• Tebranma jarayonlar. Tebranma jarayonlar.
  • Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati




    Download 44,97 Kb.
    bet10/11
    Sana11.12.2023
    Hajmi44,97 Kb.
    #115665
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    fizik jarayonlarni kampyuterda mo\'dellashtirish

    Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati. Biror jism gorizont bilan burchak tashkil qiluvchi va son qiymati v0 ga teng bo’lgan boshlangich tezlik bilan otilgan, deb faraz qilaylik. Shu jism harakat trayektoriyasining ko’rinishini, uning harakat vaqtini, ko’tarilish balandligini va uchish uzoqligini aniqlaylik. 
    Jismning harakatini yerga nisbatan qarab, yerni sanoq boshi qilib olamiz va unga to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasini joylashtiramiz.
    Tebranma jarayonlar. Tebranma jarayonlar. Fizikaviy tabiatiga qarab tebranishlar mexanik va elektromagnit tebranishlarga bo’linadi. Tebranayotgan jism hamisha boshqa jismlar bilan bog‘liq va ular bilan bir sistemani tashkil qiladilar. Shu tufayli hosil bo‘lgan sistema tebranayotgan sistema deb ataladi.
    Tebranma harakat yoki tebranish deb davriy ravishda takrorlanadigan harakatga aytiladi. Tebranishlar fizikasining xulosalari mexanik tebranishlar, o‘zgaruvchan tok, elektrotexnika va radiotexnikaning nazariy asosini tashkil qiladi.

    Tebranma harakatning asosiy belgilaridan biri uning davriyligidir. Har qanday davriy ravishda takrorlanuvchi harakat amplituda, davr, chastota, faza, siklik chastota kabi fizik kattaliklar bilan xarakterlanadi


    Eng sodda tebranish garmonik tebranishdir. Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattalik vaqt bo’yicha sinus yoki kosinus qonuni bo’yicha o’zgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga ko’ra juda muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlar o’z xarakteri bo’yicha garmonik tebranishlarga juda yaqin boshqacha ko’rinishdagi davriy tebranishlarni ustma - ust tushgan bir necha garmonik tebranishlar sifatida tasavvur qilish mumkin. Garmonik tebranishlarning o’zaro qo’shilishidan turli tebranishlar, masalan, bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bo’lgan o’zaro perpendikulyar ikkita garmonik tebranishlar yig’indisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning trayektoriyasi to’g’ri chiziq, aylana yoki ellipsdan iborat bo’lishi mumkin. Chastotalari turlicha va o’zaro perpendikulyar bo’lgan ikkita garmonik tebranishlar yig’indisini ifodalovchi nuqta harakatining trayektoriyalari g’oyat murakkab chiziqlardan iborat. Bu chiziqlar Lissaju figuralari deb yuritiladi.

    Download 44,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 44,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati

    Download 44,97 Kb.