi belgilar soni oshishi bilan birga,
berilgan matnni o`qishdagi talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib
boradi.
Matn mazmunini anglash, o`zgalar nutqini eshitish va fikrini anglash
malakasi o`quvchining og`zaki bayon qilayotgan o`zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametrning ko`rsatkichlari o`quvchi 10 minutda qancha sahifa matnni o`qishi, o`zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og`zaki qayta bayon qilish darajasini aniqlaydi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo`lib, ona tili ta`limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o `quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo`yicha ta`lim sifatining natijasini baholashda o`qituvchi tomonidan quyidagi ko`nikmalarning darajasi aniqlanadi:
- fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
- mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va h.k.);
- tavsifning mavzuga muvofiqligi va mukammalligi;
- tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;
- imloviy (yozma) savodxonlik.
Mazkur standart mezonlarining o`zaro uzviy bog`liqligi (integratsiyasi)ni
nazarda tutib, o`qish ona tili ta`limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida
asosiy omil hisoblanadi.
Boshlang`ich ta`limda ona tili ta`limi mazmunining negizi quyidagilarni o`z
ichiga oladi:
- nutq va gap, nutq tovushlari, ona tilining fonetik tizimi: tovushlar va
harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz
undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);
- bo`g`in va bo`g`in tuzilishi, so`zlarni bo`ginlab ko`chirish;
- so`z va so`z ma`nolari (lug`aviy tahlil-bir ma`noli so`zlar, qaramaqarshi ma`noli so`zlar, ko`p ma`noli so`zlar);
- so`z tarkibi: o`zak va qo`shimcha (turlovchi va yasovchi), o`zaklarda
tovush o`zgarishi, o`zak va qo`shimchalar imlosi;
- so`z-nomlarni mazmuniga ko`ra guruhlash: predmetlar nomini
bildiruvchi so`zlar, predmetlarning harakatini, belgisini, sanog`ini bildiruvchi
so`zlar, predmetga ishorani ifodalovchi so`zlar (shaxsga nisbatan - kishilik
olmoshi);
- gap, gapning fikr bildirish maqsadiga ko`ra turlari (darak, so`roq,
buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi
(nuqta, so`roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim)
belgilar : vergul, qavs, ikki nuqta, ko`p nuqta;
- gapning tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo`laklar
(ega va kesim), asosiy mazmunini to`ldiruvchi bo`laklar (ikkinchi darajali
bo`laklar - ularning turi va nomlaridan mustasno);
- gapda so`zlarning o`zaro bog`lanishi, so`zlar birikmasi (ega va kesim
munosabatidan mustasno), gapning uyushiq bo`laklari, ularning o`zaro bog`lanishi
(ohang, bog`lovchi so`z yordamida);
- gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikrbayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog gaplar,
bayon, kichik insho, og`zaki, yozma ijodiyot;
- xabarnoma, xat, maqola, tabriknoma, taklifnoma, e`lon, tushuntirish
xati yozish, ro`yxat tuzish.
Boshlang`ich ta`limda ona tili ta`limi tarkibidagi o`qish mazmunining negizi
quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- o`zbek bolalar yozuvchilari asarlari;
- mavzu doirasi: Vatan, vatan o`tmishi, hozirgi taraqqiyoti, kelajagi,
buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, ilm-fan, ma`rifat, madaniyat,
tengdoshlari hayoti, mavsumiy o`zgarishlar;
- janriy xususiyatlari: hikoya, ertak, maqol, topishmoq, tez aytish, she`r,
masal, latifa, lof, ilmiy-ommabop asarlar;
- kitob bilan ishlash;
- so`zlarni to`gri talaffuz qilish; bo`ginlab o`qishdan ongli, sidirg`asiga,
tez, to`gri, ravon va ifodali o`qishga erishish;
- kichik hajmli bir necha she`rni yod olish;
- yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida to`laroq
tushuncha hosil qilish;
- badiiy asarlarni sharhli, ijodiy va ifodali o`qish;
- asar syujeti voqealari o`rtasidagi bog`lanishni, qahramonlarning fe`latvorlarini aniqlash,qiyosiy tavsiflash;
- o`qigan asarlari yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini ogzaki va yozma
tarzda izchil ifodalash;
- so`z boyligini oshira borish va nutqida faol qo`llash;
- o`qigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;
- badiiy asarlarni estetik tahlil qilish;
- o`qigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish;
- nasriy asar mazmunini to`liq, qisqartirib, shaxsini o`zgartirib
hikoyalash;
- badiiy asarlarni o`zaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.
|
| |