|
Yozma baholashning yaxshi tomonlari
|
bet | 4/7 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 51,26 Kb. | | #100293 |
Bog'liq bilim va ko\'nikmaYozma baholashning yaxshi tomonlari:
yozma tarzda berilgan javob o‘quvchi o‘quv materialni o‘zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo‘ladi;
o‘quvchi o‘z fikrlarini qog’ozda ifodalash uchun amaliyotdir;
ekspertlar o‘tkazgan yozma nazorat o‘quvchining bilimiga obyektiv baho qo‘yishga imkoniyat yaraladi.
Og’zaki va yozma baholashga xos jiddiy nuqsonlar:
o‘quvchining bilimiga qo‘yiladigan baholarga subyektivlik alomati ko‘proq. Baho ko‘pincha boshqa o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladi, bunda baho kamaytirilishi yoki oshirib qo‘yilishi ham mumkin. Imtihon oluvchilar bitta og’zaki javob yoki bitta yozma ishga turlicha javob qo‘yishlari mumkin;
imtihonda o‘quvchi biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho esa butun o‘quv predmeti dasturi mazmunini bilgani uchun qo‘yiladi;
besh balli baho balli shkalasi bilim o‘zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkon bermaydi;
og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv, aniq va asosli baholashni ta’minlay olmaydi.O`qituvchi o`quvchilarni har qanday vazifani ongli bajarishga maxsus
o`rgatadi. Shu maqsadda darslikda birinchi uchragan mashqlarni bajarish uchun shu mashq topshirig`ini nechta qismdan iboratligini va ularni qaysi tartibda bajarish zarurligini o`quvchilarga tushuntiradi. Mashqni sinfda yoki uyda bajarganda avval nima qilish kerakligini, topshiriqlarni bajarish tartibini aniqlab olish va tavsiya qilingan tartibda bajarish zarurligi uqtiriladi; o`quvchilar o`zlari bajargan ishlarning to`g`riligini tekshirishga o`rgatiladi. Mashqlarni ongli bajarish bilan o`quvchilar mashqni nima uchun, qanday maqsadda ishlaganlarini va u nimalarni o`rgatishini tushunadilar.
Bu sinfda o`quvchilar avval grafik shakli talaffuziga mos bo`lgan so`zlarni
yozishni bilib oladilar. So`zlarni harflarni tushurib qoldirmay yoki o`rnini
almashtirmay yozishga o`rgatish tilni o`qitishda muhim vazifa hisoblanadi. Fonetik
bilim va ko`nikma grafik ko`nikma uchun asos bo`ladi.Shunung uchun yozuv
malakasini shakllantirishda fonetik material amaliy yo`nalishda o`rgatiladi.
Shularni hisobga olib darslikda ko`p mashqlar: 10 so`z yoki gap yozishga
tayyorlash (e`tibor bilan o`qish aniq tallaffuz qilish); 2)izohlab yozish;
3)darslikdan tekshirish kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.
O`quvchilarni xatboshini idrok qilishga, xatboshidan yoza olishga o`rgatish,
ona tili darslarini birinchi kunidayoq bu ko`nikmani mustahkamlab borish talab qilinadi. O`quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida ta`limiy, keyinroq
o`quvchilar saviyasiga mos tekshirish dektantlari o`tkazish rejalashtirilgan. Diktant
yozdirilgach, uni, albatta tekshirib, o`quvchilar yo`l qo`ygan kamchilik va xatolaraniqlanadi, xatolar guruhlarga ajratiladi va yo`l qo`yilgan xatolarni to`g`irlashga, ayrim xatolarning oldini olishga yordam beradigan mashqlar tayyorlanadi;keyini ona-tili darsining ikkinchi qismidan 20 daqiqa vaqt (ayrim ho llarda bir dars) ajratib, diktant tahlili va xatolar ustida ishlash mashg`uloti o`tkaziladi. Dasturga ko`ra 1-2-sinflarda o`quvchilar yozgan mashqlarning barchasi tekshirilishi zarur.
