|
II BOB. 2- SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSIDA KOʻRGAZMALILIK ASOSIDA OʻQUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
|
bet | 6/7 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 51,26 Kb. | | #100293 |
Bog'liq bilim va ko\'nikmaII BOB. 2- SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSIDA KOʻRGAZMALILIK ASOSIDA OʻQUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
2.1. 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsida koʻrgazmalilik ishlardan foydalanish yo`llari
Tarqatma materiallar boshlahg`ich sinflarda kartochkalar yoki buyumlar
ko`rinishida bo`lishi mumkin.
I. Buyumlar ko`rinishidagi tarqatma materiallar asosidagi mustaqil ishlar.
Bunday tarqatma materiallar o`quvchilar nutqini o`stirish yoki ularda
sinchkovlik, kuzatuvchanlikni rivojlantirish maqsadida tarqatiladi va quyidagi
savollar bilan murojaat qilish mumkin:
- Buning nomi nima?
- Uning ko`rinishi qanday?
- U nima maqsadda ishlatiladi?
II. Kartochkalar asosida o`tkaziladigan mustaqil ishlar.
Tarqatma materiallar kartochkalari o`tilgan mavzularni takrorlash,
mustahkamlash, olingan bilimlarni sistemalashtirish maqsadida ishlatiladi.
Kartochkalarni tarqatishdan avval o`quvchilar o`qituvchi bilan birgalikda darslikda
berilgan mashqlarni bajarib, mashqlar shartini tushunish, bajarilish tartibini va
yo`llarini o`rganadilar.
O`qituvchilar biz quyida namuna sifatida ko`rsatadigan tarqatma
materiallardan foydalanishlari yoki o`zlari xilma-xil topshiriqlar asosida
tayyorlashlari mumkin. Muhimi, bunday didaktik materiallar mustaqil ishlarni
uyushtirishda va shunday mustaqil ishlar vositasida o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish, izlanish, analiz va sintez qilish, to`g`ri xulosalar chiqarish malakalarini shakllantirishga yordam bersin.
Tarqatma materiallar bilan ishlashning afzalligi shundaki, o`qituvchi har bir o`quvchining individual bilim darajasini, bilimlarni o`zlashtirish darajasini, ularning har bir mavzu yuzasidan o`zlashtirgan bilim darajalarini alohida tarzda qayd qilib borish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bundan tashqari, tarqatma
materiallardan foydalanishda bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilar bilan alohidaishlash, o`quvchilarning mustaqil ishlarini izchil ravishda murakkablashtirib borish imkoniyati ham juda keng.
Tarqatma materiallardan o`z o`rnida va to`g`ri foydalanish o`qituvchiga
qisqa muddat davomida yuksak natijalarga erishishga yordam beradi.
O`quvchilarda bilim olish bilan birgalikda mustaqillik, ijodkorlik, o `z-o`zini tekshirish, o`z kuchiga ishonch, har bir topshiriqni hal etishga mas`ullik va
ijodkorlik bilan ongli yondashish kabi xislatlarni shakllantiradi. Biz quyida
beradigan tarqatma materiallar 2-sinfda Alifbe davri, ona tili va o`qish darslarida
foydalanishga mo`ljallangan. Ona tili darslarida foydalanish uchun berilgan
tarqatma materiallar mavzular bo`yicha ajratilgan.
Har bir mavzuga bag`ishlangan tarqatma materiallardan shu mavzu
o`tiladigan darslarda hamda keyinchalik mustahkamlash, takrorlash darslarida ham
foydalanish mumkin.
B-2
Maqolni o`qing.
Ish ishtaha ochar,
Dangasa ishdan qochar.
Har bir so`zda nechta harf bor?
B-3
O`qing.
Har gulning hidi boshqa.
Gapdagi har bir so`zda nechta tovush bor?
B-4
Quyidagi gaplarni yozma shaklga aylantirib yozing.
Munavvar onasiga yordamchi. Onasi ovqat qilayotganda sabzavotlarni
tozalab beradi. Kir yuvayotganda esa chelakchasida suv tashib beradi.
B-5
Gapni o`qing. Unda nechta tovush va nechta harf bor?
Singlimning tili burro.
- 20 ta harf va 21 ta tovush. - 20 ta harf va 18 ta tovush.
- D. Unli tovush va harflar
- D-l
- O`qing. Olma, atirgul, Ibrat, sohil.
Har bir so`zda nechta unli va undosh tovush borligini aniqlang.
D-2
Avval bitta unli tovush qatnashgan so`zlarni, keyin ikkita unli tovush
qatnashgan so`zlarni tanlab o`qing.
Olcha, anor, tol, Karim, uzum, sihat, bol, ufq.
D-2
O`qing.
Olim, paxta, taxta, umid, eman, daraxt, ovoz, ulkan.
Avval undosh tovush bilan boshlanadigan so`zlarni, so`ng unli tovush
bilan boshlanadigan so`zlarni yozing.
D-4
O`qing.
Sham, Tolib, Sobir, olam, armug`on, Anushirvon.
Har bir so`zdagi undosh tovushlar sonini ayting.
D-5
Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni qo`ying.
- Talaffiiz qilganda og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchramaydigan
tovushlar . . . tovush deyiladi;
- Talaffuz qilganda og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchraydigan
tovushlar . . . tovush deyiladi. E. Alifbo E-1
Sinfdoshlaringizdan to`rttasining ismini alifbo tartibida yozing.
E-2
Oila a`zolaringiz ismini alifbo tartibida yozing.
E-3
Quyidagi harflar alifboda nechanchi o`rinda joylashgan? U, Q, F, J, I, O. E-4
O`qing. Qo`qon, Andijon, Qarshi, Toshkent, Buxoro, Kitob.
Yuqorida berilgan shaharlar nomini alifbo tartibida joylashtiring.
E-5
O`qing. Ona, daftar, Vatan.
So`zlardagi harflarni alifbo tartibida joylashtiring.
F. Bo`g`in
F-l
Quyidagi so`zlarda nechta bo`g`in bor? Bol, tol, olam, qalam, fazogir,
tomorqa.
F-2
She`rni o`qing.
Toshxon qiz o`zi-o`zi,
Boshida yorma do`zi.
Yormado`zi yarashgan,
Oyisiga qarashgan.
(G`.G`ulom). She`rdagi har bir so`zni bo`g`inlarga ajrating.
F-3
So`zlardagi bo`g`inlar soni qanday tovushlar soni bilan bir xil bo`ladi?
- Undosh tovushlar soni bilan.
- Unli tovushlar soni bilan.
F-4
O`qing.
Bodom kabi yaprog`i,
Sollanadi butog`i.
O`zi shirin tukligina Mazasi ham totligina.
Topishmoqning javobini toping. Har bir so`zda nechta bo`g`in
borligini`ayting.
F-5
Avval bir bo`g`inli, so`ng ikki bo`g`inli, oxirida esa uch bo`g`inliso`zlarni terib o`qing.
Naqsh, mamlakat, tabiat, sabzi, quvur, sinf, rostgo`y, rost.
G. Bo`g`in ko`chirish G-1
Quyidagi so`zlarni avval bo`g`inga bo`lish qoidasiga binoan, so`ngra
bo`g`in ko`chirish qoidasiga binoan bo`lib yozing.
Elak, dori, duo, giyoh, hamroh, ipak, hosil.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II BOB. 2- SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSIDA KOʻRGAZMALILIK ASOSIDA OʻQUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
|