• Oddiy HTML-hujjatlarni yaratish.
  • Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida




    Download 57,65 Kb.
    bet4/10
    Sana25.11.2023
    Hajmi57,65 Kb.
    #105521
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA 101

    1.4. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash vositalari.

    Kompyuter texnologiyalarining juda katta imkoniyatga ega bo`lgan matn muharrirlari, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qiluvchi dasturini vositalarining yaratilishi ta`lim tizimida ham o`z samarasini bermoqda. Bular sirasiga Macromedia DreamWeaver, Microsoft FrontPage, HTML muharrirlari va Microsoft Word, Adobe Photoshop, CorelDraw, Macromedia Flash kabilarni kiritish mumkin.


    HTML-(HayperText Markup Language-gipermatnni belgilovchi til), (Web-muharrir) matnli va grafikli xossalarini o`z ichiga mujassamlashtirgan dasturli vositalar bo`lib, u web-hujjatlarni yaratish va tahrir qilish uchun mo`ljallangan. Web-hujjat - bu elektron ko`rinishdagi hujjat bo`lib, undan Internet tizimida ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun foydalaniladi. Shu sababli bu dasturli vositaning imkoniyatlariga kengroq to`xtalamiz.
    Oddiy HTML-hujjatlarni yaratish.
    HTML-hujjatlari (ASCII qoidalarida yozilgan) oddiy matnli fayllar bo`lib, ular maxsus belgilangan qoidalarni o`z ichiga oladi. HTML-hujjatlarni yaratish va tahrir qilish uchun maxsus uskunaviy vositalar ishlatiladi. Web-sahifani quyidagi oddiy uskunaviy vositalardan foydalanib ham yaratish mumkin:

    • bloknot ko`rinishida tiqilgan (vstroyenniy) Microsoft Windows Notepad tahrirlagichi (redaktor), DOS, Windows Write tahrirlagichlari, Macintosh uchun TeachText/SimpleText tahrirlagichi yoki EMACS Unix uchun yoki VAX/VMS uchun tahrirlagich;

    • hammaga ma`lum va mashhur Microsoft Word tahrirlagichi, Word Perfect yoki ASCII kodi va boshqa matn rejimida ishlaydigan ixtiyoriy tahrirlagichlar.

    Bundan ko`rinib turibdiki, HTML-hujjatni yaratish uchun qandaydir bir matnli tahrirlagich kerak.
    HTML-matnni maxsus dastur yordamida tahrirlash uchun bu matnni HTML-hujjatiga aylantirish imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. HTML-hujjatlarni saqlashda .html yoki .htm kengaytmani ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu holda keyinchalik qiynalmaslik uchun hujjatning qaysi turga tegishli ekanligini aniqlab olish kerak. Maxsus kodlarda yozilgan HTML-hujjatning natijasini ko`rish brauzer (browser) deb nomlanuvchi dastur orqali amalga oshiriladi (brauzer web-hujjatlarni ko`rish vositasi). Bu kategoriyadagi dasturiy vositalarga HTML formatdagi elektron hujjatlarni ko`rish uchun mo`ljallangan vositalar kiradi. Zamonaviy brauzerlar nafaqat matn va grafikani balki musiqani, insonning nutqini, internetda radio to`lqinlarini eshitishni, videokonferensiyalarni ko`rishni, elektron aloqa xizmati bilan ishlashni, telekonferensiyalar xizmati bilan tanishish va shunga o`xshash ko`pgina imkoniyatlarni yaratadi. HTML hujjatlar uchun eng ko`p qo`llaniladigan brauzerlarga Internet Explorer va Netscape Navigator larni misol keltirish mumkin. Brauzerda HTML hujjatni tahrirlash imkoniyati yo`q bo`lib, u faqatgina namoyish etadi. Brauzerdan chiqmasdan turib, undagi buyruqlardan foydalanib, Microsoft Windows Notepad uskunaviy vositasi yordamida HTML-hujjatni tahrirlash mumkin. Yana muhim tomoni shundaki, Web-brauzer tomonidan bu hujjatni ochish paytida u oddiy matn sifatida emas, balki Web-sahifa sifatida qabul qilinadi va chaqiriladi.
    Oddiy matnli fayldan HTML-hujjat belgilar kodi (teglar) bilan farqlanadi. Bu kodlar hujjatning tarkibiga kiradi va ular hujjatni formatlash, tayyor maketni aniqlash, boshqa hujjatlarga taalluqli murojaatlarni ifodalash kabi ko`pgina amallarni bajaradi.
    Shu narsani ta`kidlash lozimki, HTML-kodlar, odatda bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa o`z navbatida ularni asosiy matndan oson farqlashni va tahrirlashni osonlashtiradi.
    Maxsus dasturiy vositalar yordamida HTML-hujjatni yaratish yoki tahrirlash katta imkoniyatlarga ega. Chunki maxsus dasturiy vositalar bir vaqtning o`zida HTML-hujjatning maxsus belgilar kodi va natijaviy ko`rinishi bilan ishlash imkoniyatini beradi. Maxsus dasturiy vositalar ham bir-biridan imkoniyatlari bilan farq qiladi. Maxsus dasturiy vositalar yordamida yaratilgan HTML hujjatning diskda egallaydigan hajmi birmuncha kichik bo`ladi, bu esa uni brauzerda namoyish etish uchun qulaydir. Unda tashkil qilingan ichma-ich gipermurojaatlar boshqa papkalarga ko`chirilgan vaqtda behato ishlaydi. Yuqorida HTML dasturiy vositasining imkoniyatlari batafsil bayon qilindi. HTML dasturiy vositasi asosida yaratilgan elektron o`quv adabiyotlar keng imkoniyatlarga ega bo`lib, u talaba, talabalarga ishlash uchun qulay va osondir. Buning sababi HTML dasturiy vositasi asosida yaratilgan elektron kitobda boblar, mavzular va ularga tegishli matnlar bilan ishlash juda qulaydir. Buni quyidagi strukturadan ko`rish mumkin.



