|
O`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo`
|
bet | 6/10 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 57,65 Kb. | | #105521 |
Bog'liq BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA 101O`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo`yiladigan asosiy talablar.
Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasida kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq uzluksiz ta`lim tizimida o`quv adabiyotlari ta`lim turlari uchun tasdiqlangan davlat ta`lim standartlari (yoki davlat talablari) va fanlar bo`yicha uzviy bog`langan o`quv dasturlari asosida tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o`quv adabiyotlari mazkur ta`lim turida o`qitiladigan boshqa fanlar bilan bog`liqligini, boshqa ta`lim turlarida ushbu fanning o`quv dasturlaridagi uzviylikni ta`minlashi lozim. O`quv adabiyotlarini belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o`tkazilishi nazarda tutilgan.
Ma`lumki, uzluksiz ta`lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlar bo`yicha o`quv adabiyotlari asosan an`anaviy bosma shaklda tayyorlanadi.
Konsepsiyada elektron o`quv adabiyotlari esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo`shimcha ma`lumotlar bilan ta`minlashga mo`ljallangan bo`lib, ular ko`proq chuqurlashtirib o`qitiladigan fanlar bo`yicha yaratilishi maqsadga muvofiq deb ko`rsatilgan. Bizning nazarimizda, uzluksiz ta`lim tizimida fan va texnologiyalarning jadal rivojlanganligini e`tiborga olgan holda, mazmuni tez o`zgaruvchan, chuqurlashib o`qitiladigan, kasbiy va maxsus fanlar bo`yicha elektron o`quv adabiyotlarini tayyorlash maqsadga muvofiq.
O`quv adabiyotlarining mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta`lim olish, yangi bilimlarni o`quv adabiyotlaridan izlab topish ko`nikmalarini hosil qilishni ta`minlashi kerak.
O`quv adabiyotlarining shakllari.
Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasida ularning ta`rifi va shakllari ko`rsatilgan.
O`quv adabiyotlari - muayyan ta`lim turi (yo`nalishi yoki mutaxassisligi) o`quv rejasida qayd etilgan fanlar bo`yicha tegishli o`quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o`zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo`lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi.
|
| |