Elektron o`quv adabiyotning tuzilishi




Download 57,65 Kb.
bet9/10
Sana25.11.2023
Hajmi57,65 Kb.
#105521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA 101

Elektron o`quv adabiyotning tuzilishi. Ta`lim tizimiga axborot texnologiyalarini qo`llashda mavjud gapermatn, gipermedia, grafika, animatsiya va ovoz dasturlarining mavjudligi katta samara bermoqda. Chet ellar va respublikamizda to`plangan tajribalar tahlil qilinganda axborot texnologiyalarining pedagogik dasturiy vositalari o`qitishda yangi vositalar sifatida o`quv jarayonini jadallashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo`lib, an`anaviy o`qitish vositalaridan tubdan farqlanadi. Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasiga amal qilgan holda axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilayotgan elektron o`quv adabiyotlarning (elektron o`quv adabiyot) strukturasi quyidagi elementlarni o`zida ifoda etishi lozim;

  • muqova;

  • mundarija;

  • qisqacha annotatsiyasi;

-elektron o`quv adabiyot ning «to`liq bayoni»;
-elektron o`quv adabiyotning qisqacha bayoni (masalan, sxema ko`rinishda);

  • asosiy adabiyotlar va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati;

  • bilimni nazorat qilish mexanizmi;

  • matn fragmenti bo`yicha izlash amalini bajarish;

  • mualliflar ro`yxati va ular haqida ma`lumot;

  • atamalar ro`yxati;

  • elektron o`quv adabiyot bilan ishlash uchun ma`lumotlar tizimi.

Elektron o`quv adabiyotning muqovasi imkoniyat darajsida chiroyli bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish zarur. Elektron o`quv adabiyotning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida ma`lumot (masalan vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, elektron o`quv adabiyotni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqida qisqacha ma`lumot olish imkoniyati mavjud. Bu ma`lumotlarning ma`lum bir qismi (mualliflar xaqida ma`lumot, elektron o`quv adabiyotni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi. Mundarija elektron o`quv adabiyotning juda muhim tarkibiy elementi hisoblanadi. Mundarija bir tomondan yetarli darajada mavzular ketma-ketligini saqlab, kerakli mavzularga tezkor ravishda murojaat qilishni ta`minlay oladigan darajada, ya`ni gipermurojaatlar bilan boyitilgan bo`lishi va ekranning bir qismida joylashishi kerak.
Bundan tashqari, mundarijada tegishli amallarni bajarish uchun imkoniyat yaratilgan bo`lishi kerak. Bularga bilimni nazorat qilish mexanizmi, elektron o`quv adabiyotning ma`lum matni bo`yicha izlash amalini bajarish, asosiy va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati, darslikning ixtiyoriy qismiga o`tish, darslik bilan ishlashni tugatish, darslikning muqovasiga qaytish imkoniyatining bo`lishi undan foydalanishni osonlashtiradi.

XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida :
1. Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchalarining mazmun va mohiyati aniqlandi.
2. Kompyuter texnologiyalari o`quv jarayoniga qo`llash tamoyillari ishlab chiqildi.
3. Kollejlarda geometriya kursini o`qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi asosiy muammolar aniqlandi va ularni bartaraf etish yo`llari belgilab olindi.
4. Geometriya kursi bo`yicha elektron o`quv adabiyoti yaratish uchun HTML – hujjatlaridan foydalanish asoslandi va HTMLda elektron o`quv adabiyotini yaratish strukturasi ishlab chiqildi.
5. Elektron o`quv adabiyotidan o`quv adabiyotiga qo`yilgan didaktik, pedagogik va psixologik talablar aniqlangan.
6. Elektron o`quv adabiyot yaratish uchun “GEOMETRIYA” nomli dastur ishlab chiqilgan.
Geometriya kursini o`qitishda kompyuterlardan o`qitishning texnik vositasi sifatida foydalanish bo`yicha mavjud tajribalar tahlili shuni ko`rsatadiki, Respublikamiz kollejlarida geometriya kursini kompyuterlashtirish sohasida muayyan tajribalar to`plangan, nazariy va amaliy xarakterga ega bo`lgan bir qator ijobiy natijalar qo`lga kiritilgan. Ammo shu bilan bir qatorda bu sohada o`z yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjudligi ham aniqlandi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog`liq holda geometrik ta`lim mazmunida ro`y beradigan o`zgarishlar hisobiga talabalarning geometrik tayyorgarligini ta`minlashga ko`maklashuvchi metodik tizim yaratish ana shunday muammolardan biri hisoblanadi.



Download 57,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 57,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron o`quv adabiyotning tuzilishi

Download 57,65 Kb.