Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Tarmoqlanuvchi algoritmlar




Download 44,97 Kb.
bet3/11
Sana11.12.2023
Hajmi44,97 Kb.
#115665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fizik jarayonlarni kampyuterda mo\'dellashtirish

Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi:
ha yo’q ha yo’q
shart shart
1 - amal 2-amal amal
a) to’la ko’rinish b) qisqartirilgan ko’rinish
Dasturlash mobaynida bir xil ifodalarni, hisoblash jarayonlarini qayta – qayta hisoblashga to`g`ri keladi. Dasturlash tillarida, kompyuter hotirasini va dasturchining vaqtini tejash maqsadida, bunday takkorlanuvchi jarayonlarni dasturda ajratib yozib, unga asosiy daturdan, boshqa funksiyalardan murojaat qilish imkoniyatlari keltirilgan. Dasturning istalgan qismidan murojaat qilib, bir necha bor ishlatish mumkin bo`lgan operatorlar guruhiga funksiya deyiladi. C++ funksiyalar tili deyiladi. Chunki dasturda kamida bitta main funksiyasi bo'ladi. Asosiy dastur,

asosiy funksiya deganda aynan manashu main funksiyasini tushunamiz. Asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parameter qabul qilib olmaydigan funksiyalarga, parametrsiz funksiyalar deyiladi. Parametrsiz funksiyaning o'zi ham 2 xil bo'lishi mumkin: 1) Asosiy dasturga (yoki chaqiruvchi funksiyaga) natijani qaytaruvchi. 2) void turidagi funksiya bo'lib, asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parametr qabul qilib olmaydi xam, asosiy dasturga xech qanday natija qaytarmaydi ham. Parametrsiz funksiyaga murojaat qilishda dastur tanasida funksiya nomi yoziladi. Dasturda funksiya nomi operatorlar kabi ishlatiladi. Parametrsiz funksiyada asosiy dasturning barcha global o`zgaruvchilaridan foydalanish mumkin. Global o`zgaruvchilar Ham asosiy dasturda, ham funksiyada ishlatish mumkin bo'lgan o`zgaruvchilar global o'zgaruvchilar deyiladi. Global o'zgaruvchilar asosiy dasturda e`lon qilishi kerak. Lokal o`zgaruvchilar Faqat funksiyada ishlatish mumkin bo'lgan o'zgaruvchilarga local o'zgaruvchilar deyiladi. Ular funksiyada e`lon qilinadi. Funksiyada yana bir nechta ichki funksiyalardan foydalanish mumkin. Blok ichida e'lon qilingan o'zgaruvchilar, shu blok uchun lokal o'zgaruvchilar hisoblanadi. Bu o'zgaruvchilardan faqat blok ichida foydalanish mumkin. Parametrli funksiyalar Asosiy dasturdan (funksiyadan) chaqiriluvchi funksiyaga uzatilgan parametrlarni qabul qilib qayta ishlovchi funksiyalar parametrli funksiyalar deyiladi. Qiymat parametrlar – asosiy dasturdan funksiyaga uzatiladigan o'zgaruvchilar qiymatlarni qabul qilib oluvchi parametrlar. Funksiyaga murojaat qilinganida qiymat parametrlari uchun xotiradan joy ajratiladi. Funksiya tugaganida qiymat parametrlari uchun ajratilgan xotira bo'shatiladi. Ko'rsatkich parametrlar - asosiy dasturdan funksiyaga uzatiladigan o'zgaruvchilarning xotiradagi adresini qabul qilib oluvchi parametrlar. Ko'rsatkich parametrlari ustida bajarilgan har qanday o'zgarish, asosiy dasturdagi o'zgaruchilarning xotira adresida sodir bo'ladi. (Ya'ni asosiy dasturdagi o'zgaruvchi qiymati o'zgaradi) Eslatma: Qiymat parametrlari va ko'rsatkich parametrlar toifasi, asosiy dasturdagi qiymati uzatilayotgan o`zgaruvchilar toifasi bilan bir xil bo`lishi lozim. Funksiyadan chiqish Ixtiyoriy funksiyadan chiqish uchun return xizmatchi so'zi ishlatiladi.




Download 44,97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 44,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Tarmoqlanuvchi algoritmlar

Download 44,97 Kb.