Aks holda darslarning samarasi bo`lmaydi.
Kichik yoshdagi o`quvchilarga ona tilini samarali o`rgatish uchun ularni tilni
o`rgatishga qiziqtirish,ularning o`quv faoliyatini faollashtirish va aqliy
faoliyatlariga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish, xususan o`quvchilarga materialni
o`zlashtirish ussullarini o`rgatish zarur.
Yangi pedagogik texnalogiyalarni qo`llash bugungi kun talabi.
Shu maqsadda bir necha yaxlitlashtirilgan (integralashtirilgan) dars
turlaridan namunalar berildi.
Darslarda test savollari.tarqatma materiallarni qo`llash taxminiy berildi. Har
bir o`qituvchi o`z imkoniyati, maqsadidan kelib chiqqan holda ularni qo`llash
o`rinlarini o`zgartirishi mumkin.
Dastur materiallarining o`quv yiliga taxminiy taqsimoti.
(Haftada 4 soatdan. 34 haftada 136soat)
1 chorak (36 soat). Takrorlash. Tutiq belgisi. O`zbek alifbosi.
2 chorak (28 soat). Nutq. Matn. Gap. So`z va bo`g`in. Bo`g`in ko`chirish.
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.Ularni harf bilan ifodalash. Aytilishda
tushib qoladigan undoshlar. So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar.
3 chorak (40 soat). So`z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar.
Narsa va shaxs nomini bildirgan so`zlar. Kishlarning ismi va familiyasi,
hayvonlarga qo`yilgan nom, shahar qishloq, ko`cha daryo nomlarida bosh harf.
Narsa va shaxs harakatini bildirgan so`zlar.
4 chorak (32 soat). Narsa va shaxs belgisini bildirgan so`zlar. Sanoq va
tartibni bildirgan so`zlar. Gap. Bo`g`in. Bog`lanishli nutq. Yil oxirida takrorlash.
21
Darslarda o`quvchilarning til materiallarini oson o`zlashtirishlarini,
grammatik tahlilni sodda, aniq yo`llar bilan amalga oshirishlari uchun turli
jadvallardan foydalaniladi.
Ona tili darslarini tashkil etishda o`quvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga
undovchi, taqqoslash va kuzatishga asoslangan holda xulosa chiqarishga
yo`llovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga oshirishni ta`minlovchi topshiriqlar
beriladi.
Har bir mavzu bo`yicha beriladigan topshiriqlar sistemasi shunday
tuzilganki, ular grammatika, imlo va o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`zaro
bog`liqlikda, muayyan izchillikda o`rgatishni ta`minlaydi.
Ishning o`ziga xos tomoni yana shundaki, har bir mavzudan so`ng
o`quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tarqatma materiallardan foydalanishga
oid amaliy ko`rsatmalar berildi. Bu dars uchun savol va topshiriqlar tizimi ishlab
chiqildi. Bular o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilimlar hajmini belgilashga,
o`quvchilarning o`z bilimlarini o`ziashtirish darajalarini aniqlash va tekshirishga
yordam beradi.
Ona tili darslarida o`quvchilarni qiziqtiradigan borliq, tabiat hodisalari,
hayvonot va o`simliklar dunyosi, vatanimiz o`tmishi, buyuk ajdodlari haqida,
tengqurlari haqida ma`lumot beruvchi matnlar, gaplar, mazmunli rasmlar berildi.
Bolalar yozuvchi va shoirlari ijodidan namunalar tanlashda ham matnning
soddaligiga, yengil hajv bilan yozilganiga, matnlarda bola uchun yangi so`zlar
bo`lishiga, ular ustida rasmlar asosida ishlashga e`tibor qaratildi. Masalan,
o`quvchi qush so`zini yoki kundalik hayotida har kuni ko`rib turgan qushlar
nomini biladi, lekin son-sanoqsiz qushlar mavjud, ular nomini va ularning o`zini
asta-sekin taniy borishiga e`tibor berilmas edi. Biz shu narsaga alohida diqqatni qaptdik.
|
| |