    Axborot texnologiyalari asosida o`quv materiallarini elektron nusxada chop etish, ularga kerakli o`zgartirishlarni o`z vaqtida kiritib, yangilab borishni va tezkor ravishda chop qilish, hamda tarmoq tizimida ommaviy ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadiki, ular shubhasiz ta`lim samaradorligini oshirishda muhim rol o`ynaydi.
    HTML hujjatni chiroyli ko`rinishda rasmiylashtirish uchun animatsiya (tasvirga kiritilgan harakat) lardan foydalaniladi. Animatsiyalar har xil formatlarga ega bo`lib, hozirda ko`p qo`llaniladiganlaridan biri GIF (Grafic Interchange Format) formatli animatsiyadir. Ma`lumki, animatsiya kadrlarning ketma-ketligidan hosil bo`ladi. Kadrlarda tasvirlar joylashtiriladi. GIF formatli animatsiyaning kadrlaridagi tasvirlar GIF formatida bo`ladi. Demak, GIF formatli animatsiyalar kichik hajmga egadir. GIF animatsiyalarni yaratish uchun bir qancha maxsus dasturiy vositalar mavjud. Masalan, Ulead Cool3D, Ulead Gif Animator, Macromedia Flash va boshqalar. Animatsiyalarni yaratishda bu dasturiy vositalarning har birini o`ziga xos o`rni bor. Matnlarni animatsiya qilishda Ulead CooBD, Ulead Gif Animator dasturiy vositalari katta imkoniyatlarga ega bo`lib, bu dasturiy vositalarda barcha animatsiyalarning namunasi va ularning matn kiritish maydoni beriladi. Matnni kiritgandan so`ng kerakli animatsiya tanlanadi.
    Tasvirlarni animatsiya qilishda Macromedia Flash eng yaxshi dasturiy vositalardan biridir.
    Flash texnologiya yoki uni boshqacha nom - muloqotli faol veb-animatsiyalar deb ham atashadi. Bu dasturiy vosita Macromedia kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo`lib, u ma`lumotlarni multimedia ko`rinishida taqdim eta oladigan juda muhim texnologik jarayonlarni o`z ichiga olgan dasturiy vositadir. Flash dasturiy vositasining asosiy uskunaviy vositasi sifatida vektorli grafika qo`llanilib, uning asosida (yordamida) multimedianing hamma elementlarini, ya`ni ovoz, harakat, ob`yektlar bilan muloqotni amalga oshiradigan imkoniyatlari mavjud. Flash texnologiyada yaratiladigan dasturlarning o`lchami minimal darajada bo`lib, ular kompyuter ekranining o`lchamiga bog`liq emas, bu esa internet-loyiha yaratish uchun asosiy talablardan biridir. Yaqinda paydo bo`lgan Flash texnologiya vebdizaynerlar orasida keng tarqala boshladi. Buning asosiy sabablaridan biri Flash texnologiya Web-saytlarga ovoz va grafika elemetlaridan foydalanish imkoniyatini yaratib, ularning dinamik ko`rinish olishiga imkon yaratishidir. Shu sababli Flash tahrirlagichining uskunaviy vositasitalari va ularning vazifalariga batafsil to`xtalamiz.

    Download 57,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 57,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida

    Download 57,65 Kb.